Ibrahima Konaté (1999-yil 25-mayda tugʻilgan) – fransuz professional futbolchisi, Premer-liganing „Liverpul“ klubi va Fransiya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi. Juda erta katta futbolga qoʻshilgan boʻlsa ham iqtedorli futbolchi hisoblanadi.

Sosho jamoasi bilan futbolni boshlangan Konate 2017-yilda RB Leyptsigga oʻtdi. Klub bilan toʻrt yillik ishlagandan soʻng, „Liverpul“ uni 2021-yilda 36 million funt sterling evaziga sotib oldi.

Shaxsiy hayoti Konate Parijda tugʻilgan. U Parijning 11-okrugidagi kengash mulkida oʻsgan va Malidan kelgan muhojirlar oilasida tugʻilgan. U musulmon dinidadir. Futboldan tashqari, Konate anime va manga muxlisi boʻlib, Titanga hujumni oʻzining sevimli seriali deb hisoblaydi.

Jamoalardagi faoliyati

Erta mashxurlik Konate Parijning 11- okrugida oʻsgan va oʻsmirlik davrida Parij FK yoshlar jamoalarida oʻynagan. 14 yoshida u Soshoga joʻnab ketdi va 15 yoshida ularning internat akademiyasiga kirdi. U himoyaga oʻtishdan oldin oʻz faoliyatini hujumchi sifatida boshlagan. Ammo uning gavdasi va bosh bilan oʻynash texnikasi himoyachilardek edi.

Socho klubi Konate 2017-yilning 7-fevralida 16 yoshida „Oser“ga qarshi Liga 2da „Sosho“ safida professional debyut qilgan.

RB Leyptsig klubi Muvaffaqiyatli debyut mavsumidan soʻng, yarim mavsumda 12 oʻyin va 1 gol urgan Konate 2017-yilning 12-iyunida Bundesligada RB Leyptsigga bepul transfer orqali besh yillik shartnoma asosida qoʻshildi.

Liverpul klubi 2021-yilning 28-mayida „Liverpul“ „RB Leyptsig“ bilan Konateni 1-iyulda sotib olish boʻyicha kelishuvga erishganini eʼlon qildi. Klub aprel oyida futbolchi bilan shaxsiy shartlarni kelishib olgan va 2021-yilning may oyida uning tovon puli taxminan 36 million funt sterlingni tashkil qilgan. 18-sentyabr kuni Konate Premer-ligada Virgil van Dijk bilan birga debyut qildi va „Kristal Pelas“ga qarshi oʻyinda (3:0) oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi U mavsumning ikkinchi boshlanishini Virjil van Deyk bilan birga mavsumning birinchi shimoliy-gʻarbiy derbisida boshladi, unda „Liverpul“ „Manchester Yunayted“ni 5:0 hisobida magʻlub etdi. Bu 1895-yildan beri „Liverpul“ning „Yunayted“ga etkazilgan eng ogʻir magʻlubiyati va „Yunayted“ 1955-yildan beri gol ura olmagan eng ogʻir magʻlubiyatdir. Konate Cristiano Ronaldo va Bruno Fernandes kabi yulduz futbolchilar bilan qanday muomala qilgani „Manchester Yunayted“ga qarshi oʻyinda namoyon boʻldi.

2022-yilning 5-aprelida Konate „Liverpul“ safidagi ilk golini UEFA Chempionlar Ligasi chorak final oʻyinida „Benfika“ jamoasiga qarshi safarda 3:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda urdi.

Xalqaro oʻyinlar Konate jarohati tufayli Rafael Varan oʻrniga UEFA Millatlar Ligasi uchun 2022-yilning 4-iyunida kattalar jamoasiga birinchi chaqiruv oldi. U avval Fransiya yoshlar terma jamoasida oʻynagan.

Oʻyin uslubi right|thumb| Konate 2019-yilda „RB Leyptsig“da oʻynaydi Konate oʻzining pozitsion oʻyini, kurashi, tezligi va kuchi tufayli Virgil van Dijk bilan solishtirildi. Gvido Schafer shunday dedi: „U baland boʻyli, tezkor, texnikasi yaxshi va u Virjil van Deykga oʻxshaydi. U ajoyib sportchi, u yaxshi tezlikka ega va ahmoqona kurashlar yoʻq – u aqlli oʻyinchi“.

Faoliyat statistikasi

Klub +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Yevropa Jami Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Socho II 2016-17 CFA 2 9 1 — — — 9 1 Socho 2016-17 Liga 2 12 1 0 0 1 0 — 13 1 RB Leyptsig 2017-18 Bundesliga 16 0 0 0 — 4 0 20 0 2018-19 Bundesliga 28 1 6 0 — 9 2 43 3 2019-20 Bundesliga 8 0 1 0 — 2 0 11 0 2020-21 Bundesliga 14 1 1 0 — 6 0 21 1 Jami 66 2 8 0 — 21 2 95 4 Liverpul 2021-22 Premer-liga 11 0 6 1 4 0 8 2 29 3 Karyera jami 97 4 14 1 5 0 29 4 145 9

Xalqaro +Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar Fransiya 2022 2 0 Jami 2 0

Mukofotlar RB Leyptsig

DFB-Pokal 2-oʻrinchisi: 2018-19, 2020-21,

Liverpul

UEFA Chempionlar Ligasi 2-oʻrinchisi: 2021-22, Angliya kubogi: 2021-22, EFL kubogi: 2021-22.

Manbalar

Havolalar

Liverpul FC veb-saytidagi profil

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1999-yilda tugʻilganlar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Paris FC futbolchilari Turkum:FC Sochaux-Montbéliard futbolchilari Turkum:RB Leipzig futbolchilari Turkum:Liverpool F.C. futbolchilari Turkum:Championnat National 3 futbolchilari Turkum:Liga 2 futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Fransiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari