Zhengde imperatori (; 1491-yil 26-oktabr – 1521-yil 20-aprel), Min sulolasining 11-imperatori, 1505-yildan 1521-yilgacha hukmronlik qilgan.
Unga tugʻilganida Chju Xouzjao ismi berilgan. Imperator Hongchjining toʻngʻich oʻgʻli edi. Chju Xouzxao 14 yoshida taxtga oʻtirdi, Chjende "toʻgʻri fazilat" yoki "fazilatni tuzatish" degan ma'noni anglatadi. U Liu Jin kabi amaldorlarga xayrixoh va bolalarcha xatti-harakatlari bilan mashhur boʻlgan. Oxir-oqibat u 29 yoshida mast holda Sariq daryoga qayiqdan tushib ketganidan keyin yuqtirgan kasallik tufayli vafot etdi. U oʻzidan voris qoldirmadi. Uning oʻrniga birinchi amakivachchasi Chju Xoukong taxtga chiqdi.
Yoshligi Chju Xouzjao juda erta yoshda valiahd shahzoda etib tayinlangan va otasining boshqa kanizaklari yoʻqligi sababli, Chju taxt uchun boshqa shahzodalar bilan kurashishi shart boʻlmadi. (Uning ukasi goʻdakligida vafot etgan edi.) Shahzoda konfutsiy adabiyoti boʻyicha puxta bilim olgan. Imperator Honchjining koʻplab vazirlari Chju Xouzjao otasi kabi yorqin imperator boʻlishini kutishgan.
Imperator sifatida hukmronlik qilishi thumb| Imperator Chjengde portreti Chju Xouzjao imperator Chjende sifatida taxtga oʻtirdi va 14 yoshida oʻzining imperatritsasiga uylandi. Otasidan farqli oʻlaroq, imperator Chjengde hukmronlik qilishdan manfaatdor emas edi va aksariyat davlat ishlariga mutlaqo e'tibor bermasdi. Uning xatti-harakatlari beparvolik, ahmoqlik yoki ma'nosiz deb hisoblanadiChase, Kenneth Warren. (2003). Firearms: A Global History to 1700. Cambridge University Press. . p 159.. U mas'uliyatsizligini koʻrsatgan koʻplab holatlar mavjud.
Imperator Chjengde hashamatli turmush tarzi va ayollarga berilib ketdi. Aytishlaricha, u tez-tez fohishaxonalarga borishni yaxshi koʻrgan va hatto Pekindagi Yopiq shahar tashqarisida "Bao Fang" (soʻzma-soʻz "Leopardlar palatasi") saroylarini yaratib, oʻyin-kulgi uchun yoʻlbars va leopard kabi ekzotik hayvonlarni joylashtiradi. Keyinchalik oʻzining shaxsiy zavqi uchun goʻzal ayollarni u yerga joylashtirgan毛奇齡. 明武宗外紀. U shuningdek, Bao Fangda oʻzining sevimli turmush oʻrtoqlaridan biri boʻlgan Vang Mantang bilan uchrashgan. Bir marta u yoʻlbarslarni ovlayotganda qattiq jarohatlanib, bir oy davomida hukumat majlislarida koʻrinish bermaganChase, Kenneth Warren. (2003). Firearms: A Global History to 1700. Cambridge University Press. . p 159.. Yana bir marta u chiroqlar bayrami paytida hovlilarda porox saqlagan holda saroyini yoqib yuborgan Uning harami shunchalik toʻlib ketgan ediki, koʻplab ayollari oziq-ovqat yetishmasligi tufayli ochlikdan oʻlishgan.. left|thumb| Qufudagi Yan ibodatxonasining ta'mirlanishiga bagʻishlangan stella.1509-yil (Chjengde davrining 4-yili) Bir necha oy davomida u Yopiq shahardan tashqarida yashar yoki Min hukumati gʻaznasidan katta xarajatlar qilib mamlakat boʻylab sayohat qilardi. Saroyga qaytgach, hukumat ishlari