Oleg Valeryanovich Fuks (1948-yil 16-oktyabr — 2021-yil 17-mart)Ushel iz jizni legendarniy Trener i Uchitel — SSSR va oʻzbekistonlik regbichi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiyUshel iz jizni Oleg Fuks. Oʻzbekistonda va Rossiyada regbi sportini rivojlantirishda hamda Oʻzbekiston SSRning eng kuchli va taniqli regbi oʻyinchilarini tarbiyalashda munosib hissasini qoʻshgan mohir murabbiy.
Hayoti U oʻyinchi sifatida Oʻzbekiston SSRning koʻp karra chempioni va SSSR chempionatlari ishtirokchisi. Toshkent politexnika instituti jamoasida oʻynagan. Oʻyinchilik faoliyatini yakunlagandan soʻng, Toshkentning „Zvezda“ va Kaliningradning „Vest-Zvezda“ klublarida murabbiy boʻlib faoliyatini davom ettirganRegbi v Uzbekskoy SSR. Chast tretya — illyustratsionnaya. Keyinchalik u Shchelkovskiy tumanidagi bolalar va oʻsmirlar sport maktabida oʻqituvchi-murabbiy boʻlib faoliyat yuritdi, shuningdek Moninning Harbiy Havo kuchlari akademiyasi (HHKA) „HHKA-Podmoskovye“ klubida murabbiylik qilib klub oʻyinchilarini nufuzli chempionatlarga tayyorlaganPechalnaya vest. Uning eng taniqli shogirdlari — Denis Kukishyev („Strela“)Kukishev Denis, Aleksandr Gudok („Lokomotiv-Penza“) va Artyom Marchenko („HHKA-Podmoskovye“).
Klubdagi faoliyati Toshkent politexnika institutida oʻz faoliyatini boshlagan. Universitet jamoasini nufuzli musobaqalarda munosib himoya qilib, koʻplab musobaqa va chempionatlarda sovrindorlar qatorida oʻrin egallashida munosib hissasini qoʻshgan. Jamoadoshlari va murabbiylari orasida tirishqoqligi va mehnatsevarligi bilan barchaning koʻnglidan joy olgan qadrli sportchi boʻlishi bilan bir qatorda, yaxshi doʻst va malakali sportchi sifatida muhlislari koʻnglidan ham oʻrin egallagan. Eʼtiborli jixati shundaki, u faoliyati davomida barcha musobaqalarda eng yaxshi oʻyinchi sifatida eʼtirof etilgan. Murabbiylik faoliyati Zvezda (Toshkent) (1993-yil — 1995-yil) Vest-Zvezda Kaliningrad (1995-yil — ?) umrining oxiriga qadar Shchelkovskiy munitsipal tumanining BOʻSMda regbi boʻyicha oliy toifali murabbiy-oʻqituvchilik qilgan.
Mukofotlari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi koʻkrak nishoni sohibi
Manbalar
Havolalar Regbi v Uzbekskoy SSR. Chast tretya — illyustratsionnaya Ushel iz jizni Oleg Fuks
Turkum:2021-yilda vafot etganlar Turkum:17-martda vafot etganlar Turkum:1948-yilda tugʻilganlar Turkum:16-oktabrda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston regbichilari