Anna Ivanovna Brodova – iqtisodiyotchi olim, davlat va siyosat arbobi.
Biografiyasi Anna Ivanovna 1917-yil 29-noyabrda tugʻilgan. KPSS aʼzosi hisoblangan.
1932-yildan 1986-yillargacha iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalarda faoliyat olib borgan.
Faoliyati
Anna Ivanovna dastlab Qo‘qon shahridagi „Yangi-Fargʻona“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi bosmaxonasi talabasi boʻlib, keyinchalik mashinist, Komsomol (Kommunistik yoshlar ittifoqi) boʻyicha Qoʻqon temir yoʻl boʻlimi siyosiy instruktori, Qoʻqon shahar komsomol qoʻmitasi boʻlim mudiri va ikkinchi kotib lavozimlarida ishlagan.
Shuningdek, A.Brodova: Oʻzbekiston Komsomoli Markaziy Komitetining Toshkent viloyati boʻyicha tashkiliy byurosi aʼzosi; Toshkent shahar komsomol qoʻmitasi kotibi; „Oʻzbekbrlyashu“ kadrlar boʻlimi mudiri; Respublika Pionerlar saroyi direktori; Oʻzbekiston Komsomoli Markaziy Komitetining ikkinchi kotibi; Toshkent viloyat komiteti kotibi; Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent shahar Kuybishyev okrug qoʻmitasining birinchi kotibi; Shahar partiya komiteti kotibi; Markaziy sotsialistik partiya Sredazbyuro inspektori; Toshkent viloyat ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari; Oʻzbekiston SSR aholiga maishiy xizmat koʻrsatish vaziri lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 4-11-chaqiriqlarida deputat etib saylangan.
Brodova Anna Ivanovna 1993-yil Toshkent shahrida vafot etgan va poytaxtdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.
Manbalar
Havolalar Deputati Verxovnogo Soveta Uzbekskoy SSR: Desyatiy soziv. (Kratkie biograficheskie svedeniya). – T.: Uzbekiston, 1981. – S. 75. Brodova GA RF R7523 105 157 Ukazi i Postanovleniya Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR, prinyatie s 1 po 9 sentyabrya 1971 goda, i materiali k nim /k protokolu № 15/ s № 2094-VIII po № 2114-VIII. Tom 1
Turkum:Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Oʻzbekiston Komsomoli Markaziy Qoʻmitasi a’zolari Turkum:Oʻzbekiston SSR xalq komissarlari va vazirlari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasi kotiblari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent shahar qoʻmitasi kotiblari Turkum:Toshkent viloyat Kengashi deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 4-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 5-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 6-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 7-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 8-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 9-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 10-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 11-chaqiriq deputatlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar