Daniel Colindres Solera () (1985-yil 10-yanvarda tugʻilgan) — Kosta-Rikalik professional futbolchi, hozirda Bangladesh Premer-ligasida "Dakka Abahani" klubi hujumchisi.

Jamoalardagi faoliyati Colindres dastlab Saprissada klubining yoshlar safidan oʻynab keyinchalik, 2010-yilda asosiy jamoada debyut qilgan. Saprissa uchun uchta oʻyinda maydonga tushganidan soʻng, u Guápilesga ijaraga berilgan. Guapiles bilan 43 oʻyinda maydonga tushib, 9 gol urgan. 2012-yilda u Saprissaga qaytgan va 32 ta oʻyinda maydonga tushib, klubdagi ikkinchi mavsumida 5 ta gol urgan. U yana 2013-yilning yanvarida Puntarenasga olti oyga ijaraga berilgan. Puntarenas bilan 20 uchrashuvda 7 ta gol urgan. Saprissaga qaytib kelgach, Kolindres klub uchun muhim hujumkor oʻyinchiga aylangan, u asosan qanot hujumchisi sifatida oʻynagan va tezligi hamda oʻyinni yaratish qobiliyati bilan ajralib turgan. Klubdagi faoliyati davomida u Saprissaga 5 marta mamlakat chempionligini qoʻlga kiritishda yordam bergan.

2018-yil 13-sentyabrda Colindres oʻz faoliyatida ilk bor xorijga koʻchib oʻtgan va Bangladeshning "Bashundhara Kings" klubiga toʻqqiz oylik shartnoma asosida qoʻshilgan hamda Bangladeshda oʻynagan Kosta-Rika termasining birinchi futbolchisigaga aylangan.

2021-yil 25-sentyabrda Colindres rasman Bangladesh Premer-ligasiga qaytgan, bu safar Dakka Abahani jamoasiga qoʻshilgan.

Xalqaro faoliyati Colindres Kosta-Rika terma jamoasi safida 2011-yilning sentyabrida AQShga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan.

2018-yilning may oyida u Kosta-Rikaning 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha jahon chempionati uchun 23 kishilik tarkibiga kiritilgan.

Faoliyat statistikasi

Xalqaro Kosta-Rika YilOʻyinlarGollar 2011 2 0 2012 1 0 2013 0 0 2014 0 0 2015 3 0 2016 1 0 2017 3 0 2018 7 0 Jami 17 0

Yutuqari

Klub ; Saprissa

Liga FPD : Clausura 2010, Clausura 2014, Apertura 2014, Apertura 2015, Apertura 2016, Clausura 2018, Clausura 2021 Kosta-Rika kubogi : 2013-yil; Bashundhara Kings Bangladesh Premer-ligasi : 2018—2019 Mustaqillik kubogi : 2019 Bangladesh Federatsiyasi kubogi : 2020; Dakka Abahani Mustaqillik kubogi : 2021—2022 Federatsiya kubogi : 2021—2022

Shaxsiy hayoti Colindresning otasi Santyago Colindres Gonduraslik boʻlib, Kosta-Rikada yashaganHe is a member of The Light of the World Church..

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Kosta-Rikalik erkak futbolchilar