Muhsin Muhamadiyev (1966-yil 21-oktyabr – 2026-yil 1-yanvar) – tojikistonlik va rossiyalik futbolchi va futbol murabbiyi. Tojikiston futbol tarixidagi eng kuchli futbolchilardan biri sifatida eʼtirof etiladi.

Faoliyati davomida Tojikiston va Rossiya terma jamoalarida oʻynagan.

Biografiyasi 1966-yil 21-oktyabrda Dushanbeda tugʻilgan. Birinchi murabbiy – Nikolay Alekseevich Voinov.

Futbolchilik faoliyati

Klub Faoliyatini „Paxtakor“ (Qoʻrgʻontepa) jamoasida boshlagan. 1985-yildan Tojikiston SSRning yetakchi klubi, Dushanbening „Pomir“ klubida faoliyatini davom ettirgan. 1991-yilgi mavsum oldidan u Kiyevning „Dinamo“ jamoasiga oʻtishi rejalashtirilgandi, biroq klub uni roʻyxatga olishga ulgurmaganYejenedelnik „Futbol“, № 3 (2897), 2016 g., s. 20. Muxsin Muxamadiev: „V Marokko dva tulskix samovara mi menyali na kojanuyu kurtku“.

1992-yilgi mavsumini Pomirda jamoasida boshlagan. Tojikiston mustaqil chempionatida 3 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urgan. Chempionat saviyasi nihoyatda past ekanini tushunib, 1992-yilgi MDH kubogi uchun yarim final oʻyinidan soʻng Moskvada qolgan va Yuriy Syomin murabbiyligidagi, „Lokomotiv“ klubiga oʻtish taklifini qabul qilgan.

Keyinchalik Rossiyaning „Spartak“ (Moskva), „Torpedo“ (Moskva), „Lokomotiv“ (Nijniy Novgorod) va boshqa klublarida oʻynagan.

Uning klub faoliyatidagi eng yorqin oʻyinlardan biri 1994-yil 23-noyabrda Moskvada Chempionlar Ligasi guruh bosqichi oʻyinida „Spartak“ safida Kiyevning „Dinamo“ klubiga qarshi hal qiluvchi golni urganida yuz bergan.

1998-yilda Rashid Rahimovning tavsiyasi bilan oʻtkir hujumchi izlayotgan Venaning „Avstriya“ klubiga oʻtgan. Mavsum oxirigacha shartnoma tuzgan va tugagach, Rossiyaga qaytgan.

2000-yilda Dinamo Samarqand bilan Oʻzbekiston Kubogi finaliga qadar yetib borgan. Muhsin Samarqand klubida toʻp surgan davrida jamoaning asosiy toʻpurari boʻlganViktor Xoxlyuk: „Nashi futbolnie legendi. Goleadori bivshego SSSR v futbolnix bitvax zarubejya“. – Москва. – 2018. – str. 128. ISBN 978-5-604-10716-4.

Professional futbolchilik faoliyatini 2002-yilda Rossiya ikkinchi divizioni „Vityaz“ (Podolsk) klubida yakunlagan.

Xalqaro Muhammadiyev xalqaro darajada ham Tojikiston, ham Rossiya uchun oʻynagan. U Rossiya terma jamoasi safida oʻtkazgan yagona oʻyinida – 1995-yil 6-may kuni Moskvada Farer orollariga qarshi boʻlib oʻtgan Yevro-96 saralash uchrashuvida gol urgan. 1992-yil 17-iyun. Markaziy Osiyo mamlakatlari kubogi. Tojikiston – Oʻzbekiston, 2:2. 1995-yil 6-may. 1996-yilgi Yevropa chempionati uchun saralash oʻyini. Rossiya – Farer orollari, 3:0.

Murabbiylik faoliyati 2002-yilda „Vityaz Podolsk“da oʻynashni tugatgandan soʻng jamoa qolgan va 2003-yilda klubning yoshlar jamoalaridan biriga murabbiy etib tayinlangan. 2006-yilda esa asosiy jamoaga murabbiy etib tayinlangan Muhamadiyev Vityaz Podolskini 2008-yilgacha boshqargan. 2008-yildan 2012-yilgacha Qozonning „Rubin“ klubida sport direktori sifatida ishlagan.

2013-yil iyul oyida Muhamadiyev Tojikiston terma jamoasiniga bosh murabbiy sifatida tayinlangan. Ikki yil davomida jamoani boshqargan va 2015-yil 16-iyulda isteʼfoga chiqqan. Tojikiston terma jamoasidagi lavozimini tark etgach, 2016-yilgi mavsumning birinchi yarmida Baxtiyar Bayseitovning „Ordabasi“dagi murabbiylar shtabida ishlagan.

2016-yil 31-oktyabr kuni „Istiqlol“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan. 2017-yilning 18-sentyabr kuni „Istiqlol“ klubi „Panjshir“ jamoasi ustidan 5:0 hisobida gʻalaba qozonib, Tojikiston ligasining oltinchi chempionligini qoʻlga kiritgan. 2018-yilgi AFC kubogi turniridagi ishtirokini guruh bosqichiyoq yakunlaganidan 6 kundan soʻng, 2018-yilning 22-mayda Muhamadiyev „Istiqlol“ klubi bosh murabbiyligidan isteʼfoga chiqqan. Klubga Alisher Toʻxtayev bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

2019-yil 9-iyun kuni Oʻzbekiston Superligasi vakili „Buxoro“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan.

