Nicole Beharie (1985-yil 3-yanvarda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa. U “American Violet” (2008) dramasi, “Shame” (2011) psixologik dramasi, 42 (2013) biografik sport dramtik filmi va “Miss Juneteenth” (2020) kabi filmlarda ijro etgan bosh rollari bilan tanilgan. 2013-yildan 2016-yilgacha u Fox telekanalida uzatilgan "Sleepy Hollow" gʻayritabiiy dramatik serialida rol oʻynagan.

Yoshligi Beharie Florida shtatining West Palm Beach shahrida tugʻilgan. Beharie kichkinaligida otasi Qoʻshma Shtatlar Tashqi ishlar xizmatida faoliyat olib borgan. Shuning uchun, qizaloq Buyuk Britaniya, Yamayka, Nigeriya va Panamada shaharlarida oʻsib ulgʻaygan. U Janubiy Carolina shtatining Orangeburg shahridagi Orangeburg Wilkinson oʻrta maktabi, Janubiy Karolina gubernatorining san'at va gumanitar fanlar maktabi hamda Grinvildagi davlat internat maktabida tahsil olgan. Ushbu internat ta'lim dargohini 2003-yilda tamomlagan. Keyinchalik, Beharie Qoʻshma Shtatlardagi eng nufuzli sahna san'ati konservatoriyalaridan biri boʻlgan Juilliard maktabiga qabul qilinadi (Drama boʻlimi 36-guruh : 2003-07-yillar). Aktrisa Shakespeare stipendiyasi bilan taqdirlangan va Angliyada malaka oshirgan.

Faoliyati Beharie 2008-yilda "American Violet" filmida oʻzining badiiy filmlardagi debyutini amalga oshiradi. Aktrisa ushbu film davomida bosh rolni ijro etadi. Shuningdek, oʻsha yili u Amerikaning "The Express: The Ernie Davis Story" sport filmida aktyor Rob Brown bilan birgalikda Sarah Ward rolini oʻynaydi. Beharie Lifetime kanalida uzatilgan filmi "Sins of the Mother" (2010)da onasi Nona (Jill Scott) bilan buzilgan munosabatlarini tiklash uchun sayohatga chiqqan kurashayotgan universitet talabasi Shay Hunter obrazini tasvirlaydi.

2011-yilda Beharie "My Last Day Without You" romantik dramasida nemis aktyori Ken Dukenga qarshi qoʻshiqchi sifatida beshta original qoʻshiqni ijro etadi. Russell Leigh Sharman oʻzining "Apartment 4E" spektakli uchun moslashtirilgan filmida aktrisa Bahirie oʻz kvartirasidan hech qachon chiqmaydigan muammoli yosh ayol Piper rolini gavdalantiradi. Beharie Steve McQueenning "Shame" filmida Marianna rolini oʻynaydi. The Boston Globedan Wesley Morris uning ijrosini yuqori baholab, uni "tabiiy shaffoflik moʻjizasi", deya ataydi.

2020-yilda u "Miss Juneteenth" filmida rol oʻynaydi. Aktrisa ushbu kartinada tanlovning sobiq gʻolibi oʻsmir qizini oʻzining sobiq tojini egallashga tayyorlayotgani haqidagi obrazni gavdalantriadi.

Shaxsiy hayoti 2015-yilda Beharie Allure jurnalining may soni uchun yalangʻoch suratga tushadiThe Naked Truth: Celebrities Go Nude for Allure Allure. Archived on April 15, 2015..

Filmografiyasi

Filmlarda YilSarlavhaRolIzohlar2008American VioletDee Roberts2008The Express: The Ernie Davis StorySarah Ward2011My Last Day Without YouLeticia Johnson2011ShameMarianne2012Apartment 4EPiper2012The Last FallFaith Davis2012The Mirror Between UsZoraQisqa metrajli film2012Woman Thou Art Loosed: On the 7th DayBeth Hutchins201342Rachel Robinson2018Monsters and MenMichelle2019Jacob's LadderSamantha Singer2020Miss JuneteenthTurquoise Jones2022892Estel Valerie2022Honk for Jesus. Save Your SoulShakura Sumpter

Televizion rollari YilSarlavhaRolIzohlar2009Three RiversHelen ReedEpizod: "Win-loss"2010Sins of the MotherShayTelevizion film2011The Good WifeImani Stonehouse2ta epizod2012Law & Order: Special Victims UnitTracy HarrisonEpizod: "Child's Welfare"2013–2016Sleepy HollowAbbie Mills / WitnessBosh rol (50ta epizod)2015BonesAbbie MillsEpizod: "The Resurrection in the Remains"2017AfroPop: The Ultimate Cultural ExchangeHost5ta epizod2019Black MirrorTheoEpizod: "Striking Vipers"Nikki Beharie nomi ostida2020Little Fires EverywhereMadeline RyanEpizod: "The Uncanny"2020MonsterlandAnnieEpizod: "New Orleans, LA"2021SolosNeraAntologian serial2021Scenes from a MarriageKate

Teatr sahnalarida YilSarlavhaRolSahna2010–11A Free Man of ColorMargery JolicoeurVivian Beaumont Theatre (Broadway)

Soundtracklari YilAlbomQoʻshiqlar2013My Last Day Without You"Two Hands", "Catch Me", "Morning Light", "Scars", "My Last Day Without You"

Mukofotlar va nominatsiyalar YilTashkilotKategoriyaNomzod filmNatija2009African-American Film CriticsBest ActressAmerican Violet 2010Black Reel AwardsBest Actress Best Breakthrough Performance Best Ensemble 2012Best SongMy Last Day Without You 2014NAACP Image AwardsOutstanding Actress in a Drama SeriesSleepy Hollow 2015Outstanding Actress in a Drama Series Fangoria Chainsaw AwardsFavorite Actress on Television 2021Gotham Independent Film AwardsBest ActressMiss Juneteenth Independent Spirit AwardsBest Female Lead

Manbalar

Havolalar

Nicole Beharie Instragramda

Turkum:Afroamerikalik aktrisalar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik aktrisalar