bilan shugʻullanish uchun chaqirilganda, imperator Cjhengde barcha vazirlarini qabul qilishdan bosh tortdi va ularning iltimoslarini e'tiborsiz qoldirdi. Shuningdek, u atrofida amaldorlarning koʻpayishiga imkon yaratib berdi. "Sakkiz yoʻlbars" yetakchisi Lyu Jin yosh imperatordan foydalanib, juda koʻp miqdordagi kumush va qimmatbaho narsalarni oʻzlashtirgani bilan mashhur edi. Oʻmarilgan mablagʻlar taxminan 36 million funt oltin va kumushni tashkil etganWintle, Justin. Guides, Rough. (2002). China. ISBN 1-85828-764-2. p 244-245.. Hatto Lyu Jin imperatorni oʻldirib, oʻz nevarasini taxtga oʻtqazmoqchi boʻlgani haqida mish-mishlar ham tarqaldi. Liu Jinning fitnasi oxir-oqibat aniqlandi va u 1510-yilda qatl etildi. Biroq, amaldorlarning korrupsiya orqali koʻtarilishi imperator Chjengde davrida davom etdi. Bundan tashqari , Anhua shahzodasi boshchiligida va Ning shahzodasi boshchiligida qoʻzgʻolonlar ham sodir boʻldi. Anxua shahzodasi imperator Chengdening katta amakisi, Ning shahzodasi esa amakisi edi謝蕡. 後鑒錄.
Vaqt oʻtishi bilan imperator Chjengde bolalarcha xatti-harakati va imperator sifatida oʻz vakolatini suiiste'mol qilishi tufayli mashhur boʻldi. Jumladan, u oʻz saroyi ichida sahnalashtirilgan savdo hududini tashkil qilib, barcha vazirlari, amaldorlari, askarlari va saroy xizmatchilariga oʻzini oddiy odamdek koʻrsatib, bozorni aylanish yoki koʻcha sotuvchisi sifatida koʻrinishni buyurdi. Buni istamagan har qanday ishtirokchilar, ayniqsa vazirlar (buni qadr-qimmatni kamsituvchi va haqorat deb bilgan) jazolandi yoki lavozimidan chetlashtirildi.
1517-yilda imperator Chjengde oʻzining ismini Chju Shouga oʻzgartirib, imperatorlik burchlaridan voz kechdi va Dayan Xon boshchiligidagi bir necha oʻn ming kishilik bosqinchilik ekspeditsiyalarini qaytarish uchun oʻzini shimolga harbiy safarga joʻnatdi. U Inchjou shahri tashqarisida dushman kuchlari bilan uchrashdi va ularni oʻrab olib, katta jangda magʻlub etdi. Ushbu jangdan keyin uzoq vaqt davomida moʻgʻullar Min hududiga bosqinchilik yurishi uyushtirmadilar. 1519-yilda imperator Chjengde Ning shahzodasi isyonini bostirish uchun janubdagi Szyansi provinsiyasiga qarshi yana bir yurishni boshqargan. Isyonga imperator saroyidagi koʻplab amaldorlarga pora bergan Chju Chenxao nomli qudratli shahzoda boshchilik qildi. U yetib kelgach, qoʻzgʻolonni mahalliy ma'muriyat xodimi Van Yangming bostirganidan xabar topdi. Oʻz qoʻshinlarini gʻalaba sari boshlay olmaganidan hafsalasi pir boʻldi. Imperator Chjengdening maslahatchisi shahzodani qayta qoʻlga olish uchun qoʻyib yuborishni maslahat berdi. 1521-yilning yanvarida imperator Chjengde isyonchi shahzoda Ningni Tonchjouda qatl qildi刑部問寧王案. Bu voqea Portugaliyaning Xitoydagi elchilik guruhi tomonidan ham qayd etilgan. thumb|Chjengde hukmronligi davrida yasalgan Xitoyning islom bronza tutatqisi. Adilnor kolleksiyasi, Shvetsiya.
