Pringles ( – Kellogg's tomonidan ishlab chiqariladigan bugʻdoy va kartoshka chipslari brendi (2011-yil 5-aprelgacha – Procter & Gamble). 2012-yil fevral oyida AQShning yetakchi oziq-ovqat ishlab chiqaruvchisi „Kellogg's“ „Procter & Gamble“ kompaniyasining Pringles chipslari biznesini 2,7 milliard dollarga sotib olishga rozi boʻladi .

Pringles chipslari retsepti 1950-yillarda Alexander Liepa tomonidan patentlangan. Ular birinchi marta 1968-yil oktyabda Amerikada sotila boshlangan va keyin Pringles Newfangled Potato Chips (1975-yilgacha) deb nomlangan.

1970-yilda „Procter & Gamble“ birinchi marta moʻylovli novvoy Julius Pringles tasvirlangan uzun silindrsimon bankada chipslarni chiqaradi. Pringlesning birinchi metall qutisi kimyo muhandisi Fred Bor tomonidan yaratilgan.

2009-yilda „World's Food“ Pringlesni dunyodagi eng mashhur kartoshka chipslari deb topgan. Biroq, umumiy yillik sotuv milliard dollardan oshmaydi. Manbalar

Havolalar

Turkum:Brendlar