2020-yil 30-iyun kuni „Buxoro“ futbol klubi bilan oʻzaro kelishuvga koʻra shartnoma bekor qilindi.

2022-yil 4-fevralda Muhamadiyev Qozonning „Nefis“ klubi bosh murabbiyi boʻlgani va uning rahbarligi ostida jamoa uchta oʻyin oʻtkazgani haqida maʼlumot tarqaldi, biroq rasmiy tayinlov toʻgʻrisida xabar berilmagan.

2022-yil iyun oyida u „Istiqlol“ klubining birinchi vitse-prezidenti etib tayinlandi.

2023-yilda u „Afsonalar kubogi“ musobaqasida MDH terma jamoasiga murabbiylik qildi.

2024-yil fevral oyida Muhamadiyev oʻz faoliyatini boshlagan, ilgari „Paxtakor“ nomi bilan tanilgan Tojikistonning „Vaxsh“ futbol klubi direktori etib tayinlandi.

Vafoti 2025-yil fevralida Turkiyada „Vaxsh“ klubi bilan oʻquv-mashgʻulot yigʻinida boʻlgan paytda Muhamadiyev insult oʻtkazdi. Keyinchalik u Moskvaga olib ketildi va u yerda yana bir necha marta xurujlar kuzatildi. 2025-yil iyunida u Rossiya FMBA Federal miya va neyrotexnologiyalar markazining reanimatsiya boʻlimiga barqaror ogʻir ahvolda yotqizildi va sunʼiy nafas olish apparatiga ulandi. 2025-yil iyun oyi oxirida Muhamadiyev yarim yil davomida bir necha marta insult oʻtkazgani maʼlum boʻldiEks-napadayuщiy „Spartaka“ Muxamadiev perenyos neskolko insultov. 2025-yil sentyabrida u kasalxonadan chiqarildi.

Muhamadiyev 2026-yil 1-yanvarda Moskvada vafot etdi. u yerda klinikalardan birida davolanayotgan edi.

Faoliyat statistikasi

Xalqaro

Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gol Tojikiston 1992-yil 1 2 Jami 1 2 Rossiya 1995-yil 1 1 Jami 1 1 № Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 1995-yil 6-aprel Lujniki stadioni, Moskva, Rossiya 1996-yilgi Yevropa chempionati saralashi

Boshqaruv Faqat rasmiy musobaqa oʻyinlari hisobga olinadi. JamoaBoshlaganYakunlaganOʻGʻDMUGOʻGGʻ%YutuqlarIzoh Tojikiston2013-yil iyul2015-yil 16-iyul Istiqlol2017-yil 1-yanvar2018-yil 22-mayTojikiston Oliy ligasi (1), Tojikiston Superkubogi (1) Buxoro2019-yil 9-iyun

Yutuqlari Futbolchi

Rossiya chempioni (1) : 1994 SSSR Birinchi ligasi gʻolibi: 1988 (birinchi marta oliy ligaga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan Pomirning Dushanbe klubi bilan) 2000-yilgi Oʻzbekiston kubogi finalchisi.

Bosh murabbiy va sport direktori

PFL Ikkinchi Divizion Markazi zonasi gʻolibi (1): 2007 Rossiya chempioni (2): 2008, 2009 Rossiyaning bronza medali sovrindori: 2010 Rossiya kubogi sohibi: 2011/2012 Rossiya kubogi finalchisi: 2008/2009 Rossiya Superkubogi gʻolibi: 2010 Hamdoʻstlik chempionlari kubogi gʻolibi: 2010 Tojikiston chempioni (2): 2016, 2017 Futbol Federatsiyasi kubogi sohibi Tojikiston (2): 2017 , 2018 Tojikiston Superkubogi sohibi: 2018 OFK kubogi finalchisi: 2017

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Tojikistonlik erkak futbolchilar Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:CSKA Pomir Dushanbe futbolchilari Turkum:FC Khatlon futbolchilari Turkum:MKE Ankaragücü futbolchilari Turkum:FC Spartak-2 Moskva futbolchilari Turkum:FC Lokomotiv Nizhny Novgorod futbolchilari Turkum:FC Spartak Moskva futbolchilari Turkum:Torpedo Moskva klubi futbolchilari Turkum:FC Shinnik Yaroslavl futbolchilari Turkum:FC Arsenal Tula futbolchilari Turkum:FK Austria Wien futbolchilari Turkum:Regar-TadAZ klubi futbolchilari Turkum:FK Vityaz Podolsk futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Avstriyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Tojikiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Rossiyalik futbol murabbiylari Turkum:Tojikistonlik futbol murabbiylar Turkum:Tojikiston milliy futbol terma jamoasi murabbiylari Turkum:Buxoro klubi murabbiylari Turkum:Vityaz FK murabbiylari Turkum:Istiqlol Dushanbe klubi murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi murabbiylari