thumb|270x270px| Xitoyning sunʼiy yoʻldosh tasviri thumb|270x270px| Xitoy geografiyasi Xitoy Xalq Respublikasi - Sharqiy Osiyoda joylashgan. Sharqdan Xitoy , Tinch okeanining gʻarbiy dengizlari suvlari bilan yuviladi. Xitoy hududi 9,5 million km² ni tashkil etadi. Mamlakatning gʻarbdan sharqqa (Pomirdan Shanxaygacha) uzunligi taxminan 4,5 ming km, shimoldan janubga (Amur daryosidan Rossiya bilan chegaradosh boʻylab Xaynan orolining janubiy uchigacha) taxminan 4,1 ming km masofani tashkil etadi. Xitoy Osiyodagi eng katta davlat (Rossiyaning Osiyo qismidan keyin) va dunyoda faqat Rossiya va Kanadadan keyin uchinchi oʻrinda turadi . Aholi soni boʻyicha Jahonda uzoq yillar yakka peshqadamlikdan soʻng (1.404.328.611 aholi) 2022-yil 9-martdan buyon Hindistondan keyin dunyoda ikkinchi oʻrinda turadi.
Chegaralar Xitoyning quruqlikdagi chegaralarining umumiy uzunligi 14 davlat (soat yoʻnalishi boʻyicha) bilan chegaradosh hisoblanadi: Rossiya (shimoli-gʻarbda 40 km va shimoli-sharqda 3605 km), Moʻgʻuliston (4677 km), Shimoliy Koreya (1416 km), Vetnam (1281 km) bilan umumiy uzunligi 22117 km., Laos (423 km), Myanma (2185 km), Hindiston (3903 km), Butan (470 km), Nepal (1236 km), Pokiston (523 km) Afgʻoniston (76 km), Tojikiston (414 km), Qirgʻiziston (858 km) va Qozogʻiston (1533 km.) masofada chegaradosh hisoblanadi.
Xitoy qirgʻoqlari shimolda Shimoliy Koreya bilan chegaradan janubda Vetnamgacha choʻzilgan va uzunligi 14500 kmni tashkil etadi. Sharqiy Xitoy dengizi, Koreya koʻrfazi, Sariq dengiz va Janubiy Xitoy dengizi Xitoyning shiimoli sharqiy qirgʻoq hududlarini yuvib turadi. Tayvan materikdan Tayvan boʻgʻozi orqali ajratilgan.
Xitoy 12 dengiz mili (22 km) hududiy suvlar va 200 dengiz mili (370 km) eksklyuziv iqtisodiy zonasi va kontinental shelfiga daʼvo qiladi.
Chegarani kengaytirish yoʻq.
Bahsli hududlar
Tayvan Senkaku orollari Spratli va Parasel orollari Arunachal Pradesh Shaksgam vodiysi Aksay Chin Uygʻur Ichki Avtonom respublikasi
Relyefi thumb|250x250px| Xitoyning topografik xaritasi Xitoyning topografiyasi juda xilma-xil boʻlib, baland togʻlar, platolar, pastliklar, choʻllar va keng tekisliklar yastanib yotadi. Odatda uchta asosiy orografik mintaqaga ajratiladi:
Dengiz sathidan 2000 metr balandlikda joylashgan Tibet platosi mamlakatning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan.
Togʻlar va baland tekisliklar kamari 200-2000 m balandlikda, shimoliy qismida joylashgan.
Mamlakatning shimoli-sharqida, sharqida va janubida 200 m dan past past akkumulyativ tekisliklar va past togʻlar.
Tibet platosi thumb|250x250px| Tibet platosi Tibet platosi — dunyodagi eng katta va eng baland plato hisoblanib, oʻrtacha balandligi 4877 m, maydoni 2,5 million km² ni tashkil etadi. Togʻli hududlarda Xitoyning Tsinxay provinsiyasi tarkibiga kiruvchi Tibet avtonom rayoni, shuningdek, Kashmir provinsiyasining kichik qismi Ladax joylashgan.
