Bozorboy Oʻrinboyev – taniqli tilshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor. 1936-yil 3-iyunda Samarqand viloyati, Jomboy tumani, Gʻazira qishlogʻida tugʻilgan. Samarqand tojik pedagogika instituti va Samarqand davlat universitetining oʻzbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini Jomboy tumani maktablarida oʻqituvchilikdan boshlagan. Keyinchalik ilmiy boʻlim mudiri, direktor boʻlib ishlagan.

Samarqand davlat universiteti aspiranturasida tahsil olgach, katta laborant, Qarshi pedagogika instituti (hozirgi Qarshi davlat universiteti) dotsenti (1965-1967), Samarqand pedagogika instituti (1992-yildan keyin Samarqand davlat universiteti) dotsenti, kafedra mudiri, dekan, prorektor va rektor (1967-1974) lavozimlarida ishladi.

1974-yildan Jizzax davlat pedagogika instituti (hozirgi Jizzax davlat pedagogika universiteti) rektori sifatida ish boshladi va u yerdagi faoliyatini yakunlab, 1992-yilda Samarqandga qaytdi va Samarqand davlat universiteti, Samarqand kooperativ instituti, Samarqand davlat chet tillar instituti kabi muassasalarda kafedra mudiri boʻlib ishladi hamda ushbu davrlarda oʻzbek tili rivojiga katta hissa qoʻshdi.

Olim, Oʻzbekiston va SSSR xalq taʼlimi aʼlochisi Bozorboy Oʻrinboyev 2014-yilda vafot etgan.

Manbalar

Turkum:2014-yilda vafot etganlar Turkum:Samarqand davlat universiteti bitiruvchilari Turkum:Samarqand davlat universiteti oʻqituvchilari Turkum:Filologiya fanlari doktorlari Turkum:Sovet professorlari