Jessica Brooke Capshaw (; 9-avgust, 1976-yil, Columbia, Missuri, AQSh) amerikalik aktrisa boʻlib, The Practice filmidagi Jamie Stringer va ABC telekanalida efirga uzatilgan tibbiyotga aloqador dramatik teleserial Grey's Anatomyda doktor Arizona Robbins rollari orqali tanilgan.
Yoshligi Capshow 1976-yil 9-avgustda Missouri shtatining Columbia shahrida aktrisa va produser Kate Capshow hamda marketing boʻyicha menejeri, marketolog Robert Capshowlarning qizi boʻlib tugʻilgan. Aktrisa rejissor Steven Spilebergning oʻgay qizi boʻlib, uning onasi Capshow 15 yoshligida ushbu rejissorga turmushga chiqqan.
U 1994-yilda Los Angelesdagi Harvard Westlake maktabini tamomlagan. Soʻngra, Brown universitetida tahsil olgan. Ushbu universitetda Arcadia va Cat on a Hot Tin Roof sahna koʻrinishlarida ishtirok etgan. 1998-yilda ingliz adabiyoti boʻyicha bakalavr darajasiga erishadi. Yoz faslida u Londondagi Royal Academy of Dramatic Arts (RADA)da oʻtilajak darslarda qatnashadi. U ushbu taʼlim dargohida A Midsummer Night's Dream pyessasida Puck rolini ijro etadi.
Faoliyati Capshaw oʻn toʻqqiz yoshida onasi bilan birga The Locusts (1997) dramasida kichik rol oʻynagan. Aktrisa, shundan keyin, Adam Rifkinning Denial (1998) filmida paydo boʻlgan. U Valentine (2001) filmida Dorothy Wheeler rolini Minority Report (2002) filmida kichik rolni hamda Edward Burnsning The Groomsmen (2006) filmida bosh rolni ijro etadi.
Capshaw 2018-yil mart oyida Grey’s Anatomy jamoasini produserlik sabablariga ga koʻra tark etishga majbur boʻladi. U Twitterda Grey’s Anatomy serialidagi unga berilgan obrazning ahamiyatini taʼkidlagan bayonotini joylashtiradi:
Shaxsiy hayoti Capshaw 2004-yil 22-may sanasida Christopher Gaviganga turmushga chiqadi. Ularning toʻrt nafar farzandlari bor: Luke, Eve, Poppy va Josephine. U 2010-yilda Allure jurnalining may soni uchun yalangʻoch suratga tushishga rozi boʻlganThe Naked Truth: 5 celebrities bare it all for Allure Allure. Archived on April 15, 2010..
Filmografiyasi
Filmlarda YilSarlavhaRolIzohlar1997The LocustsPatsy1998DenialMarcia1999The Love LetterKelly2000Killing CinderellaBeth2000Big TimeClaireQisqa metrajli film2001ValentineDorothy Wheeler2002The MesmeristDaisy Valdemar2002Minority ReportEvanna2003View from the TopRoyalty International Flight Attendantankredited2006The GroomsmenJen2007Blind TrustCassie Stewart2014The Hero of Color CityDuck2020HolidateAbby2022Dear ZoeElly Gladstone
Televizion rollari YilSarlavhaRoleIzohlar1999ERSally McKenna1ta epizod: „Rites of Spring“1999-2000Odd Man OutAunt JordanAsosiy tarkib13ta epizod2001The Back PageTV Film2002-2004The PracticeJamie StringerAsosiy tarkib7 & 8-mavsumlar; 42ta epizod2005How I Met Your Motheruncredited1ta epizod: „Okay Awesome“2005Into the WestRachel Wheeler1ta epizod: „Manifest Destiny“2006Thick and ThinMary2006BonesRebecca Stinson2ta epizod: „Mother and Child in the Bay“, „The Truth in the Lye“2007The L WordNadia Karella3ta epizod: „Livinʼ La Vida Loca“, „Lassoed“, „Layup“2009Head Case1ta epizod: „Tying the Not“2008-2018Grey's AnatomyDoktor Arizona RobbinsAsosiy tarkib (6-14-mavsumlar) 214ta epizod2010One Angry JurorSarah WalshTV Film
Manbalar
Havolalar
Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1976-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar