El gran Carlemany (talaffuzi [el‿ˈɣɾaŋ‿kaɾleˈmaɲ]; „Buyuk Karl“) – Andorra knyazligining davlat madhiyasi. Musiqani Enric Marfany Bons bastalagan, soʻzlari Juan Benlloch i Vivó tomonidan yozilgan. 1921-yil 8-sentabrda milliy madhiya sifatida qabul qilingan, bu Andorraning milliy kuni hamdir. Qoʻshiq matni Andorra madaniyati va tarixining bir qancha muhim jihatlariga, masalan, Karoling imperiyasining merosiga ishora qiladi.

Tarix El Gran Carlemanyni ruhoniy boʻlgan Enric Marfany Bons (1871—1942) bastalaganAugustin (2008), p. 99.. Qoʻshiq soʻzlari 1906-yildan 1919-yilgacha Urgell yepiskopi boʻlib ishlagan Juan Benlloch i Vivó (1864—1926) tomonidan yozilgan. Qoʻshiq 1921-yil 8-sentyabrda birinchi marta mamlakat soborida kuylangan va rasman mamlakat milliy madhiyasi sifatida belgilangan . Qabul qilingan kun – 8 sentyabr – Andorra milliy kuni. Bu qoʻshiq matnida tilga olingan mamlakat homiysi Meritxell xonimi bayramiga toʻgʻri keladi.

Matn El Gran Carlemany qoʻshiqlari Andorra tarixi haqida (birinchi shaxs hikoyasi) qisqacha maʼlumot beradi. Unda Karl tomonidan 788- va 790-yillar oraligʻida Kataloniyani zabt etib Andorraga mustaqillik berganligi va ushbu hududdagi vodiylarni vorislari orqali boshqarganligi, maʼlum vaqtdan soʻng ushbu mintaqani Murlardan qaytarib olgani haqidagi hikoya qilinadi. Oʻsha yili chegaralar belgilandi. Davlat Karl tomonidan oʻz davlatini (Karolinglar imperiyasini) himoya qilish maqsadida tashkil etilgan himoya zonasi boʻlgan Marca Hispanica tarkibiga kirdi. Afsonaga koʻra, u mamlakatni qayta qurish, uning aholisini nasroniylikka qaytarish va monastirlar qurilishini nazorat qilish uchun mas’ul edi. Bu yutuqlari tufayli unga afsonaviy nom berildi va bugungi kunda Karl Andorraning asoschisi sanaladi hamda sharaflanadi.

Madhiya „El gran Carlemany mon pare“ („Buyuk Karl mening otam“) soʻzlari bilan boshlanadi.

Kataloncha asliKatalon IPA transkripsiyasiIspancha tarjimaFransuz tarjimasiInglizcha tarjima nacions, neutral; sols resto l'única filla de l’imperi Carlemany.

Creient i lliure onze segles, creient i lliure vull ser. Siguin els furs mos tutors 𝄆 i mos Prínceps defensors! 𝄇}}The great Charlemagne, my father, liberated me from the Saracens, and from heaven he gave me life of Meritxell, the great Mother.

I was born a princess and heiress between two nations, neutral; I am the only remaining daughter of the Charlemagne empire.

Faithful and free for eleven centuries, Faithful and free I want to be. May the laws be my tutors 𝄆 and my Princes defenders! 𝄇

Manbalar

Havolalar Recording by the New Japan Philharmonic (former linked source stale.) Turkum:Andorra Turkum:Madhiyalar