Nicholas Jerry Jonas (; 1992-yil 16-sentabrda tugʻilgan) — amerikalik qoʻshiqchi, aktyor va bastakor. Jonas Brothers pop-guruhi aʼzosi.

Hayoti Nick Jonas 1992-yil 16-sentabrda Texas shtatining Dallas shahrida musiqachi va bastakor Paul Kevin Jonas va Denise Jonas (qizlik familiyasi: Miller) oilasida tugʻilgan. Uning ikkita akasi (Joe va Kevin) va bitta ukasi (Frankie) bor.

Karyerasi Nick aktyorlik faoliyatini 2009-yilda Disney Channel telekanalida efirga uzatilgan Jonas teleserialida bilan boshlagan. 2017-yilda u Jumanji: Changalzor chorlovi filmida Seaplane McDonough rolini oʻynadi.

Shaxsiy hayoti 2006-yil iyun oyida u amerikalik aktrisa va qoʻshiqchi Miley Cyrus bilan birinchi marta uchrashdi, shundan soʻng ular uchrashishni boshlaydilar. Juftlik 2007-yil dekabr oyida ajralishdi.

2009-yil oxirida Jonas Selena Gomez bilan qisqa muddat uchrashdi, ular bir-birlariga vaqt yoʻqligi sababli ajralishdi.

2011-yil yanvaridan 2012-yil mayigacha Jonas avstraliyalik model va qoʻshiqchi Delta Goodrem bilan uchrashdi. Ammo juflik oradan maʼlum vaqt oʻtgach ajralishdi.

2013-yil iyun oyida Jonas amerikalik model Olivia Culpo bilan uchrashishni boshladi. 2015-yil iyun oyida juftlik ajralishdi.

2018-yilda Jonas aktrisa Priyanka Chopra bilan uchrashishni boshladi. Ular 2018-yil 18-iyulda Chopraning tugʻilgan kunida unashtirildi. Juftlik 2018-yil 1-dekabrda Chopraning vatani Hindistonda turmush qurishdi. 2022-yil 21-yanvarda er-xotin surrogatlik orqali qiz farzand koʻrishdi.

Filmografiyasi Yil Nom Rol Izohlar 2009 Night at the Museum: Battle of the Smithsonian Cherub Ovoz bergan 2015 Careful What You Wish For Doug Martin 2016 Goat Brett Land 2017 Jumanji: Welcome to the Jungle Jefferson „Seaplane“ McDonough 2019 UglyDolls Lou Ovoz bergan 2019 Midway Mate Bruno Gaido 2019 Jumanji: The Next Level Jefferson „Seaplane“ McDonough 2021 Chaos Walking Davy Prentiss Jr. 2023 Love Again Joel 2023 The Good Half Renn Wheeland

Diskografiyasi Yakkaxon albomlari Nicholas Jonas (2005) Nick Jonas (2014) Last Year Was Complicated (2016) Spaceman (2021)

The Administration bilan birga Who I Am (2010)

Jonas Brothers bilan birga It's About Time (2006) Jonas Brothers (2007) A Little Bit Longer (2008) Lines, Vines and Trying Times (2009) Happiness Begins (2019) The Album (2023)

Turlari

Who I Am Tour (2010) Nick Jonas 2011 Tour (2011) Nick Jonas Live (2014) Nick Jonas: Live in Concert (2015) Future Now Tour (Demi Lovato bilan) (2016) Happiness Begins Tour (2019—2020) Remember This Tour (2021)

Manbalar

Havolalar

Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik bastakorlar Turkum:Amerikalik erkak aktyorlar Turkum:Amerikalik erkak bola aktyorlar Turkum:Amerikalik erkak ovoz aktyorlari Turkum:Amerikalik erkak televideniye aktyorlari Turkum:Amerikalik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik erkak qoʻshiqnavislar Turkum:Amerikalik bola qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar