Jasur Jaysunov — Oʻzbekistonlik taekvondochi, 68 kg gacha va 74 kg gacha vazn toifasida, Oʻzbekiston terma jamoa aʼzosi. 2022-yilgi taekvondo boʻyicha Osiyo chempioni, 2021-yilgi Osiyo chempionati sovrin dori bo'lgan
Biografiya 2022-yilda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti tahsil oladihttps://nuu.uz/.
Faoliyati 2019-yilda Amman shahrida (Iordaniya) boʻlib oʻtgan taekvondo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdihttps://gujum.uz/ozbekiston/taekvondo-boyicha-osiyo-chempionatida-osmirlarimiz-ettita-medal-sohibi/?imlo=l. 2019-yilda Moskvada (Rossiya) boʻlib oʻtgan „Russiya Open“ xalqaro musobaqasida u 68 kg gacha vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili Uxanda (Xitoy) boʻlib oʻtgan „Katta dubulgʻa“ turnirida u 1/8 finalda yutqazib. 2020-yilda Istanbulda „Turkiya Open“ xalqaro musobaqasida kumush medalni qoʻlga kiritdihttps://www.taekwondodata.com/jasurbek-djaysunov.as6s.html.
2021-yil 18-iyunda Bayrutda (Livan) boʻlib oʻtgan taekvondo boʻyicha Osiyo chempionatida u 68 kg gacha vazn toifasida yarim final bahsida Koreya Respublikasi sportchi Jin Ho-junni yutqazib, bronza medalni qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili Bayrutda (Livan) „Beirut Open-2021“ musobaqasida Jasur Jaysunov kumush medalni qoʻlga kiritdihttps://xs.uz/uz/post/tarikhij-natizha-beirut-open-2021da-ozbekistonlik-taekvondochilardan-10ta-medal-va-birinchi-orinni-egalladi.
2022-yil martda Eronda taekvondo boʻyicha klublar oʻrtasida Osiyo chempionatida u yarim finalda eronlik Mirxashem Hussayniga yutqazib qoʻydi va bronza medali bilan cheklandihttps://hordiq.uz/2022/03/06/uzbekiston-taekvondachilari-osiyo-chempionatini-4-ta-medal-bilan-yakunlashdi/?lang=lat. Oʻsha yili iyunda Chuncheonda (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtgan taekvondo boʻyicha Osiyo chempionatida Jasur Jaysunov 74 kg gacha vazn toifasida ilk bosqichda pokistonlik Iqbol Muhammadni, chorak finalda Chen Jun Veini, yarim finalda pokistonlik Ahmad Baxlulni va finalda eronlik Mirxashem Husaynini magʻlub etdi va Osiyo chempioni maqomiga ega boʻldihttps://uza.uz/uz/posts/taekvondo-yana-ikki-sportchimiz-ulugbek-va-charosning-natizhasini-takrorladi_384630.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston taekvondochilari Turkum:2022-yilgi Osiyo oʻyinlari taekvondochilari Turkum:Osiyo oʻyinlarida taekvondo boʻyicha sovrindorlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak taekvondochilar