Musulmonlar bilan munosabatlar right|thumb| Tahorat (tozalik) soʻzi yozilgan Xitoy tahorat havzasi. Chjengde davriga oid Imperator Chjengde chet elliklarni hayratda qoldirib, koʻplab musulmonlarni oʻz saroyida maslahatchi, amaldor va elchi sifatida xizmat qilishga taklif qildi. Uning saroyidagi chinni san'at asarlari arab yoki fors tillaridagi islomiy yozuvlar bilan bezalganhttp://news.cang.com/infos/201007/109498.html.
Oʻrta osiyolik savdogar Ali Akbar Xatoiy tomonidan yozilgan “Xataynoma” nomli sayohatnomada Pekinda katta masjid boʻlgani, imperator uni ziyorat qilib namoz oʻqiganligi qayd etilgan.
Imperator Chjengde oq va koʻk rangdagi fors va arab yozuvlari boʻlgan chinni buyumlar ishlab chiqarishni boshlagan musulmon amaldorlar xizmatidan foydalangani va Choʻchqalarni soʻyish toʻgʻrisidagi farmon imperator islomni qabul qilgan degan taxminlarga sabab boʻlganhttp://www.bonhams.com/auctions/20024/lot/37/ Bonhams Auctioneers : A rare blue and white screen Zhengde six-character mark and of the periodOriental Blue and White, London, 1970, p.29.. Choʻchqa soʻyishga qarshi farmon ortida kim turgani noma'lum.
Imperator Chjengde chet ellik musulmon ayollarni afzal koʻrgan, ular bilan koʻp aloqada boʻlgan.
Bret Xinshning "Kesilgan yengning ehtiroslari: Xitoyda erkak gomoseksual an'anasi" kitobida yozilishicha, imperator Chjengde Min-Turpan chegara urushlari davrida Hamida nazoratchi boʻlib ishlagan Sayyid Husayn ismli Hami shahridan boʻlgan musulmon yetakchisi bilan gomoseksual munosabatda boʻlgan. Xitoy manbalarida bu da'voni tasdiqlovchi dalil mavjud emas.
Qorongʻu azob 1521-yil boshida imperator Chjengdening vafotidan oldin, "Qorongʻu azoblar" deb nomlangan sirli mavjudotlar guruhi haqida mish-mishlar tarqaldi. Ularning hujumlari juda koʻp tartibsizliklarni keltirib chiqardi. Ular tunda odamlarga tasodifan hujum qilib, tirnoqlari bilan yaralar qilishardi. Urush vaziri imperatordan mahalliy xavfsizlik qoʻshinlari odamlarni qoʻrqitayotgan guruhni hibsga olishni e'lon qiladigan imperator farmonini yozishni soʻradi. Qamoq tahdidi mish-mishlarning tarqalishini darhol toʻxtatdiB. J. ter Haar. Translated by Zakeri, Mohsen. (2005). Telling Stories: Witchcraft And Scapegoating in Chinese History. ..
Yevropa bilan aloqa
right|thumb| Portugaliya Malakkasidan Xitoyga birinchi toʻgʻridan-toʻgʻri Yevropa dengiz korxonalarini topshirgan Afonso de Albuquerque. Yevropaning Xitoy bilan birinchi toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalari imperator Chjengde davrida sodir boʻlgan. Portugaliya Malakkasidan Afonso de Albuquerque tomonidan amalga oshirilgan bir nechta missiyalarda portugal tadqiqotchilari Xorxe Alvares va Rafael Perestrello janubiy Xitoyga borib, Tuen Mun va Guanchjoudagi Xitoy savdogarlari bilan savdo qilishdi. 1513-yilda Portugaliya qiroli Manuel I Fernao Pires de Andrade va Tome Piresni Pekindagi bosh hukumat va Portugaliya oʻrtasida rasmiy munosabatlar oʻrnatish uchun yubordi. 1520-yilning may oyida imperator Chjengde Nankinga sayohati chogʻida Portugaliya elchisini duo qilgan boʻlsa-da, u koʻp oʻtmay vafot etdi va portugaliyaliklar (kantonda oʻgʻirlab ketilgan xitoylik bolalar haqida mish-mishlar tarqaldi) Xitoy hukumati tomonidan yangi qaror asosida haydab yuborildi. Bu ishlarga yangi bosh kotib Yang Tinghe boshchilik qildi. Keyinchalik noqonuniy savdo davom etgan boʻlsa-da, Portugaliya va Min hukumati oʻrtasidagi rasmiy munosabatlar 1540-yillarga qadar yaxshilanmadi. Sovuq munosabatlar Min hukumati 1557-yilda Portugaliyaning Xitoyda savdo bazasi Aominni tashkil etishiga roziligi bilan yakunlandi.
