„Seni bugun koʻrmasam boʻlmas“ („Koʻrmasam boʻlmas“ deb ham nomlanadi) — oʻzbek xonandasi Oxunjon Madaliyev ijro etgan qoʻshiq. Qoʻshiq matnini Iqbol Mirzo yozgan, unga Madaliyevning oʻzi kuy bastalagan. „Seni bugun koʻrmasam boʻlmas“ Madaliyev repertuaridagi eng taniqli taronalarning biridir.
Qoʻshiqni bugunga qadar bir necha xonanda, jumladan, Madaliyevning oʻgʻli Qilichbek Madaliyev kaver qilgan. Kenja Madaliyev ijrosidagi versiya uchun 2015-yil klip suratga olingan.
Qoʻshiq uchun xonanda Sevinch Moʻminova ishtirokida klip suratga olingan. Klip YouTube platformasiga 2017-yilda yuklanganidan keyin 5 yil ichida 11 million martadan koʻp koʻrilgan.
Matni Originali Gʻamgin yurak, gʻamgusor yurak — Bechorani xoʻrlasang boʻlmas. Seni bugun koʻrishim kerak, Seni bugun koʻrmasam boʻlmas.
Yelkamga yuk tashladi osmon, Bu azoblar qoʻygaymi omon?! Tushun, seni sogʻindim yomon, Seni bugun koʻrmasam boʻlmas.
Balki quyosh kular ertaga, Ochiladi gullar ertaga, Nima boʻlsa, boʻlar ertaga, Seni bugun koʻrmasam boʻlmas.
Uzun tunlar bunchalar mahzun, Mahzun kunlar bunchalar uzun? Men ertaga yashashim uchun — Seni bugun koʻrmasam boʻlmas. Qoʻshiqdagi versiya Gʻamgin yurak, gʻamgusor yurak — Bechorani xoʻrlasang boʻlmas. Gʻamgin yurak, gʻamgusor yurak — Bechorani xoʻrlasang boʻlmas. Seni bugun koʻrishim kerak, Seni bugun koʻrmasam boʻlmas. Seni bugun koʻrishim kerak, Seni bugun koʻrmasam boʻlmas.
Yelkamga yuk tashladi osmon, Bu azoblar qoʻygaymi omon?! Yelkamga yuk tashladi osmon, Bu azoblar qoʻygaymi omon?! Tushun, seni sogʻindim yomon, Seni bugun koʻrmasam boʻlmas. Tushun, seni sogʻindim yomon, Seni bugun koʻrmasam boʻlmas. Seni bugun koʻrmasam boʻlmas.
Balki quyosh kular ertaga, Ochiladi gullar ertaga, Balki quyosh kular ertaga, Ochiladi gullar ertaga, Nima boʻlsa, boʻlar ertaga, Seni bugun koʻrmasam boʻlmas. Nima boʻlsa, boʻlar ertaga, Seni bugun koʻrmasam boʻlmas. Seni bugun koʻrmasam boʻlmas.
Uzun tunlar bunchalar mahzun, Mahzun kunlar bunchalar uzun? Uzun tunlar bunchalar mahzun, Mahzun kunlar bunchalar uzun? Men ertaga yashashim uchun — Seni bugun koʻrmasam boʻlmas. Men ertaga yashashim uchun — Seni bugun koʻrmasam boʻlmas. Seni bugun koʻrmasam boʻlmas. Seni bugun koʻrmasam boʻlmas. Seni bugun koʻrmasam boʻlmas. Seni bugun koʻrmasam boʻlmas.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Oxunjon Madaliyev qoʻshiqlari
Turkum:Oʻzbek tilidagi qoʻshiqlar