Tulsi Kumar Dua xalq orasida Tulsi Kumar nomi bilan tanilgan hind ijrochisi, musiqachi va Bollywood sanoatidagi aktrisadir. U T Series egasi boʻlgan biznesmen Gulshan Kumar va uning rafiqasi Sudesh Kumari oilasida tugʻilgan. U kino prodyuseri Bhushan Kumar va aktrisa Khushali Kumarning singlisi. U, shuningdek, T-Series yozuvlar yorligʻiga tegishli YouTubeda Kids Hut kanaliga ega boʻlib, bu kanal bolalar uchun qoʻshiqlar va hikoyalarni oʻz ichiga olagan.
2009-yilda uning Love ho Jaaye debyut albomi chiqgan. Albom bilan birga Kumar titul trekka klip suratga olgan. Shuningdek, u Paathshaala filmidagi Mujhe Teri va Once upon a Time in Mumbai filmidagi Tum Jo Aaye qoʻshiqlarini kuylagan.
U 2015-yilda „Mainu Ishq Da Lagya Rog“ qoʻshigʻini kuylagan, singlisi Xushali shu qoʻshiq orqali ekrandagi debyutini qilgan. Bu Dil Hai Ke Manta Nahin filmidagi asl qoʻshiqning qayta yaratilgan versiyasidir.
Kumar 2016-yilda „Soch Na Sake“, „Sanam Re“, „Nachange Sari Raat“, „Ishq Di Latt“, „Salamat“, „Dekh Lena“, „Wajah Tum Ho“, „Dil Ke Pass“ va „Dil Mein“ qoʻshiqlarini kuylagan.
2020-yilda, COVID-19 blokirovkasi paytida u Tere Naalda Darshan Raval, Naamda Millind Gaba bilan hamkorlik qilgan bir nechta qoʻshiqlarini chiqargan. Uning Tanhaai blockbuster singli T-Series rasmiy YouTube kanalida chiqqan va YouTubeda 11 milliondan ortiq tomosha qilingan.
2021-yilda Kumar Jubin Nautiyal bilan birgalikda kuylangan "Pehle Pyaar Ka Pehla Gham" singlini chiqargan. Klipda Part Samthaan va oʻzining singlisi Xushali suratga tushgan. 2021-yil fevral oyida u Nautiyal bilan birgalikda Himansh Kohli va Sneha Namanandi ishtirokida yangi „Main Jis Din Bhula Doon“ qoʻshigʻini chiqargan.
U 2021-yil fevral oyida Indie Hai Humning 2-mavsumini boshlovchilik qilgan.
Maqtovlari Kumar bir qancha mukofotlarga sazovor boʻldi, shu jumladan, 2017-yilda „Soch Na Sake“ qoʻshigʻi uchun Xalqaro Hindiston Film Akademiyasining „Eng yaxshi ayol qoʻshiqchi“ mukofoti, 2017-yilda „Soch Na Sake“ filmi uchun tinglovchilar tanlagan „Yilning eng yaxshi qoʻshigʻi“ sifatida Mirchi musiqa mukofotini qoʻlga kiritgan. Kabir Singhga saundtreki uchun „2020-yilning eng yaxshi albomi“ sifatida Music Awards mukofotini olgan. U, shuningdek, 2010 va 2019-yillarda IIFA mukofotlarida „Eng yaxshi ayol ijrochi qoʻshiqchisi“ nominatsiyasiga nomzod boʻlgan.
Diskografiyasi YilAlbomQoʻshiqQoʻshiq prodyuseriHamkor-qoʻshiqchilar2006Chup Chup Ke"Mausam Hai Bada Qatil"Himesh ReshammiyaSonu Nigam"Shabe Firaaq"Himesh ReshammiyaHumko Deewana Kar Gaye"Humko Deewana Kar Gaye"Anu MalikSonu Nigam"Humko Deewana Kar Gaye — Sad II"yakkaxon"Tum Sansoon Main"Himesh ReshammiyaHimesh ReshammiyaAksar"Mohabbat Ke"Tom, Dick, and Harry"Tere Sang Ishq"Phir Hera Pheri"Dil Naiyyo Maane Re"Ahista AhistaDil Diya Hai"Afsana""Mile Ho Tum"Rocky: The Rebel"Teri Yaad Bichake Sota Hoon"Zindaggi Rocks"Meri Dhoop Hai Tu"Anu MalikJaved Ali2007Aggar"Aggar"MithoonHamsaDarling"Akele Tanha"Pritamyakkaxon"Saathiya"Adnan Sami"Hasaye Bhi"Shaan"Tadap Tadap"Himesh ReshammiyaRaqeeb"Tum Ho"Zubeen GargNehlle Pe Dehlla"Parvar Digara"KK"Dil Naaiyo Mane Re"Himesh ReshammiyaBhool Bhulaiyaa"Letʼs Rock Soniye"Shaan"Sakiya Re Sakiya"yakkaxon2008Karzzzz"Tere Bin Chain Na Aave"Himesh Reshammiya"Soniye Je Tere"2009Billu"Love Mera Hit Hit"PritamNeeraj ShridharJai Veeru"Sufi"Bappi LahiriSaim Bhatt8 X 10 Tasveer"Hafiz Khuda"Salim-SulaimanMohit Chauhan"Kuch Is Tarah""Aaja Maahi"Neeraj Shridhar2010Dulha Mil Gaya"Shiri Farhad"PritamNeeraj ShridharChance Pe Dance"Rishta Hai Mera"Adnan SamiShaan"Pe… Pe… Pepein…." (Duet)PritamNeeraj Shridhar, Master Saleem, Hard KaurPaathshala"Mujhe Teri"Hanif SheikhHanif Sheikh, Akansha LamaOnce Upon A Time in Mumbaai"Tum Jo Aaye Zindagi Mein"PritamRahat Fateh Ali Khan"Pee Loon"yakkaxonAashayein"Dilkash Dildaar Duniya"Shaan2011Ready"Humko Pyar Hua"PritamKK, Pritam"Meri Ada Bhi (Ishq Ne Mere)"Rahat Fateh Ali Khan2020Street Dancer 3D"Lagdi Lahore"Sachin-Jigar, Guru RandhawaGuru RandhawaBaaghi 3"Dus Bahane 2.0"Vishal-ShekharKK, Shaan, Vishal-Shekhar2022Bhool Bhulaiyaa 2"Hum Nashe Mein Toh Nahin — Lofi Revibed"Pritam
Manbalar
Turkum:1980-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar