Andreas „Andi“ Brehme () (; 1960-yil 9-noyabr, Gamburg- 20-fevral 2024 ) – nemis futbolchisi, qanot himoyachisi va yarim himoyachisi. 1990-yilgi Jahon chempionati finalida gʻalaba toʻpini kiritgan. (Nestor Sensinining Rudi Vyollerga nisbatan qoʻpolligi uchun penaltini golga aylantirgan). Keyinchalik murabbiylik bilan shugʻullangan.

Futbolchilik faoliyati Brehme Gamburgda tugʻilgan va faoliyatini mahalliy „Barmbek Uhlenhorst“ klubida boshlagan.

1981—1986-yillarda aynan shu klubda „Kayzerslautern“ da oʻynagan va 1998-yilda faoliyatini yakunlagan. 1986-yildan 1988-yilgacha „Bavariya“ da oʻynagan 1987-yilda Bundesligada gʻolib chiqdi va Yevrokubok finaliga chiqgan. Shundan soʻng u „Internasionale“ ga oʻtgan, u yerda 1988-yildan 1992-yilgacha oʻynagan, 1989-yilda A Seriya va 1991-yilda UEFA kubogini qoʻlga kiritgan. Germaniyaga qaytishdan oldin Brehme 1992/93-yilgi mavsumda „Real Saragosa“da La Ligada oʻynagan. Qayserslauternga qaytib, u 1996-yilda DFB-Pokal chempionligini qoʻlga kiritgan, ammo jamoa quyi ligaga tushib ketgan. Brehme klubda qoldi va keyingi yili jamoaning elitaga qaytishi va Bundesligada gʻalaba qozonishiga katta hissa qoʻshgan.

Germaniya terma jamoasi tarkibida Brehme 1986-yilgi jahon chempionatida ishtirok etgan. Yarim finalda u Fransiyaga qarshi jarima zarbasidan gol urgan. Ammo uning jamoasi finalda Argentinaga magʻlub boʻlgan. 1990-yilgi jahon chempionatining yarim finalida u Angliyaga qarshi oʻyinda jarima zarbasini ham amalga oshirgan. Finalda Germaniya Argentinadan qasos olgan. Brehme yagona golni penaltidan kiritgan. Terma jamoa uchun Brehme gol uraolmagan yagona penalti 1985-yilning 12-iyunida Angliyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida berilgan. Piter Shilton uning zarbasini qaytardi. Brehme 1990-yilgi jahon chempionatida Angliyaga qarshi oʻyinda ham oʻzining 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirgan. Brehme oʻzining 86 oʻyinining soʻnggisini 1994 yilgi Jahon chempionatida oʻtkazgan va Germaniya chorak finalga chiqgan.

Murabbiylik faoliyati 1998-yilda „Kayzerslautern“ bilan chempionlikni qoʻlga kiritgach, Brehme Bundesligada 301 oʻyin oʻtkazib, futbolchilik faoliyatini yakunlagan va murabbiy boʻlishga qaror qilgan. U 2000-yildan 2002-yilgacha „Kayzerslautern“ni boshqargan, jamoa quyi ligaga tushib ketishi mumkinligi sababli ishdan boʻshatilgan. Keyin u Ikkinchi Bundesliganing „Unterxaching“ klubini boshqargan, ammo 2005-yilning aprelida yana quyi ligaga tushib qolish xavfi tufayli ishdan boʻshatilgan. Keyinchalik u „Shtutgart“da Jovanni Trapattonining yordamchisi boʻlgan, ammo ikkalasi ham klubda bir necha oy oʻtgach, ishdan boʻshatilgan.

Vafoti Brehme 2024-yil 20-fevralda 63 yoshida yurak hurujidan vafot etdi.

Faoliyat statistikasi +KlubMavsumLigaMamlakat kubogiSuper kubokQitʼaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol1. FC Saarbrücken1980—19812. Bundesliga36320——3831. FC Kaiserslautern1981—982Bundesliga274——713451982—198330310—533661983—198433821—203791984—1985331110——34111985—198631842——3510Jami1543483—14417641Bayern Munich1986—1987Bundesliga31420—804141987—1988283401061394Jami5976010141808Inter Milan1988—1989Serie A31370—604431989—19903264010203961990—199123141—903621991—199230140—20361Jami116111911019015512Real Zaragoza1992—1993La Liga24121--523141. FC Kaiserslautern1993—1994Bundesliga26331——2941994—199527432—403461995—199630250—403921996—19972. Bundesliga320—10203501997—1998Bundesliga5010——60Jami12091231010014312Kaiserslauternda jami274432061024431953Karyerada jami509654983062762380

Yutuqlari "Kayzerslautern"

Germaniya chempioni : 1997—1998 Germaniya kubogi sohibi: 1995—1996

"Bavariya"

Germaniya chempioni : 1986—1987 UEFA Chempionlar Ligasi finalchisi : 1986—987 Germaniya Superkubogi : 1987-yil

Inter

Italiya chempioni : 1988—1989 Italiya Superkubogi sohibi : 1989-yil UEFA kubogi sohibi: 1990—1991

Ispaniya kubogi finalchisi : 1992—1993

Germaniya terma jamoasi

Jahon chempionati : 1986 (finalchi), 1990-yil Yevropa chempionati : 1988 (3-chi), 1992 (finalchi)

Shaxsiy yutuqlar

Fransiya futboli boʻyicha „Bronza toʻp“ sohibi: 1990-yil Gerin Sportivo tomonidan Italiyada yilning eng yaxshi futbolchisi : 1989-yil UEFA maʼlumotlariga koʻra Yevropa chempionati natijalariga koʻra ramziy terma jamoaga kiritilgan (2): 1984, 1992 Jahon chempionatining ramziy terma jamoasiga kiritilgan: 1990-yil

Manbalar

Havolalar

FIFA Profile

Turkum:1960-yilda tugʻilganlar Turkum:9-noyabrda tugʻilganlar Turkum:2024-yilda vafot etganlar Turkum:20-fevralda vafot etganlar Turkum:Gʻarbiy Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:1. FC Saarbrücken futbolchilari Turkum:1. FC Kaiserslautern futbolchilari Turkum:FC Bayern Munich futbolchilari Turkum:Inter Milan futbolchilari Turkum:Real Zaragoza futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Germaniyaning muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 1984 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 1988 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 1992 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 1986 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 1990 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 1992 oʻyinchilari Turkum:Germaniyalik futbol murabbiylar