Iqtisodiyotda elastiklik — maʼlum bir x qiymatining oʻzgarishi oqibatida y qiymatiga boʻlgan oʻzgarilish nisbati. Masalan, narx yoki daromadning 1 foizga oʻzgarishi talab va taklifning necha foizga oʻzgarishini koʻrsatilib berilishidir. Bu tushuncha hosila yordamida kiritiladi. U biror ishlab chiqarish faktoriga qarab iqtisodiy ko‘rsatkichning o‘zgarish darajasini anglatadi. Elastiklik miqdori elastiklik koeffitsiyenti bilan aniqlanadi. Elastiklik koeffitsienti tekshirilayotgan iqtisodiy ko‘rsatkichning unga taʼsir etuvchi iqtisodiy faktorlardan birining qolganlari o‘zgarmas bo‘lganda birlik nisbiy o‘zgarishi taʼsiridagi o‘zgarishni ko‘rsatadi. Koʻpgina iqtisodiy hodisalarda chekli naflilikning kamayish qonuni sababli koʻrsatkich qanchalik absolyut katta boʻlsa, unga sarflangan resurslar samarasi shunchalik past boʻladi. Masalan, dunyoning rivojlangan davlatlarida yillik iqtisodiy oʻsish rivojlanayotgan davlatlarga nisbatan kamligi yoki 2 va undan ortiq bir-biriga bogʻliq empirik oʻzgaruvchilardan tashkil topgan iqtisodiy modelning faqat bir oʻzgaruvchisiga eʼtibor berish elastiklikni pasaytiradi. Xususan, soliq siyosati, xalqaro savdo kabi muhim iqtisodiy tarmoqlarda aynan elastiklik asosiy tahliliy koʻrsatkich hisoblanadi. Elastiklik empirik iqtisodiy modellar (masalan, Cobb–Douglas ishlab chiqarish funksiyasi) va xulq-atvor iqtisodiyotida isteʼmolchilar xulq-atvorini oʻrganish uchun yirik ishlab chiqaruvchilar tomonidan qoʻllanadi.

Taʼrif Elastiklik istalgan iqtisodiy fanda (ayniqsa, mikroiqtisodiyot nazariyasida) va amaliy iqtisodiy sohada, xususan, marketing, ekonometrika va makroiqtisodiyotda qoʻllanadi. Elastiklik ishlab chiqaruvchilarning foydasini maksimallashtirishda va davlatning ichki ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini belgilashda muhim rol oʻynaydi. Siyosiy iqtisodiyotda matematik elementlarni muvaffaqiyatli qoʻllashni Antoine Augustin Cournot boshlab beradi. U oʻzining „Recherches sur les principes mathématiques de la théorie des richesses“ asarida boylik nazariyasining matematik elementlar asosida vujudga kelishi haqida soʻz yuritadi, „Revue Sommaire Des Doctrines Economiques“ asarida esa talab va taklif qonunlarini tanqid qiladi. Aynan Cournotning asarlari tufayli matematik iqtisodiyotda katta burilish paydo boʻlib, iqtisodchilarning keyingi ilmiy ishlarini mukammallashtirishda, iqtisodiy kibernetika, ekonometrika fanlarining paydo boʻlishida asos boʻldi. Elastiklik atamasi birinchi marta ingliz iqtisodchisi Alfred Marshall tomonidan „Principles of Economics“ kitobida keltirilgan. Kitobning „General Relations of Demand, Supply, and Value“ nomli 5-boʻlimida iqtisodchi talab va taklifning oʻzgarishiga taʼsir etuvchi omillar, ularning taʼsirchanligi haqida soʻz yuritiladi. Aynan Cournot va marjinalizm ilmiy maktabi asarlaridan foydalangan holda u oʻzining „Marshall xochi“ grafigini (chekli xarajat va chekli daromadga asoslangan bozor muvozanati) yaratadi.