Portugaliyaga qarshi Xitoy-Malay ittifoqi Malayziya Malakka sultonligining vassal davlati va Min Xitoyining ittifoqchisi edi. 1511-yilda Portugaliya Malakkani bosib olib, Malay sultonligiga nisbatan vahshiylik qilganida, Xitoy Portugaliyaga kuch ishlatish bilan javob qaytardi.
Min hukumati Guanchjouda bir nechta portugal elchilarini qiynoqqa solib, qamoqqa tashladi va keyinroq qatl qildi. Malakkaliklar xitoyliklarga Portugaliya Malakkani egallab olgani haqida xabar berishdi. Bunga xitoyliklar portugallarga nisbatan dushmanlik bilan javob berishdi. Malakkaliklar xitoyliklarga portugallarning hiyla-nayranglari, jumladan hududni zabt etish rejalarini oddiy savdo faoliyati ortida yashirishlari va portugallar tomonidan sodir etilgan barcha vahshiyliklar haqida gapirib berishdi.
Malakka sultoni Portugaliya bosqiniga qarshi imperator Chjengdega shikoyat qilganligi sababli, portugallar Xitoyga kelganlarida xitoylar tomonidan dushmanlik bilan kutib olindi. Malakkadan qochib, Bintanda joylashgan Malakka sultoni xitoylarga xabar yubordi. Bu xabar Xitoydagi portugallarga nisbatan zoʻravonlik faoliyati bilan birgalikda 23 portugallikni qatl qilish, qolganlarini esa qamoqxonalarda qiynoqqa solishga sabab boʻldi. Portugaliyaliklar Xitoyda savdo qilish uchun nazorat postlari oʻrnatib, Xitoyda qaroqchilik faoliyati bilan shugʻullana boshlaganlariga xitoyliklar Ningbo va Quanchjouda portugallarni butunlay yoʻq qilish bilan javob qaytardilar. Portugaliyaning savdo elchisi Pires ham Xitoy zindonlarida oʻlganlar qatorida edi(the University of Michigan).
1521-yilda Tunmen jangida xitoyliklar portugal flotini magʻlubiyatga uchratib, koʻplab portugallarni oʻldirishdi va asirga olishdi. Portugallar faqat uchta kema bilan chekinishga majbur boʻlib, Malakkaga qochib ketishdi. Xitoy yakuniy hujum boshlaganda shamol Xitoy kemalarini tarqatib yubordi.
Xitoyliklar Portugaliya elchisini garovda ushlab turib, portugaliyaliklardan taxtdan agʻdarilgan Malakka sultonini (qirol) oʻz taxtiga qaytarishni talab qilishda elchilardan savdolashish vositasi sifatida foydalanishdi.
Xitoyliklar bir nechta portugaliyaliklarni kaltaklash va boʻgʻish, qolganlarini qiynoqqa solish orqali qatl qilishbni boshladilar. Ba'zi portugal mahbuslari temir zanjirlarga bogʻlangan holda qamoqxonada saqlanardi. Xitoyliklar Portugallarning barcha mol-mulki va Pires elchiligining ham mol-mulkini musodara qildilar.