Christopher Maurice Brown (1989-yil 5-mayda tugʻilgan) — amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiq yozuvchi, raqqos va aktyor. Billboard maʼlumotlariga koʻra, Brown oʻz avlodining eng muvaffaqiyatli R&B qoʻshiqchilaridan biri boʻlib, koʻplab zamondoshlar tomonidan „R&B qiroli“ deb atalgan. U uslubiy jihatdan koʻp qirrali ijodkor deb taʼriflangan. Uning qoʻshiqlari asosan romantika, hayot, pushaymonlik va hissiy ziddiyat mavzularida. Brown oʻzining sahnadagi chiqishlari bilan Michael Jacksonga qiyoslanadi.
2004-yilda Brown Jive Records bilan shartnoma tuzdi va keyingi yili oʻzining debyut studiyaviy albomini chiqardi, u birinchi haftaning oʻzida 154 ming nusxada sotilgan va Amerika Yozuv Industriyasi Assotsiatsiyasi (RIAA) tomonidan uch marta platina sertifikatiga ega boʻlgan. Uning ikkinchi albomi „Exclusive“ (2007) butun dunyo boʻylab yanada katta tijoriy muvaffaqiyatga erishdi. 2009-yilda Brown oʻsha paytdagi qiz doʻsti, qoʻshiqchi Rihannaga nisbatan jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topildiSettlement reached in Chris Brownʼs alleged beating of Rihanna, Los Angeles Times, June 22, 2009. Oʻsha yili u oʻzining uchinchi Graffiti albomini chiqardi, bu uning oldingi asarlari bilan solishtirganda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Graffitidan keyin Brownning toʻrtinchi albomi FAME (2011) eʼlon qilindi, bu uning Billboard 200 reytingida birinchi oʻrinni egallagan birinchi albomi boʻldi. Uning 2012-yilda chiqarilgan beshinchi albomi Fortune ham Billboard 200 reytingida birinchi o‘rinni egalladi.
Yoshlik Christopher Maurice Brown 1989-yil 5-mayda Virjiniya shtatining Tappaxannok shahrida bolalar bogʻchasi sobiq direktori Joyce Hawkins va mahalliy qamoqxonada axloq tuzatish ishlari bo‘yicha xodim Clinton Brown oilasida tug‘iladi. Uning bankda ishlaydigan Lytrell Bundy ismli singlisi bor. Musiqa Brownning bolaligidan boshlab hayotida doimo u bilan edi. U ota-onasiga tegishli boʻlgan soul albomlarini tinglardi va oxir-oqibat hip-hop janriga qiziqishi orta boshladi.
Brown yoshligida qoʻshiq aytish va raqsga tushishni yoqtirardi va koʻpincha uni Michael Jackson ilhomlantirardi. U cherkov xor guruhida va bir nechta mahalliy shoularida chiqishni boshladi. Shu bilan birga, Brown bir qancha shaxsiy muammolarni boshdan oʻtkazdi. Uning ota-onasi ajrashishadi.
Faoliyati
2002-2004: Faoliyati boshlanishi Brown 13 yoshida otasining yoqilgʻi quyish shoxobchasiga tashrif buyurgan yangi isteʼdodlarni izlab yurgan Hitmission Records mahalliy guruhi tomonidan kashf etilgan. Hitmissionda Lamont Fleming Brown uchun ovoz boʻyicha murabbiylik qiladi. Brown Virjiniyadagi Esseks oʻrta maktabida 2004-yil oxirigacha oʻqigan va u musiqadagi faoliyatini davom ettirish uchun Nyu-Yorkka koʻchib oʻtgan. Tina Davis, Def Jam Recordings kompaniyasining yuqori darajali A&R rahbari, Brownni Nyu-Yorkdagi ofisida tinglab hayratda qoladi va uni darhol Island Def Jam musiqa guruhining sobiq prezidenti Antonio „L.A.“ Rid bilan uchrashishga olib boradi va unga shartnoma taklif qildi. Lekin Brown uning taklifini rad etdi. „Men Chrisda haqiqiy isteʼdod borligini bilardim“, deydi Devis. left|thumb|225x225px| Brown KISS 106.1 Seattle Jingle Bell Bash koʻrgazmasida chiqish qilmoqda, 2005-yil 4-dekabr thumb|307x307px| Chris Brown 2008-yilda Brisbane Entertainment Centerda qoʻshiq kuylamoqda thumb| Chris Brown 2016-yil yanvar oyida Mayamida „Back to sleep“ musiqasini ijro etmoqda
Albomlar
Chris Brown (2005) Exculisive (2007) Graffiti (2009) F.A.M.E (2011) Fortune (2012) X (2014) Royalti (2015) Heartbreak on a Full Moon (2017) Indigo (2019) Breezy (2022) Filmografiya + Film Yil Nomi Rol Izoh 2007 Stomp the Yard Duron Williams Yordamchi rol 2007 This Christmas Michael „Baby“ Whitfield Bosh rol 2010 Takers Jesse Attica Yordamchi rol, ijrochi prodyuser 2012 Think Like a Man Alex Yordamchi rol 2013 Battle of the Year Rooster Yordamchi rol 2017 Chris Brown: Welcome to My Life Oʻzi Hujjatli film 2020 She Ball T.A.K.O. Yordamchi rol
+ TV Yil Nomi Rol Izoh 2006 One on One Oʻzi „Recipe for Disaster“ (5-mavsum, 17-qism) 2006 Christmas in Washington Guest Star 2007 Chris Brown: Journey to South Africa Brownnning Afrikaga birinchi sayohati haqidagi hujjatli film 2007 The O.C. Will Tutt „The My Two Dads“ (4-mavsum, 9-qism)"The French Connection" (4-mavsum, 10-qism) „The Dream Lover“ (4-mavsum, 11-qism) 2008 The Suite Life of Zack & Cody Oʻzi „Doinʼ Time in Suite 2330“ (3-mavsum, 20-qism) 2011 Tosh.0 3-fasl, 10-qism 2015 Real Husbands of Hollywood 4-fasl, 4-qism 2017 Black-ish Rich YoungstaGuest Star
Sayohatlar Brown Shimoliy Amerika, Yevropa va butun dunyo boʻylab koʻplab arenalar gastrollarida boʻlgan. Bundan tashqari, u Trey Songz bilan Shimoliy Amerika gastrollarini boshqargan va Rihanna, Drake, Lil Wayne va Beyoncé kabi sohasidagi tengdoshlari uchun gastrollarda boʻlgan. Umuman olganda, Brown oʻz faoliyati davomida 279 ta kontsertdan taxminan 157 million dollar ishlab topdi — bu uni barcha davrlardagi eng yuqori daromadli afro-amerikalik gastrol sanʼatkorlaridan biriga aylantirdi.
Manbalar
Turkum:Grammy mukofoti sovrindorlari Turkum:Amerikalik erkak televideniye aktyorlari Turkum:Afroamerikalik erkak aktyorlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik erkak aktyorlar Turkum:Amerikalik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Afroamerikalik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik erkak reperlar Turkum:Afroamerikalik erkak reperlar Turkum:Amerikalik bola qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik erkak pop-qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik hip hop-qoʻshiqchilar Turkum:Qoʻshiqlari Billboard Hot 100 xit-paradida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan ijrochilar Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar