"Sementchi" – Fargʻona viloyati, Quvasoy shahrining oʻzbek futbol klubi. Hozir Oʻzbekiston Birinchi ligasida toʻp suradi.

Tarixi 1987-yilda tashkil etilgan. 1988-yilgi mavsumda klub Oʻzbekiston SSR chempionatida oʻynagan. 1997-yilda Oʻzbekiston chempionati Ikkinchi ligasi final bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. 1998-yilgi mavsumdan boshlab Birinchi ligada qatnasha boshladi.

2002-yilda 2-oʻrinni egallab, Oliy ligaga yoʻl oldi. 2003-yilgi mavsumda Oliy ligada muvaffaqiyatsiz oʻynadi (oxirgidan oldingi, 15-oʻrin) va yana Birinchi ligani tark etdi.

2008-yilda moliyaviy muammolar tufayli klub Oʻzbekiston chempionati va kubogida ishtirok etishdan bosh tortdi. 2014-yilda qayta tiklandi va yana Ikkinchi liganing final bosqichida oʻynadi.

Keyingi 3 mavsumni Birinchi ligada oʻtkazdi va oʻz tarixida birinchi marta 2017-yilda uning gʻolibiga aylandi. Ammo keyin 2018-yilgi Oʻzbekiston Superligasida ishtirok etishiga ruxsat berilmadi. Jamoa bir necga mavsum yarim professional tarzida Oʻzbekiston ikkinchi ligasida faoliyat olib bordi. 2022-yildan Oʻzbekiston ikkinchi ligasi oʻtish turnirida 2-oʻrinni olib 2023-yilgi Oʻzbekiston Birinchi ligasiga chiqdi.

Yutuqlari Oliy ligada 15-oʻrin (2003). Birinchi liga gʻolibi (2017). Birinchi liga kumush medali sovrindori (2002). Birinchi liganing bronza medali sovrindori – 2 marta (2000, 2001). Oʻzbekiston Kubogi 1/4 final (2015).

Futbolchilar Hozirgi tarkibi

U21

U19

Murabbiylar MurabbiyYillar Murod Ismoilov? Abdumalik Hakimov? Sardor Zokirov2022-

Manbalar

Havolalar Klub v baze footballfacts Matchi kluba v baze Wildstat Istoriya futbolnix klubov SNG besoccer.com

Turkum:Oʻzbekiston futbol klublari Turkum:Oʻzbekiston SSR futbol klublari Turkum:Fargʻona viloyati futbol klublari Turkum:Birinchi liga jamoalari Turkum:1987-yilda tashkil etilgan futbol klublari Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari Turkum:1987-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar