Konstantin Petrovich Novikov (21.09.1961, Toshkent, Oʻzbekiston — 2015.15.6, Olmaota, Qozogʻiston) — oʻzbek futbolchisi, hujumchi, oʻzbek murabbiyi. SSSR sport ustasi.

Faoliyati Futbol bilan 10 yoshidanoq Toshkentdagi respublika sport maktab-internatida shugʻullana boshlagan. U SSSR yoshlar terma jamoasida murabbiy Boris Ignatiyev boshchiligida oʻynagan. 17 yoshdan boshlab „Paxtakor“ning dublida ishtirok etgan. 1979-yilda Oʻzbekiston SSR terma jamoasi tarkibida SSSR xalqlari Spartakiadasi ishtirokchisi (9-oʻrin).

1978-1984-yillarda „Paxtakor“ tarkibida oliy ligada 108 oʻyin oʻtkazib, 15 ta gol urgan. Jizzaxning „Zvezda“ (1985), Xonqaning „Xonqaliklar“ (1987-1988), Urganchning „Jayhun“ (1989), Buxoroning „Nurafshon“ klublari tarkibida SSR chempionatining quyi ligalarida oʻynagan. Oʻzbekiston chempionatida 1992-yili „Soʻgʻdiyona“ safida 6 ta oʻyin oʻtkazgan. Petrovich 1992/93-yilgi mavsumda Vengriyaning „Solnoki-MAV-MTE“ klubida oʻynab, faoliyatini yakunlagan.

Shahrixonning „Shahrixonliklar“, Chirchiqning „Kimyogar“ va Urganchning „Xorazm“ jamoalarida bosh murabbiy, Toshkentning „Chilonzor“, „Doʻstlik“ jamoalarida ikkinchi murabbiy, „Paxtakor“ning dublyorida murabbiylik vazifalarini bajarganВ Алматы умер Константин Новиков. Buxoroning „Nurafshon“, Qarshining „Nasaf“ jamoalariga ham ustozlik qilganКонстантин Новиков: «Команда улетала в Минск, а я отправился в Польшу…».

2002-yildan Qaragʻandada yashagan.

U 2015-yil 15-iyun kuni 53 yoshida Olmaota shahrida toʻsatdan yurak xurujidan vafot etgan. Toshkentda dafn etilganСкончался ветеран ташкентского «Пахтакора» Константин Новиков.

Manbalar

Havolalar Константин Новиков: «Казахстанский футбол сделал большущий шаг вперед»

Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Olmaotada vafot etganlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Xonqa klubi futbolchilari Turkum:Xorazm futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Szolnoki MÁV FC futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Kimyogar Chirchiq klubi murabbiylari Turkum:Shahrixon klubi bosh murabbiylari Turkum:Xorazm klubi murabbiylari Turkum:SSSR sport ustasi Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Toshkentda dafn etilganlar