Absolyut noelastik talab narx oʻzgarganida tovar hajmi oʻzgarmaydi: birinchi ehtiyoj talablari (insulin, tuz) Noelastik talab talab hajmi narx oʻzgarishidan pastroq oʻzgaradi: oʻrinbosar tovarlarga ega boʻlmagan (yoki juda qimmat boʻlgan) kundalik tovarlar Birlik elastiklik talab narxga proporsional tarzda oʻzgaradi (10 foiz lik oʻsish −10 foizlik pasayishni olib keladi) Elastik talab talab hajmi narxdan koʻra koʻproq oʻzgaradi: tovar oʻrinbosar tovarlarga ega yoki unchalik muhim emas Absolyut elastik talab narxning ozgina oʻzgarishi talab hajmini cheksizlikkacha oʻzgartiradi: talab hajmi ozgina oʻzgarishlarga ham juda taʼsirchan boʻladi

Elastiklik koʻrsatkichlari

Talab elastikligi thumb|1.4-rasm. Narxga bogʻliq talab elastikligi Narxga bogʻliq talab elastikligi

Narxga bogʻliq talab elastikligi tovar narxining bir foizga oʻzgarishi unga boʻlgan talabning necha foizga oʻzgarishini koʻrsatadi. Agar tovar narxining 10 foizga kamayishi sotuv hajmini 20 foizga oshirsa, bunday tovar elastik hisoblanadi. Narxga bogʻliq talab elastikligi deyarli har doim (Giffen samarasi va Veblen samarasi bundan mustasno) musbat va manfiy qiymatni qabul qilganligi uchun elastiklik darajasi ham manfiy hisoblanadi.

Taklif elastikligi

Narxga bogʻliq taklif elastikligi tovar narxining bir foizga oʻzgarishi, unga boʻlgan talabning necha foizga oʻzgarishini koʻrsatadi. Agar tovar narxining 10 foizga kamayishi, taklif etiluvchi tovarlar hajmini 20 foizga kamaytirsa, bunday tovar elastik hisoblanadi.

Kesishgan elastiklik

A tovar narxining oʻzgarishi B tovarga boʻlgan talab yoki taklifning oʻzgarishiga olib kelsa, bu oʻzgarishlarning nisbati kesishgan elastiklik deyiladi. Baʼzi tovarlarning narxi oʻzgarishi nafaqat oʻsha tovarning oʻziga, balki boshqa tovarlarga ham (oʻrinbosar va toʻldiruvchi tovarlar) taʼsiri bor hisoblanadi. Masalan, benzin narxining oshishi vaqt oʻtishi bilan avtomashinalar sotuviga taʼsir oʻtkazadi (yaʼni, kamroq benzin sarf qiluvchi mashinalar sotib olishadi yoki umuman avtomobildan voz kechishadi). Benzin va avtomashinalar toʻldiruvchi tovarlar boʻlgani uchun, ular oʻrtasidagi bogʻliqlik teskari hisoblanadi. Lekin, tovarlar oʻrinbosar boʻlsa, ular oʻrtasidagi bogʻliqlik toʻgʻri boʻladi. Masalan, mol goʻshti narxining oshishi, qoʻy goʻshtiga taklif oshishiga olib kelishi mumkin.

.

Agar boʻlsa, u holda bu oʻrinbosar tovarlardir (substitutlar).

Agar boʻlsa, u holda bir-birini toʻldiruvchi tovarlar (komplementlar).

Elastikka boshqa omillarning taʼsiri thumb|1.5-rasm. Narxga bogʻliq talab elastikligi va daromadning bogʻliqligi

Elastiklikka daromadning taʼsiri Elastiklik oʻzgarishi oqibatida ishlab chiqaruvchilar daromadida oʻzgarish sodir boʻladi. 1.5-rasmdan koʻriladiki, elastic zone — elastikligi 1 dan katta boʻlgan hudud, unit elastic — elastikligi 1 ga teng boʻlgan nuqta (daromad bu yerda maksimal boʻladi) va inelastic zone — elastikligi 1 dan past boʻlgan hududdir. Rasmga koʻra, elastiklik juda yuqori yoki juda past boʻlganida daromad (Revenue) past boʻladi, elastiklik 1 ga teng boʻlganida esa daromad eng yuqori boʻladi. Lekin daromad bu foyda emas, shu sababli bu nuqta foydani maksimallashtirmaydi.

