Firoza Begum (: 1930-yil 28-iyul - 2014-yil 9-sentyabr) - Bangladeshlik Nazrul Geeti qoʻshiqchisi. U 1979-yilda Bangladesh hukumati tomonidan Mustaqillik kuni mukofoti bilan taqdirlangan.
Yoshligi va karyerasi Firoza Begum 1930-yil 28-iyulda Gopalganj tumanida Ratail Ghonaparxa zamindor oilasida tugʻilgan. Uning ota-onasi Muhammad Ismoil va Begum Kovkabunnesa edi U bolaligidan musiqaga qiziqib qolgan U oʻz faoliyatini 1940-yillarda boshlagan...
Firoza Begum oltinchi sinfda oʻqib yurgan chogʻida birinchi marta Butun Hindiston radiosida qoʻshiq kuylagan. U xalq shoiri Qozi Nazrul Islom bilan 10 yoshida tanishgan. Sonʼgra Firoza Begum uning shogirdi boʻldi. 1942-yilda u HMV plastinafon kompaniyasi tomonidan oʻzining birinchi islomiy qoʻshigʻini 78 rpm disk formatida yozib oldi. Oʻshandan beri 12 ta LP, 4 ta EP, 6 ta CD va 20 dan ortiq audiokassetalar chiqarildiDaily Prothom Alo. 10 September 2014, Special Feature, pg. 7. U 1954-yildan 1967-yilda Dakkaga koʻchib kelguniga qadar Kalkuttada yashadi
Shaxsiy hayoti 1956-yilda Firoza Begum qoʻshiqchi, bastakor va soʻz muallifi Kamol Dasguptaga (u nikohdan oldin Islomni qabul qilgan va Kamol Uddin Ahmad ismini olgan) turmushga chiqdi. Kamol 1974-yil 20-iyulda vafot etdi. Ularning uchta oʻgʻlidan ikkitasi Hamin Ahmad va Shafin Ahmad musiqachi boʻldi. Ular hozirda Miles rok guruhining aʼzolaridir
Vafoti Firoza Begum 2014-yil 9-sentyabr kuni Dakkaning Apollo kasalxonasida yurak va buyrak muammosi tufayli vafot etdi
Mukofotlar va unvonlari
Mukofotlari
Mustaqillik kuni mukofoti (1979) Netaji Subhash Chandra mukofoti Satyajit Rey mukofoti Nosiriddin oltin medali Bangladesh Shilpakala akademiyasi oltin medali Eng yaxshi Nazrul Sangeet xonandasi mukofoti Nazrul Akademiyasi mukofoti Churuliya oltin medali CBS, Yaponiyadan oltin disk Meril-Protom Alo umr boʻyi faxriy mukofoti (2011) Sheltech mukofoti (2000)...
Unvonlari
Burdvan universitetidan D Lit Mamata Banerjidan Bongo Shomman (2012)
Merosi "Feroza Begum xotirasi oltin medali" 2016-yilda Dakka universiteti tomonidan joriy qilingan. Ushbu medal sovrindorlari har yili hakamlar hayʼati tomonidan milliy tan olingan musiqa sanʼatkorlari orasidan tanlanadi.
2018-yil 28-iyul kuni Google Firoza Begimning 88 yilligini Google Doodle bilan nishonladi.
Manbalar
Turkum:2014-yilda vafot etganlar Turkum:1930-yilda tugʻilganlar