Dimitar Ivanov Berbatov„Dimitar Berbatov: factfile — Manchester United“. (; 1981-yil 30-yanvarda tugʻilgan) — bolgariyalik sobiq professional futbolchi. Dimitar 2006-yildan 2010-yilgacha Bolgariya terma jamoasi sardori boʻlgan va mamlakat tarixidagi eng yaxshi toʻpurar hisoblanadi. U barcha davrlarning eng buyuk bolgar oʻyinchilaridan biri sifatida qabul qilingan.
Berbatov „Pirin“ klubi yoshlar jamoasida futbolga oid dastlabki koʻnikmalarni olgan va 1998-yilda 17-yoshida CSKA Sofia klubiga qoʻshilgan. U 2001-yilning yanvarida Germaniyaning „Bayer“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Klubdagi dastlabki 18 oydan soʻng oʻzining birinchi Chempionlar Ligasi finalida oʻynagan va 2002-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finalida zahirdan maydonga tushgan. Oʻyin yakunida Leverkusen klubi „Real Madrid“ jamoasiga 2–1 hisobida magʻlub boʻlgan.
Leverkusen klubi tarkibida besh yarim yil davomida oʻynaganidan soʻng, 2006-yilning iyul oyida Angliyaning Tottenham klubiga oʻtgan. U oʻzining ikkinchi Chempionlar ligasidagi finalida, 2009-yilgi finalda ishtirok etgan. Manchester United jamoasi uchrashuvda Barselonaga 2-0 hisobida magʻlub boʻlgan. „United“ klubi tarkibida toʻrt mavsum davomida oʻynagan, shu vaqt ichida u 2008–09 va 2010–11-yillarda ikkita Premyer-liga chempionligini qoʻlga kiritgan, shuningdek, 2010–11-yilda Premyer-liganing „Oltin butsasi“ni qoʻlga kiritgan. 2012–13-yilgi mavsum avvalida, avgustda Fulham klubiga oʻtgan. Keyinchalik u Fransiyada Monaco, Gretsiyada PAOK va Hindistonda Kerala Blasters klublarida oʻynagan, 2019-yilda faoliyatini yakunlagan.
Berbatov 1999-yil 17-noyabrda 18 yoshida Bolgariya terma jamoasi safida debyut qilgan. U 2004-yilgi Yevropa chempionatida Bolgariya sharafini himoya qilgan. Berbatov terma jamoada 2006-yildan 2010-yil mayigacha sardorlik qilgan. 2010-yilda terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan va Bolgariya terma jamoasi safida 78 oʻyinda 48 ta gol urgan. U yetti marta Bolgariyaning eng yaxshi futbolchisi unvonini qoʻlga kiritgan va bu borada Hristo Stoichkovni ortda qoldirgan.
Yoshlik Berbatov 1981-yilning 30-yanvarida Blagoevgradda Ivan Berbatov va Margarita Berbatova oilasida tugʻilgan. Dimitarning ota-onasi ham professional sportchilar:Ivan Pirin va SSKA Sofiya klublarida oʻynagan, Margarita esa gandbolchi edi. Uning sevimli jamoasi Italiyaning Milan klubi edi va shuning uchun u oʻzi uchun jamoaning mashhur golland hujumchisi Marco van Bastendan oʻrnak olgan. |thumb| Berbatov 2007-yilda oʻrtoqlik oʻyinida Pirin safida mehmon boʻlgan thumb| Berbatov 2008-yilda Arsenalga qarshi oʻyindan soʻng Tottenham safida.
Faoliyat statistikasi
Klub +Mavsum va turnir boýicha urilgan gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiMintaqaviyBoshqaJamiBoʻlinmaOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarCSKA Sofia1998–99PFG11353—00—1661999–2000PFG271442—30—34162000–01PFG12900—47—1516Jami502695—77—6538Bayer Leverkusen II2000–012 Bundesliga76————76Bayer Leverkusen2000–01Bundesliga60000000—602001–02Bundesliga2486600112—41162002–03Bundesliga244201072—3462003–04Bundesliga33163300——36192004–05Bundesliga33201120105—46262005–06Bundesliga3421230020—3824Jami15469141330309—20191Tottenham Hotspur2006–07Premyer-liga3312533187—49232007–08Premyer-liga3615226185—52232008–09Premyer-liga10000000—10Jami702775921612—10246Manchester United2008–09Premyer-liga3193100940043142009–10Premyer-liga33121020601043122010–11Premyer-liga32202000701142212011–12Premyer-liga12710314110219Jami1084871512653114956Fulham2012–13Premyer-liga33152000——35152013–14Premyer-liga1840011——195Jami51192011——5420Monaco2013–14Liga 11263300——1592014–15Liga 1267102191—389Jami3813432191—5318PAOK2015–16Gretsiya Superligasi17431—50—255Kerala Blasters2017–18Hindiston Superligasi91————91Jami5042134628195933431665281
Manbalar
Havolalar
Dimitar Berbatov Tottenham Hotspur F. C. saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Bolgariyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:OFC Pirin Blagoevgrad futbolchilari Turkum:PFC CSKA Sofia futbolchilari Turkum:Bayer 04 Leverkusen futbolchilari Turkum:Tottenham Hotspur F.C. futbolchilari Turkum:Manchester United F.C. oʻyinchilari Turkum:Fulham F.C. futbolchilari Turkum:AS Monaco FC futbolchilari Turkum:PAOK FC futbolchilari Turkum:Kerala Blasters FC futbolchilari Turkum:Bolgariya Birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Gretsiya Superligasi futbolchilari Turkum:Birinchi divizion/Premer-liga toʻpurarlari Turkum:Bolgariyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Gretsiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Monakodagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Hindistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Bolgariya yoshlar milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Bolgariya 21 yoshgacha milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Bolgariya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2004 oʻyinchilari