IFS minoralari (Changsha xalqaro moliya maydoni yoki The Wharf IFS Towers) — Xitoyning Changsha shahrining biznes markazida joylashgan oʻta baland osmonoʻpar binolar majmuasi. 2018-yilda qurilgan, 2019-yil holatiga koʻra, T1 minorasi shahardagi eng baland bino, Xitoydagi toʻqqizinchi eng baland bino, Osiyoda 11-chi va dunyoda 15-oʻrinni egallagan. Majmua Gonkongdagi Wong Tung & Partners kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va Gonkongda joylashgan The Wharf Holdings diversifikatsiyalangan konglomeratiga tegishli. IFSning umumiy maydoni 1 million m² dan ortiq. IFS majmuasi minoralari er osti oʻtish tizimi orqali Changsha metrosining Vuyi maydoni almashish stansiyasi va gavjum Huangxing piyodalar savdo koʻchasi bilan bogʻlangan.

T1 minorasi (452 m) 94 ta yer usti va 5 ta yer osti qavatidan iborat boʻlib, umumiy maydoni 300 000 m². Minoraning yuqori qismini 243 xonali besh yulduzli Niccolo Changsha mehmonxonasi egallagan, qolganlari ofislar va kvartiralar. T2 minorasi (315 m) 63 ta yer usti va 5 ta yer osti qavatiga ega, ijaraga olingan maydonning deyarli barchasi ofislar egalagan. Majmua podiumini maydoni 230 000 m² boʻlgan koʻp qavatli savdo va koʻngilochar markaz joylashgan, unda 400 dan ortiq doʻkonlar, restoranlar, kinoteatrlar va koʻrgazma zallari joylashgan. Savdo markazining tomida haykaltaroshlik bogʻi mavjud.

Changshadagi Xalqaro moliya maydoni majmuasidan tashqari, The Wharf Holdings Suzhou (2019), Chengdu (2014) va Chongqing (2017) shaharlarida IFS brendi ostidagi shunga oʻxshash majmualarga ega.

Manbalar

Havolalar Rasmiy sayt Turkum:Binolar Turkum:Osmonoʻpar binolar