Fatmire „Lira“ Alushi () (1988-yil 1-aprelda tugʻilgan) — nemis sobiq professional futbolchisi, hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynagan. U 2010-yilgi FIFA "Oltin toʻp " tanlovida uchinchi oʻrinni egallagan.

Jamoalardagi faoliyati link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/aa/Fatmire_Bajramaj.jpg/170px-Fatmire_Bajramaj.jpg|left|thumb| Alushi 2009-yilda Potsdam bilan mashgʻulotlarda Alushi oʻz faoliyatini DJK/VfL Gizenkirxenda boshlagan. 1997-yildan 2004-yilgacha u Bundesligaga oʻtishdan oldin Myonxengladbax FSC uchun oʻynagan. U Bundesligadagi debyutini 2004-yilning sentyabrida boshlagan va bir oy oʻtib ilk golini urgan. U 2005-yildan 2008-yilgacha „Duysburg“ safida toʻrt mavsum ketma-ket ikkinchi oʻrinni egallagan. 2008—2009-yilgi mavsumda Alushi UEFA ayollar chempionlar ligasida gʻolib chiqgan. Shuningdek, u 2009-yilda Germaniya kubogi sohibi boʻlgan va u yerda finalda gol urgan.

Duysburgdagi besh mavsumdan soʻng Alushi 2009-10-yilgi mavsum uchun FFC Turbine Potsdamga oʻtgan.. Yangi klubida u 2010 va 2011- yillarda Bundesliga chempionligini qoʻlga kiritgan. 2009—2010-yilgi mavsumda Potsdam tarkibida finalda penaltilar seriyasida Bayramaj gol urib, Ayollar oʻrtasidagi UEFA Chempionlar Ligasining ilk gʻolibligini qoʻlga kiritgan. Bir yil oʻtib, Potsdam yana finalga yoʻl olgan, ammo " Olimpikque Lyon "ga yutqazgan. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/db/20150426_PSG_vs_Wolfsburg_194.jpg/220px-20150426_PSG_vs_Wolfsburg_194.jpg|thumb| Alushi PSJ bilan 2015-yil aprel oyida " Volfsburg "ga qarshi Chempionlar ligasi yarim final uchrashuvida Alushi 2010-yilgi FIFA "Oltin toʻp " uchun kurashda uchinchi oʻrinni egallagan. 2011—2012-yilgi mavsum uchun Frankfurt FFC klubiga oʻtgan. Ushbu transfer ayollar Bundesligasi tarixidagi eng qimmat transfer boʻlgan.

2014-yilda u Parijga koʻchib oʻtgan.

Alushi 2017-yil 28-fevralda nafaqaga chiqqanini eʼlon qilgan.

Xalqaro faoliyati Alushi Germaniya terma jamoasidagi debyutini 2005-yilning oktyabr oyida Shotlandiyaga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Bir yil oʻtgach, u 2006-yilda 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionatida gʻolib boʻlgan. 2006-yilgi FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida Germaniya terma jamoasi chorak finalgacha ishtirok etagan. Alushi jamoaning barcha toʻrtta oʻyinida maydonga tushgan va turnir davomida uchta gol urgan.

U oʻzining birinchi yirik xalqaro unvonini 2007-yilda FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida qoʻlga kiritgan. U Germaniyaning zaxira oʻyinchisi boʻlib, toʻrtta oʻyinda, shu jumladan turnir finalida maydonga tushgan va burchak toʻpini Germaniyaning ikkinchi goliga aylantirgan. Bir yil oʻtgach, Alushi 2008-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Germaniya bilan bronza medalini qoʻlga kiritgan. U uchinchi oʻrin uchun pley-off oʻyinida 62 daqiqadan soʻng maydonga tushgan va Germaniyaning Yaponiyaga qarshi oʻyinida (2:0) ikkala golga ham mualiflik qilgan. 2009-yilda boʻlgan Yevropa chempionatida Alushi ilk bor Yevropa kubogni boshi uzra koʻtargan. Germaniya oʻzining yettinchi chempionligini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, u Germaniya terma jamoasining 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga chaqirilgan.