Janubdan baland togʻlar Himoloy togʻlari (dunyodagi eng baland choʻqqisi Everest togʻi, 8848 m), gʻarbda — Qorakoram va Pomir togʻlari, shimolda — ulugʻvor Kunlun tizmalari bilan oʻralgan. Mamlakatning gʻarbiy qismida joylashgan togʻ tizmalari gʻarbdan sharqqa choʻzilgan va Osiyoning eng baland choʻqqilarini oʻz ichiga oladi.
Tibet platosining shimoli-sharqida, Oltintogʻ va Qilyanshan tizmalarining janubida, 2700-3000 m balandlikda Tsaydam choʻqqisi — koʻplab shoʻr koʻllar joylashgan qumli va botqoqli hudud mavjud. Bu havzada neft, koʻmir, temir rudasi konlarining topilishi, shuningdek, boy tuz konlarining oʻzlashtirilishi mahalliy iqtisodiyotning rivojlanishiga katta xizmat qilgan hududlardan biri hisoblanadi.
Kunlun togʻlarining janubiy tizmalari Sariq daryo va Yangszi oʻrtasidagi suv havzasidir.
Togʻlar va baland tekisliklar kamari thumb|250x250px| Tarim depressiyasi Kunlun togʻlarining shimolida katta endoreik Tarim havzasi joylashgan boʻlib, uning markaziy qismida Taklamakan choʻli joylashgan. Togʻlardan oqib tushadigan Tarim daryosi va uning irmoqlari choʻlda sugʻorish ishlari uchun muhim rol oʻynaydi va yana bir tamonlama Xitoyning yadro sinovlari oʻtkazgan Lop Nor shoʻr koʻlini toʻydiradi. Koʻlning shimolida Sharqiy Osiyodagi eng past quruqlik yuzasi Turfon choʻqqisi (−154 m) joylashgan boʻlib, uning uzunligi 100 km, eni 50 kmni tashkil etadi. Hudud katta harorat oʻzgarishi bilan ajralib turadi — yozda +52 ° C dan qishda −18 ° C gacha haroratlarda amplututadani tashkil etadi. Tarim havzasining perimetri boʻylab vohalar halqasi shakllangan boʻlib, u orqali Buyuk ipak yoʻli oʻtgan.
Tarim havzasining shimolida joylashgan Tyan-Shan tizmasi uni Jungʻriya havzasidan ajratib turadi. Jungʻriyaning gʻarbiy qismida, Karamay shahri yaqinida yirik neft koni, janubida, Urumchi viloyatida koʻmir va temir rudasi konlari joylashgan. Ili va Irtish daryolari quyiladi, ular Qozogʻistonga oqib oʻtuvchi daryolar hisoblanadi.
Ichki Moʻgʻuliston provinsiyasi keng moʻgʻul platosida joylashgan boʻlib, uning gʻarbiy va markaziy qismlarida Alashan va Gobi choʻllari joylashgan. Janub va sharqdan Ichki Moʻgʻuliston avtonom Respublikasi kichik Qilyanshan, Lanshan, Yinshan va Katta Xingan (balandligi 900-1800 m) bilan chegaralangan hudud hisoblanadi.
Bu tizmalardan janubda, Xuanjer daryosining sharqiy sohilida Ordos choʻli joylashgan. Choʻlning janubida, Buyuk Xitoy devorining orqasida, maydoni 600 ming km kvadrat boʻlgan Loess platosi joylashgan. Bu lyossga boy yerlar Shensi, Gansu, Shansi va Ningxia Hui avtonom rayoni provinsiyalarida joylashgan.
Tibet platosining sharqida va Ichki Moʻgʻulistonning janubidagi past togʻli tizimlar shimoli-sharqda Katta Xingan tizmasi boʻylab, Tayxan togʻlari orqali Xitoyning Buyuk tekisligiga qaragan va Yunnan togʻlarigacha choʻzilgan qiyalik bilan chegaralangan. Mamlakat janubidagi Guychjou platosi Xitoy aholisining koʻp qismi istiqomat qiladigan va yerlarining koʻp qismi dehqonchilik qilinadigan eng unumdor tuproqlar joylashgan hudud hisoblanadi.
