Feruza Sadikova (tugʻ. 2002-yil 23-aprel, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbeklik taekvondochi, 62 kg gacha vazn toifasida, Oʻzbekiston terma jamoa aʼzosi. Taekvondo boʻyicha Osiyo chempioni va sovrindori, 2019-yilgi Jahon Harbiy oʻyinlarida bronza medali sovrindori.
Biografiya 2002-yil 18-sentyabrda Feruza Sadikova Toshkent shahrida tugʻilgan. Chirchiq Olimpiya zaxiralari maktab internati tarbiyalanuvchisihttps://www.olympic.uz/oz/news/1252.
Faoliyati 2018-yilda Koreya Respublikasi elchisi sovrinlari uchun Oʻzbekiston kubogi gʻolibi boʻldihttp://uzb.tkdo.events/tournaments/?protocol&tid=18&wid=1289&division=23. 2019-yilda Uxan shahrida (Xitoy) boʻlib oʻtgan Jahon Harbiy oʻyinlarida u 62 kg gacha vazn toifasida bronza medalni qoʻlga kiritdihttps://web.archive.org/web/20191112134942/https://results.wuhan2019mwg.cn/file/RESULTS-7th%20CISM%20Military%20World%20Games-%E6%80%BB%E6%88%90%E7%BB%A9%E5%86%8C.pdf. Oʻsha yili Manchesterda (Birlashgan Qirollik) Taekvondo boʻyicha Jahon chempionatida ishtirok etdi. U birinchi raundda Kuvaytdan sportchi Natali Hamadi gʻalaba qozongan, ammo keyingi bosqichda magʻlub boʻldi. Keyin esa yoshlar oʻrtasidagi taekvondo boʻyicha Osiyo chempionatida bronza medalni qoʻlga kiritdihttps://www.taekwondodata.com/feruza-sadikova.aop4.html.
2021-yil 18-iyunda Bayrutda (Livan) boʻlib oʻtgan Taekvondo boʻyicha Osiyo chempionatida Feruza Sadikova 62 kg gacha vazn toifasida final bahsida Koreya Respublikasi sportchi Jeon Chae-eunni magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdihttps://uzreport.news/sports/uzbekskaya-taekvondistka-feruza-sadikova-stala-chempionkoy-azii. Oʻsha yili „Beirut Open“ xalqaro musobaqasi gʻolibi boʻldi.
2022-yilda „Fujairah Open“ xalqaro turnirda oltin medalni qoʻlga kiritdihttps://olamsport.com/ru/news/feruza-sadikova-fujairah-opendagi-har-bir-jang-qiyin-kechdihttps://uz.sputniknews.ru/20220207/zanyali-ves-pedestal-itogi-mejdunarodnogo-turnira-po-txekvondo-dlya-uzbekistana---foto-22588923.html. Oʻsha yili Rimda (Italiya) boʻlib oʻtgan Grand Prix turnirda 1/8 finalda u braziliyalik Caroline Santosga yutqazdi. Keyin esa Osiyo taekvondo federatsiyasi Prezidenti kubogida bronza medalni qoʻlga kiritdi.
2022-yil iyunda Chuncheonda (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtgan taekvondo boʻyicha Osiyo chempionatida Feruza 62 kg gacha vazn toifasida ishtirok etadihttps://www.gazeta.uz/oz/2022/06/24/taekwondo/. 25-iyunda yarim final bahsida Eron sportchi Nastaran Valizadehni yutqazib, bronza medalni qoʻlga kiritdi.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston taekvondochilari Turkum:2022-yilgi Osiyo oʻyinlari taekvondochilari Turkum:Osiyo oʻyinlarida taekvondo boʻyicha sovrindorlar Turkum:Oʻzbekistonlik ayol taekvondochilar