Andaluz mehmonxonasi - Nyu-Meksiko shtatining Albukerke markazidagi tarixiy ko'p qavatli mehmonxonadir. U 1939 - yilda Hilton mehmonxonalari tarmog'ining bir qismi bo'lgan Hilton mehmonxonasi sifatida ochilgan. 1970-yillardan buyon turli nomlar ostida faoliyat yuritgan mehmonxona 2009-yilda taʼmirlandi va hozirgi nomi bilan qayta ochildi. 2019 - yilda u Curio Collection by Hilton brendiga qo'shildi.
Mulk 1983-yilda Nyu-Meksiko shtatining madaniy mulklar ro'yhatitriga va 1984-yilda tarixiy joylarning milliy ro'yhatiga (Old Hilton mehmonxonasi sifatida) kiritilgan.U,shuningdek, Albuquerque tarixiy yodgorligi sifatida belgilangan.
Tarixi 1939 - yil 9-iyunda ochilgan , Hilton Nyu-Meksikodagi birinchi zamonaviy ko'p qavatli mehmonxona edi."Historic Landmarks". Bu Konrad Hiltonning Hilton mehmonxonalar tarmog'idagi birinchi mehmonxonalardan biri va Texas shtatidan tashqarida joylashgan birinchi Hilton brendli mehmonxona edi. Arxitektor Anton F. Korn 160 xonali o'n qavatli binoni Nyu-Meksiko hududiy uyg'onish uslubida loyihalashtirgan bo'lib, tom chizig'i bo'ylab g'isht bilan qoplangan, janubi-g'arbiy uslubdagi yog'och va mebellar bilan jihozlangan. 1971 - yilda Big I avtomagistrali yaqinida yangi Hilton ochilgandan so'ng, eski mehmonxona 1974 - yilda sotildi va Hotel Plaza nomini oldi. U 1981 - yilda yana sotilgan va yopilgan. Yangi egalari uni Bradford mehmonxonasi sifatida qayta tiklashni rejalashtirishgan, ammo mehmonxona bo'sh o'tirgan va bu nom ostida hech qachon ochilmagan. Mehmonxona ,nihoyat, 1984- yilda ta'mirlandi, xonalar soni 114 taga qisqartirildi va 1984 - yil 3- avgustda La Posada de Albuquerque nomi bilan qayta ochildi.
2005-yilda mehmonxonani Gari Gudman sotib oldi, uning kompaniyasi Goodman Realty Group ham yaqinlashib kelayotgan Winrock Town Center ortida joylashgan. 2008-yil mart oyida mehmonxona 30 million dollarlik rekonstruksiyadan va restavratsiyadan oʻtkazildi va 2009-yil 1-oktabrda Andaluz Hotel nomi bilan qayta ochildi Mehmonxona barqarorligi uchun LEED Gold sertifikati bilan taqdirlangan va yillar davomida Conde Nast tomonidan AQSh janubi-gʻarbiy qismidagi eng yaxshi mehmonxonalardan biri sifatida koʻp marta eʼtirof etilgan Mulkda Más Tapas y Vino, ijrochi oshpaz Mark Quinones boshchiligidagi ispanlar "ovqatlanish tajribasi" mavjud. Shuningdek, u Ibiza Urban Rooftop Lounge va dam olish kunlarida keng ko'lamli jonli ko'ngilochar dasturni taklif etadi. konferensiya inshootlari shunday dasturlar uchun mo'ljallangan.
Milliy ro'yhatda u "shaharda Albukerkening uchta buyuk "janubiy-g'arbiy" mehmonxonalarining oxirgisi sifatida juda muhim deb topildi. Alvarado mehmonxonasi (1903 - yilda qurilgan, 1969 - yilda buzib tashlangan) va Fransiskan mehmonxonasi (1923 - yilda qurilgan, 1972 - yilda buzib tashlangan) kabi Hilton ham o'z davrining qurilish texnikasini aks ettiradi va shaharning mintaqaviy sayyohlik markazi sifatidagi ahamiyatini ko'rsatadigan an'anaviy Nyu-Meksika dekoratsiyasini namoyish etadi. Qadimgi Hiltonda mahalliy hunarmandchilik unsurlaridan foydalanish Ikkinchi jahon urushidan oldin mavjud bo'lgan eng ilg'or qurilish texnikalari bilan birlashtirilgan. O'zining gullab-yashnagan davrida u shaharga ijtimoiy va siyosiy markaz sifatida xizmat qilgan, keyin sharqda yangi avtomagistrallar yaqinida qurilgan yangi mehmonxonalarga yo'l bergan."
2019 - yilda mehmonxona Curio Collection by Hilton tarmogʻining bir qismi boʻlib, uni Hilton brendingiga qaytarildi.
Manbalar
Havolalar Media related to Hotel Andaluz at Wikimedia Commons
Hotel Andaluz (rasmiy sayti) Andaluz mehmonxonasi (Emporis) Turkum:Nyu-Meksiko