Shaxsiy hayoti Alushining ota-onasi Ismet va Ganimete kosovo -alban hisoblanishadi.1993-yilda Kosovoning Istok shahridan Germaniyaga koʻchirishgan.

2011-yil iyun oyida Alushi boshqa futbolchi Enis Alushi bilan uchrashishni boshlaydi. Ularning ikkisni otasi ham Kosovoda politsiyachi sifatida birga ishlaganSchöne Lira liebt diesen Zweitliga-Profi. Er-xotin kelasi yil nikohlarini eʼlon qilishgan. Koʻp oʻtmay, 2012-yil sentyabr oyida ikkalasi ham jarohat olgan. Er-xotin 2013-yilning dekabrida turmush qurishgan. 2015-yilgi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi finalidan soʻng, Alushi homiladorligini va Kanadada boʻlib oʻtadigan 2015 FIFA Ayollar Jahon chempionatini oʻtkazib yuborishga majbur boʻlishini eʼlon qilgan. U oxir-oqibat maydonga qaytishni kutayotganini, ammo „hayotda futboldan ham muhimroq narsalar borligini“ aytgan.

Faoliyati statistikasi

+Fatmir Alushi tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati№ Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 129.07.2007 Magdeburg, GermaniyaDaniya 3-0 4-0Oʻrtoqlik 221.08.2008 Pekin, Xitoy Yaponiya 1-0 2-0 2008-yil yozgi Olimpiya oʻyinlari 3 2-0 424.08.2009 Tampere, FinlandiyaNorvegiya 2-0 4-0 UEFA ayollar Yevro-2009 5 4-0 67.09.2009 Xelsinki, FinlandiyaNorvegiya 3-1 3-1 UEFA ayollar Yevro-2009 717.02.2010 Duysburg, GermaniyaShimoliy Koreya 1-0 3-0Oʻrtoqlik 815.09.2010 Drezden, Germaniya Kanada 2-0 5-0Oʻrtoqlik 917.09.2011 Augsburg, GermaniyaShveysariya 1-0 4-1 UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2013 saralashi 10 2-0 1122.10.2011 Buxarest, RuminiyaRuminiya 2-0 3-0 UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2013 saralashi 1219.11.2011 Visbaden, GermaniyaQozogʻiston 11-0 17-0 UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2013 saralashi 1319.09.2012 Duysburg, GermaniyaTurkiya 8-0 10-0 UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2013 saralashi 1421.09.2013 Kottbus, Germaniya Rossiya 5-0 9-0 2015 FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralashi 1526.10.2013 Koper, Sloveniya Sloveniya 8-0 13-0 2015 FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralashi 168.05.2014 Osnabrück, Germaniya Slovakiya 1-0 9-1 2015 FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralashi 17 3-0 18 6-0

Yutuqlari FCR 2001 Duisburg

Ayollar oʻrtasidagi UEFA kubogi : 2008—2009 Bundesliga : ikkinchi oʻrin 2004—2005, 2005—2006, 2006—20007, 2007—2008 DFB-Pokal : 2008—2009 ; ikkinchi oʻrin 2006—2007

Turbine Potsdam

UEFA ayollar chempionlar ligasi : 2009—2010 Bundesliga: 2009—2010, 2010—2011

Frankfurt FFC

UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi: ikkinchi oʻrin 2011—2012 DFB-Pokal: 2013-14 FIFA Jahon chempionati : 2007-yil UEFA Yevropa chempionati : 2009, 2013 Olimpiya bronza medali : 2008-yil U-19 ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionati : 2006-yil Algarve kubogi : 2014-yil

Shaxsiy yutuqlar

Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi : 2011-yil Silbernes Lorberblatt : 2007-yil FIFA Oltin toʻp : uchinchi oʻrin 2010-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik ayol futbolchilar Turkum:Ayollar futboli yarim himoyachilari Turkum:Sportchilar