Ishlab chiqaruvchi firmalar tovarni bozordagi elastiklik darajasini aniqlaganlaridan soʻng, oʻz narx siyosatini yuritadilar. Noelastik boʻlgan tovarlarning narxining keskin oshishi (masalan, tuzning 2000 soʻmdan 3000 soʻmga, yaʼni, 50 foizga oshishi), unga boʻlgan talabni kamaytirmaydi yoki juda kichik miqdorda kamaytiradi. Shu sababli, umumiy ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishi va noelastik tovarlardan keluvchi daromad oshirilishi, ishlab chiqaruvchiga kafolatlangan foydani olib keladi. Lekin elastik tovar bozorida vaziyat murakkab va koʻp axborotga tayanish kerak. Yaʼni narx 30 foizga kamaygani tufayli sotuv hajmining 90 foizga oshishi, har doim ham ishlab chiqaruvchi foyda olishini bildirmaydi. Chunki sotuv hajmi oshishi qoʻshimcha ishlab chiqarish xarajatlariga olib keladi (chekli naflilikning kamayish qonuni sababli, agar firmaning mehnat boʻyicha chekli xarajatlari manfiy qiymatni qabul qilsa, firma zarar koʻrishi mumkin).

Omillar asosida elastiklik darajalari

+ Omillar asosida elastiklik darajalariФилатов А.Ю. Микроэкономика: учебное пособие для вузов – М.: Юрайт, 2021, 204 с. Omil Past elastiklik Yuqori elastiklikMahsulot turi1-oʻrinda kerakli tovarlarHashamat tovarlariOʻrinbosar tovarlar mavjudligiKamKoʻpBudjet xarajatlaridagi ulushiPastYuqoriVaqt oraligʻiQisqa muddatdaUzoq muddatda

Vaqt omilining daromad boʻyicha elastiklikka taʼsiri

+ Vaqt omilining taʼsiri Tovar Qisqa muddatli oraliqda Uzoq muddatli oraliqdaMol goʻshti, Kiyim-kechak0,45 0,950,51 1,17Koʻchmas mulk, Chet elga turlar0,07 0,242,45 3,07Mebel, Maishiy texnika2,60 2,720,53 1,40

1-guruh. Mol goʻshti deyarli barcha qatlamlar orasida keng isteʼmol qilinadi. Oʻzbekistonda mol goʻshti talab yuqori boʻlgan qoʻy goʻshtidek oʻrinbosarga ega boʻlsa-da, jahonda mol goʻshtidan voz kechish koʻrsatkichi kamroq. Kiyim-kechaklar elastikligi esa barcha vaqt oraligʻida deyarli 1 ga teng (statistik xatolik chegarasida). Bu degani iqtisodiy oʻsish paytida ham, iqtisodiy inqiroz paytida ham isteʼmolchilar birdek xarajat qilishadi.

2-guruh. Bu guruhdagi tovarlar qisqa muddatda elastikligi past, uzoq muddatda esa yuqori hisoblanadi. Masalan, inson mehnat faoliyatini boshlaganida kam kapitalga ega boʻladi va koʻchmas mulkdek qimmatbaho tovarga mablagʻi yetmaydi (shu jumladan, ipoteka kreditlari). Lekin vaqt oʻtgani sayin, uni toʻlovga qobiliyatlilik darajasi oshadi va koʻchmas mulk xarid qilishga talab darajasi ortadi. Chet elga turlar bilan ham deyarli shunday, ammo chet elga turlar ancha arzonligi sababli, qisqa muddatda turlarning elastiklari 3,4 barobarga ortiqroq.

