„Ma’naviyat fidoyisi“ koʻkrak nishoni — respublikada ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish, yuksak ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish borasida fidokorona mehnat qilgan va samarali natijalarga erishgan fuqarolarni ragʻbatlantirish maqsadida ta’sis etilganMa’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 03.05.2019-yildagi PQ-4307-sonMA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR UCHUN KOʻKRAK NISHONI TOPSHIRILADI“Ma’naviyat fidoyisi” koʻkrak nishonini ta’sis etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.10.2019-yildagi 897-son.
Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin. Tavsifi „Ma’naviyat fidoyisi“ koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda koʻkrak nishoni deb ataladi) diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi. Koʻkrak nishonining old tomoni markazida ochiq holatdagi kitob fonida — Quyosh, Yer shari, Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻining koʻk, oq va yashil rangdagi tasmalari tasvirlangan. Koʻkrak nishonining aylanasi boʻylab zarhal hoshiya bilan oʻralgan tilla rang doirada balandligi 6 millimetr boʻlgan „MA’NAVIYAT FIDOYISI“ soʻzlari yozilgan. Koʻkrak nishonining orqa tomoni markazida besh qatorda harflarning balandligi 2 millimetr boʻlgan „MA’NAVIYAT“, „SONASIGA“, „QOʻSNGAN“, „MUNOSIB NISSASI“, „UCNUN“ soʻzlari joylashgan. Koʻkrak nishonining qalinligi — 2,2 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qavariqdir. Koʻkrak nishoni old va orqa tomonlarining chetlari qavariq doira bilan oʻralgan. Koʻkrak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan. Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 17 millimetrdan iborat. Qadagʻich eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan boʻlib, lentaning markazidan eni 8 millimetrli koʻk yoʻl oʻtgan. Uning har ikki tarafidan eni 2 millimetrli ikkita yashil yoʻl va eni 3 millimetr boʻlgan oq rangdagi yoʻllar tushirilgan. Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan. Manbalar
Havolalar «Ma’naviyat fidoyisi» koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibi belgilandi Ijod maktabi direktori “Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi «Ma'naviyat fidoyisi» koʻkrak nishoni ta'sis etildi
Turkum:Oʻzbekiston koʻkrak nishonlari