Janubda bir nechta yirik hududlar, jumladan, Qinling togʻlari, Sichuan havzasi, Yunnan-Guychjou togʻlari va Nanling va Vuyishan togʻlari ajralib turadi. Ushbu hududlarning oʻrtacha balandligi 200 metrdan 2000 metrgacha boʻlgan balandliklarni tashkiletadi.
Past akkumulyativ tekisliklar Xitoyning sharqiy tekisliklari Xitoy hududining atigi 10 % ni tashkil qiladi, lekin shu bilan birga, mamlakat aholisining aksariyati u yerda isteʼqomat qiladi. Har bir katta past tekislik bir yoki bir nechta daryolarning choʻkindilaridan tashkil topgan.
Pastki hududlar orasida quyidagi hududlar ajralib turadi (shimoldan janubga):
Manchuriya tekisligi — Liaodong koʻrfazi tomonidan yuvilgan; Buyuk Xitoy tekisligi — sharqiy qirgʻoqning markazida Boxay koʻrfazi va Sariq dengiz tomonidan yuvilgan keng tekislik; Yangszi daryosining oʻrta oqimi havzasi va deltasi; Pearl daryosi havzasi va deltasi.
Xitoyning Buyuk tekisligi, Xuay daryosi vodiysi va Yangze deltasi dengiz qirgʻogʻi yaqinida birlashib, shimolda Pekindan janubda Shanxaygacha choʻzilgan. Pearl daryosi havzasi (va uning asosiy irmogʻi Siszyan) janubiy Xitoyda joylashgan boʻlib, Yangszi daryosi havzasidan Nanling va Vuyishan togʻlari bilan ajratilgan.
Tektonika va seysmik faollik Himoloy va Tibet platosining shakllanishiga Yevrosiyo plitasining Hindiston plitasi bilan toʻqnashishi natijasida sodir boʻlgan. Seysmik faollik faqat yoriqlar boʻylab joylashgan hududlarda kuzatiladi. Xitoyda sodir boʻlgan eng katta zilzilalar:
Shensi zilzilasi, 1556-yil Tangshan zilzilasi, 1976-yil Sichuan zilzilasi, 2008-yil
Gidrografiya
Shuningdek qarang: Xitoy daryolari roʻyxati va Xitoy koʻllari roʻyxati
Xitoydagi barcha yirik daryolarning manbalari togʻlardagi muzliklar qorlar hisoblanadi. Tibet platosining sharqiy chekkasida eriyotgan qor mamlakatning asosiy transport arteriyalari: Yangszi, Sariq daryo, Mekong va Salvinni suv bilan taʼminlaydi.
Sohil boʻylab Yangze, Xuayhe va Xuanxe daryolarining quyilish qismini bogʻlaydigan Xitoyning Katta kanali joylashgan. Kanal VII-XIII asrlarda qurilgan va umumiy uzunligi 2470 km ni tashkil etadi.
Himoloy togʻlarining shimoliy yon bagʻridan Brahmaputra daryosi boshlanadi (Xitoyda u Matsang, keyin Zangbo deb ataladi) va Xitoy orqali sharqqa qarab 970 km oqib oʻtadi, soʻngra togʻ tizmalarini kesib oʻtib, janubga burilib, shimoliy tekisliklar tamon oqib oʻtadi. Brahmaputra va uning irmoqlari chuqur, himoyalangan vodiylardan oqib oʻtib, Lxasa, Gyantse va Shigatse kabi shaharlarda oʻtroq aholining toʻplanishiga hissa qoʻshadi ushbu hududdagi aholi esa sugʻorma dehqonchilik bilan shugʻullanadi.
Tibet platosining shimoliy va gʻarbiy hududlari va Tsaydam havzasi ichki suv havzalaridir. Yuzlab endoreik tuzli koʻllar mavjud boʻlib, ularga kichik daryolar oqib oʻtadi. Tarim havzasi Xitoyning eng katta endoreik havzasi boʻlib, sharqdan gʻarbga 1500 km gacha va shimoldan janubga 600 kmgacha choʻzilgan.