3-guruh. Bu guruhdagi tovarlarning qisqa muddatda elastiklari baland, uzoq muddatda esa pastdir. Isteʼmolchi oshirilgan oylikka birinchi navbatda oʻzining 1-oʻrinda muhim boʻlgan va standart tovarlariga boʻlgan ehtiyojini qondiradi. Shu sababli qisqa muddatda koʻchmas mulk yoki chet elga turlarning oʻrniga mebel, maishiy texnika sotib oladi. Lekin, isteʼmolchi har yili yangi kir yuvish mashinasi, shkaflar toʻplami yoki divan olmaydi. Shu sababli uzoq muddatda bu tovarlarga talab kamayadi, ayniqsa mebelga.

Yuqoridagi vaqt omiliga asoslanib (elastiklikka asoslanib), qaysi tarmoqlar inqirozdan birinchi chiqishini prognozlash mumkin. Bular — qisqa muddatli oraliqda katta daromadga bogʻliq talab elastikligiga ega tarmoqlardir. Yaʼni, iqtisodiy bumlardan soʻng(keskin iqtisodiy oʻsish), pasayish va inqiroz keladi. Ana shu inqirozdan soʻng odamlar koʻchmas mulk sotib oladigan, turistik sayohatlar xizmatidan foydalanadigan darajada xarid qilish qobiliyatiga ega boʻlmaydi. Lekin vaqt oʻtgani sari avval 3-guruh tovarlariga, iqtisodiy oʻsish uzoq davom etsa (jahon iqtisodiyotida 2003—2007 yillar), isteʼmolchilar tomonidan 2-guruh tovarlariga talab keskin ortadi (chunki isteʼmolchilar iqtisodiy oʻsish uzoq davom etadi degan fikrga kelishadi).

Elastiklikni hisoblash usullari

Nuqtaviy elastiklik

Elastiklikni hisoblashning eng oddiy usuli hisoblanib, koʻpincha sodda 2 ta oʻzgaruvchilar (narx va talab/taklif, daromad va talab) yordamida aniqlanadi. Masalan, aholi daromadining 40 foizga oshishi, mashina sotib olishni 10 foizga oshirdi. Bu yerda mashina noelastik tovar hisoblanadi, chunki: =.

Yoysimon elastiklik (Allan elastikligi)

Yoysimon elastiklik — keskin bir omil oʻzgarishining ikkinchi omilga taʼsirining oʻrtacha koʻrsatkichi hisoblanadi. Yaʼni, agar burger narxi 2 dollardan 4 dollarga oshganida (100 foizga), talab hajmi 1000 tadan 500 taga tushsa (50 foizga), elastiklik =0,5 ni tashkil etadi. Lekin narx 4 dollardan yana avvalgi 2 dollarga arzonlasa (50 foizga kamaysa) va talab hajmi avvalgi holiga qaytsa (yaʼni 100 foizga oshsa) bu holatda elastiklik =2 ni tashkil etadi. 0,5 va 2 koeffitsiyentlari orasidagi farq katta boʻlganligi uchun iqtisodchilar oʻrtacha qiymatni olishadi va yoysimon elastiklikdan foydalanishadi.

Talabning yoysimon oʻzgarishi — talab funksiyasining narx, daromad va boshqa omillar oʻzgarishiga taʼsirchanlik darajasidir. Bu turdagi funksiya quyidagi formula orqali aniqlanadi:

, bu yerda  — bu talab,  — tovarning avvalgi sotilgan hajmi,  — yangi talab hajmi,  — dastlabki tovar narxi,  — yangi tovar narxi, ,  — talab va taklifning oʻzgarishi.

Taklifning yoysimon oʻzgarishi — taklif funksiyasining narx va boshqa koʻrsatkichlarga taʼsir darajasi. Taklif elastikligi koʻrsatkichi , quyidagicha ham aniqlanadi: , bu yerda  — bu taklif,  — dastlabki taklif etilgan tovar hajmi,  — taklifning yangi hajmi,  — dastlabki tovar narxi,  — yangi tovar narxi, ,  — talab va taklifning oʻzgarishi.

Hosila orqali

Iqtisodiyotda oʻzgarishlar asosan funksiyalar koʻrinishida berilganligi uchun, quyidagi hosila olish formulasi orqali funksiyaning umumiy elastikligini (uning qiyaligini) aniqlash mumkin:

Amaliy misol