Ilzat Toglokovich Axmetov ( 1997-yil 31-dekabrda tugʻilgan) – Rossiyalik professional futbolchi, "Krasnodar" klubida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Faoliyatining boshida u asosan hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.

Klubdagi karyerasi Qirgʻizistonda uygʻur oilasida tugʻilgan Axmetov 11 yoshida Rossiyaga koʻchib oʻtgan. 

U Rossiya Professional Futbol Ligasida 2014-yil 18-iyulda Qozonning "Rubin-2 " jamoasida „Sizran-2003“ klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan.

U 2014-yil 24-sentyabrda Rossiya kubogi doirasidagi „Luch-Energiya Vladivostok“ ga qarshi oʻyinda „Rubin“ning asosiy tarkibidagi debyutini oʻtkazgan. 2014-yilning 20-oktyabrida „Mordoviya Saransk“ga qarshi oʻyinda „Rubin“ safida Rossiya Premer-ligasida debyut qilgan.

2018-yilning 15-iyunida Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubi Axmetovni birinchi mavsumoldi oʻyinlarida sinab koʻrish uchun Zenitga qoʻshilishini eʼlon qilgan.

2018-yil 26-iyul kuni Moskvaning SSKA klubi Axmetov bilan toʻrt yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. Axmetov 2022-yil iyun oyida SSKAni erkin agent sifatida tark etgan.

2022-yilning 7-iyulida Krasnodar Axmetov bilan 2024-yil 30-iyungacha shartnoma imzolaganini eʼlon qilindi.

Xalqaro U Qirgʻiziston yoki Rossiya nomidan oʻyinlarda qatnasha oladi. Qirgʻizistonlik murabbiy Aleksandr Krestinin, oʻzi rossiyalik boʻlib, unga qoʻngʻiroq qildi va Qirgʻiziston terma jamoasida oʻynashga chaqirdi, lekin oxir-oqibat u Rossiyani tanladi tanladi.

U Rossiya terma jamoasiga ilk bor 2018-yilning noyabr oyida Germaniya va Shvetsiyaga qarshi oʻyinlarga chaqirilgan. U jarohati tufayli chaqiruvni oʻtkazib yuborishga majbur boʻlgan.

U jamoadagi debyutini 2019-yilning 21-mart kuni UEFA Yevro-2020 saralashida Belgiyaga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushib amalga oshirgan. 

Karyera statistikasi

Klub Klub Mavsum Liga KubokQitʼa JamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol Rubin-2 Qozon 2014–15 PFL 2 0 — — 2 0 Rubin Qozon 2014–15 RPL 9 0 1 0 — 10 0 2015–16 3 0 1 0 2 0 6 0 2016–17 12 0 3 0 — 15 0 2017–18 3 0 0 0 — 3 0 Jami 27 0 5 0 2 0 34 0 CSKA Moskva 2018–19 RPL 26 0 0 0 4 0 30 0 2019–20 21 2 3 2 6 0 30 4 2020–21 14 0 3 1 5 0 22 1 2021–22 20 1 2 1 — 22 2 Jami 81 3 8 4 15 0 104 7 Karyera jami 110 3 13 4 17 0 140 7

Xalqaro +Terma jamoada oʻyin va gollar Milliy terma jamoa YilOʻyinGol Rossiya 2019 7 0 2021-yil 1 0 Jami 8 0

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Sportchilar