Tabiiy resurslar Xitoy katta mineral zaxiralarga ega jahondagi kam sonli mamlkatlardan biri hisoblanadi.v Surma, grafit, volfram va ruxning eng yirik ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Boshqa resurslarga boksit, koʻmir, neft, olmos, oltin, temir rudasi, qoʻrgʻoshin, magnetit, marganets, simob, molibden, tabiiy gaz, fosfatlar, qalay, uran va vanadiy yirik konlari ham mavjud. Shuningdek, qalay va volfram zaxiralari boʻyicha Xitoy dunyoda birinchi oʻrinda turadi.
Keng tizmalari va togʻ daryolari tufayli Xitoyning gidroenergetika salohiyati jahondagi eng yirigi hisoblanadi.
2005-yilgi hisob-kitoblarga koʻra, mamlakat umumiy maydonining 14,86 % (taxminan 1.4 mln km kv) dehqonchilik uchun yaroqli yerlar hisoblanadi. Taxminan 1,3 % (taxminan ) doimiy ekinlar uchun, qolgani vaqtinchalik ekinlar uchun ajratilgan. Intensiv qishloq xoʻjaligi amaliyoti mamlakatning eng katta aholisini oziqlantirish va eksport qilish uchun yetarli miqdorda hosil beradi. 2004-yilda taxminan 544,784 km kv ga teng boʻlgan yerlar sugʻorildi, umumiy maydonning 42,9 % yaylovlar va 17,5 % oʻrmonlar tashkil etadi.
Xitoyning oʻrtacha yillik suv resurslari 2711.5 mlrd m kub daryo oqimini va 828.8 mlrd m kub yer usti suvli qatlamlarini oʻz ichiga oladi. Suv quyish daryolar oqimini kamaytiradiganligi sababli, umumiy suv resurslari 2821.4 mlrd m kubni tashkil etdi.
Tuproqlari Tabiiy-iqlim sharoitlarining xilma-xilligi tuproq qoplamida toʻliq namoyon boʻladi. Bu yerda bir necha oʻnlab turdagi tuproqlar mavjud. Ammo asrlar davomida qishloq xoʻjaligini yetishtirish koʻplab tuproqlar, ayniqsa pasttekisliklarda, oʻz xususiyatlarini sezilarli darajada oʻzgartirishiga olib kelgan.
Shimoli-sharqiy Xitoyda quyuq oʻtloqli tuproqlar keng tarqalgan unumdorlik darajasi juda yuqori hisoblanadi. Bu tuproqlar koʻp miqdorda gumus va mineral elementlarni oʻz ichiga oladi — azot, fosfor, kaliy . Songhua va Nuntszyan daryolarining oʻrta oqimida sugʻoriladigan va quruq dehqonchilik uchun yaroqli oʻtloqi chernozem tuproqlari mavjud. Sungari va Ussurining quyi oqimidagi oʻtloq-botqoq va oʻtloqli tuproqlar rivojlanish uchun drenaj ishlarini talab qiladi. Qoʻngʻir oʻrmon tuproqlari togʻli va adirli hududlarda uchraydi; ular asosan tik yonbagʻirlarda joylashgan, bu tuproqlarni faqatgina oʻrmon plantatsiyalari uchun ishlatish mumkin.
Shimoli-gʻarbiy Xitoy yerlari kulrang-qoʻngʻir choʻl tuproqlari, shuningdek, boʻz tuproqlar, kashtan va togʻ-dasht va togʻ-oʻtloq tuproqlari keng tarqalgan. Ushbu hududlarning qurgʻoqchil iqlimi ularni sunʼiy sugʻorishsiz foydalanishga imkon bermaydi. togʻli qismdagi oʻtloq tuproqlari esa shoʻrlangan.
Boxay koʻrfazi va Sariq dengiz sohillarida yerning shoʻrlanishi qurgʻoqchilik bilan emas, balki dengizning faolligi bilan bogʻliq hisoblanadi. Xuan Xe deltasidagi allyuvial tuproqlar uzoq vaqt davomida tabiiy tuzni yuvish jarayonlaridan soʻng qishloq xoʻjaligi uchun yaroqli tuprow boʻldi. Yuqori oqimda, asosan, lyoss jinslari bilan ifodalangan tuproqlarning eroziyasi qishloq xoʻjaligiga toʻsqinlik qiladi.