Gerald Asamoah (1978-yil 3-oktyabr, Mampong, Gana) — Ganalik nemis futbolchisi, hujumchi.
Faoliyati
Klub Asamoahning faoliyatidagi birinchi klubi Germaniyaning „Hannover 96“ boʻlgan. Hannoverdagi uch mavsumdan soʻng Asamoah „Schalke 04“ ga oʻtgan U 11 yilni Gelzenkirxen klubida oʻtkazgan.
2010-yilning 1-iyunida Asamoah Sankt-Pauli bilan ikki yillik shartnoma imzolagandan keyin u Ikkinchi Bundesligadan Birinchisiga oʻtgan 2011-yil iyun oyida Asamoah ushbu shartnomani bekor qilgan.
2011-yilning 12-iyulida Asamoah „Xuls“ klubida jismoniy mashqalardan oʻtgan boʻlsada, u yerda rasmiy oʻyinlarda ishtirok etmagan.
2012-yilda Greyther Furth klubi futbolchisiga aylangan. Shartnoma 2013-yil iyun oyining oxirigacha amal qilgan.
2013-yilning 16-iyulida Asamoah „Schalke 04“ga qaytdi va u yerda zaxira oʻyinchisiga aylangan.
2015-yilda u faoliyatini yakunlab, klub murabbiylik tizimiga kirib, yoshlar (15 yoshgacha) jamoasida yordamchi murabbiyga aylangan. 2018-yilda u „Schalke 04“ zaxira jamoasini boshqargan. Yanvar oyida oʻzining sobiq ustozi Xab Stivens va jamoadoshi Mayk Buskens bilan birgalikda jamoaning murabbiylar shtabiga qoʻshilgan va „Schalke 04“ ni quyi ligaga tushib qolishdan qutqargan (jamoa murabbiyi lavozimini egallagan). Vazifasini bajarib, zaxira murabbiyi lavozimiga qaytgan. Jamoa murabbiyining boʻsh oʻrnini Sasha Rieter egallagan.
Xalqaro Germaniya terma jamoasidagi ilk uchrashuvini 2001-yil 29-may kuni Slovakiya terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan (2:0).
Shaxsiy hayoti Asamoah Ganada tugʻilgan, ammo 1990-yilda uning oilasi Germaniyaga koʻchib oʻtgan.
Asamoah uylangan va ikki nafar farzandi bor, egizak Jadu va Jaden (2007-yil 26-fevral).
U yurak xastaligi, gipertrofik kardiyomiyopatiyadan bilan aziyat chekib kelmoqda.
Jeraldning ukasi Lyuis Germaniyaning Vulfrat jamoasida oʻynagan. Shuningdek, uning amakivachchasi Emmanuel „Sent-Pauli U-17“ jamoasida oʻynagan.
Faoliyat statistikasi +KlubMavsumLigaDFB-PokalYevropaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolHannover 961996-97Regionalliga Nord25510-202851997-98331930-2138201998-992. Bundesliga21410--224Jami79285000418829Schalke 041999-2000Bundesliga33421--3552000-0129464--3582001-023266051204572002-032733160203842003-042440040613452004-0531851716249122005-0624310101203742006-071321220-1642007-08317331013047112008-092722071-3632009-108100--81Jami27944291251521338064Schalke 04 II2003-04Regionalliga Nord1000--10FC St. Pauli2010-11Bundesliga27600--276Greuther Fürth2011-122. Bundesliga10520--1252012-13Bundesliga17010--180Jami275300000305Schalke 042013-14Bundesliga001000-10Schalke 04 II2013-14Regionalliga Gʻarb286---2862014-15212---212Jami498000000498Karyerada jami462913812515254576112
Yutuqlar
Ikkinchi Bundesliga gʻolibi (1): 2011/12 Germaniya kubogi sohibi (2): 2000/01, 2001/02 Intertoto kubogi gʻolibi (2): 2003, 2004 Germaniya Ligasi kubogi sohibi (1): 2005-yil 2002-yilgi jahon chempionatining kumush medali sovrindori 2005-yil Konfederatsiyalar kubogining bronza medali sovrindori 2006-yilgi jahon chempionatining bronza medali sovrindori
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Ganalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Hannover 96 futbolchilari Turkum:FC Schalke 04 futbolchilari
Turkum:Germaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2002 oʻyinchilari Turkum:2005-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari Turkum:Germaniyaning mahalliylashtirilgan fuqarolari