Roman Skornyakov (1976-yil 17-fevralda tugʻilgan, Sverdlovsk, RSFSR, SSSR) — oʻzbekistonlik va russiyalik figurachi. U 1996-yilgacha yakkalik holatdagi figurali uchishda Rossiya bayrogʻini, keyinchalik Oʻzbekiston bayrogʻini himoya qilgan. Roman Skornyakov  1997-2003-yillarda — Oʻzbekiston milliy chempioni boʻlgan. 1998-2002-yillarda Qishki Olimpiada oʻyinlarida Oʻzbekiston milliy termasida ishtirok etib, ikki marotaba 19-oʻrinni egallaydi. U 2000-2002-yillarda toʻrt qit’a chempionatida 7-oʻrinni qoʻlga kiritadi.

Tarjimai hol Roman Skornyakov 4 yasharidan buyon “Yunost” (Yoshlik) sport maktabida Igor Ksenofontov va Marina Voysexovskiylar bilan figurali uchish boʻyicha shugʻullanib kelgan. U olimpiya zahiralar maktabini tamomlagan. 1995-1996-yillarda Rossiyaning ikkita chempionatida ishtirok etib, ikkinchi oʻntalikdan joy olgan. Shundan keyin u 1997-2002-yillarda yakkalik holatdagi erkaklar figurali uchish boʻyicha doimiy mamlakat chempioni sifatida 7 yil mobaynida Oʻzbekiston bayrogʻini himoya qilgan.Shu bilan bir qatorda Oʻzbekistonda sport anjomlari yetarli boʻlmaganligi sababli Skornyakov Yekaterinburgda mashgʻulotlarini davom ettiradi, lekin 1998-yildan AQSHdagi Deyl-Sitiga koʻchib oʻtadi.

U Oʻzbekiston uchun figurali uchish boʻyicha eng yirik jahon musobaqalarida: yetti bor jahon chempionatida, ikki marotaba Nagano va Solt-Leyk-Sitida oʻtkazilgan qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. Mazkur musobaqalarda u eng kuchli yigirmata sportchilar qatoridan oʻrin egalladi. Sornyakovning eng katta muvaffaqiyatlaridan biri — 1999-yilda Kanvondoda boʻlib oʻtgan Qishki Osiyo oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritishi boʻldi.

U 2000-yilning yanvar oyida kelib chiqishi asli rossiyalik boʻlgan oʻzbek figurali uchuvchisi, Oʻzbekiston chempioni va toʻrt qit’a chempionati gʻolibi Tatyana Malinina bilan oila qurdi. Oradan vaqt oʻtib 2004-yilda bu juftlikdan Ilya ismli oʻgʻil farzand dunyoga keladi, 2017-yilda esa AQSH chempionatida oʻz yosh toifasida eng yaxshisi sanalgan. Soʻng Skornyakov 2022-yilda jahon chempionatida ilk bor ishtirok etgan.

Sport faoliyatining soʻnggida ikki juftlikning murabbiyi hisoblangan Igor Ksenofontov vafotidan keyin Skornyakov va Malinina birga figurali uchish boʻyicha shugʻullanishganMove to America Benefits Skorniakov |website = Golden Skate |date= 28 March 2002 }}.

Ayni kunda Roman Skornyakov Virjiniya shtatidagi Deyl-Sitida murabbiy sifatida faoliyat olib boradi.

Sport yutuqlari Xalqaro Musobaqalar/mavsum94-95 95-96 96-97 97-98 98-99 99-00 00-01 01-02 02-03 Qishki Olimpiya oʻyinlari 19 19 Jahon chempionati2014 21 1720 1920 Toʻrt qit'a chempionati 9 7 12 7 GP Lalique 7 GP NHK Trophy 128410 7 GP Sparkassen 711 Golden Spin of Zagreb 6 Skate Israel 5 9 Osiyo oʻyinlari 2 Osiyo kubogi 7 2 Milliy Oʻzbekiston1111111 Rossiya 16 11 GP = Chempionlar seriyasi / Gran-pri

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1976-yilda tugʻilganlar Turkum:17-fevralda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston qishki sport turlari sportchilar

Havolalar Roman Skornyakov