Du Bin (; 1972-yilda tugʻilgan) — xitoylik jurnalist, fotograf, shoir va hujjatli filmlar muallifi. Fotografiyani mustaqil oʻrgangan Du 2011-yildan beri The New York Times gazetasida shartnoma asosida ishlaydi, shuningdek, International Herald Tribune, Time va Guardian gazetalarida u tomonidan olingan suratlar chop etilgan. U aslida shandonglik boʻlishiga qaramay, Pekinda yashagan. Du 2013-yil iyun oyida Masanjia mehnat lageri haqidagi uzun metrajli hujjatli filmni namoyish qilganidan keyin Pekin hukumati tomonidan hibsga olingan edi.

Taniqli ishlari Du rassom Ay Veyvey tarjimai holini Xudo Ay () nomi bilan chop qildirgan.

2013-yilda u „Arvohlar boshi ustida: mehnat lageri ayollari“ () filmini chiqardi. Filmda Xitoyning Masanjia mehnat lageridagi qiynoqlar va boshqa huquqbuzarliklar haqida hikoya qilinadi. Film Xitoyning materik qismida taqiqlangan, lekin Gonkong va Tayvanda kamida bir marta koʻrsatilgan va keyin internetga joylashtirilgan Shuningdek, uning Tyananmen maydonidagi qirgʻin () nomi bilan 1989-yildagi harbiy bosqinlarga oid 600 betlik kitobi ham nashr etilgan. 4-iyundagi bosqinga oid bir qator allaqachon nashr etilgan hisoblarni jamlagan bu kitob may oyi oxirida Mirror Books tomonidan nashr etilgan

Hibsga olinishi (2013) 2013-yil 1-iyun kuni, kitob va film chiqqanidan koʻp oʻtmay, Du Bin Pekinda davlat xavfsizlik xodimlari tomonidan hibsga olingan...Doʻstlarining aytishicha, uning uyidan „jamoat tartibini buzganlik“ uchun ikki imzosiz politsiya orderi topilgan. Xitoy maʼmuriy qonunlariga koʻra, politsiya Duni 15 kungacha ushlab turish uchun ayblovdan foydalanishi mumkin, shundan soʻng u qoʻyib yuborilishi, mehnat lageri orqali qayta oʻqishga yuborilishi yoki rasman jinoyatda ayblanishi kerak 13-iyun holatiga koʻra, Du hamon Fengtay tumanidagi tergov izolyatorida saqlanayotgan boʻlgan.. Xalqaro Amnistiya va Chegara bilmas muxbirlar tashkilotlari uni ozod qilishga chaqirdi

Du Bin 2013-yil 8-iyulda garov evaziga ozod qilingan, ammo uning ozodligi uzoqqa choʻzilmagan.. U hali ham „ janjal va gʻalayon qoʻzgʻash“ uchun rasmiy ayblovlarga duch kelishi mumkin va uning harakatlari nazorat qilinishini kutadi. Xitoy hukumati uning nomini Sina Weibo saytida cheklab, senzura qildi.

Hibsga olinishi (2020) Du Bin 2020-yilning dekabrida yana hibsga olindi. Unga „janjal va gʻalayon qoʻzgʻash“ ayblovi qoʻyilgan va Daxing tumanidagi tergov izolyatorida saqlanda. Uning oilasi ommaviy axborot vositalariga gapirmaslik haqida ogohlantirilgan. U Vladimir Lenin haqidagi kitobi chiqishidan bir oy oldin hibsga olingan. Jurnalistlarni himoya qilish qoʻmitasi uni ozod qilishga chaqirdi.

Kitoblar

Petitioners: Living Fossils Who Survived Chinaʼs Rule of Law (上訪者 : 中國以法治國下倖存的活化石)(2007) Shanghai Calvary () (2010) Beijingʻs Ghosts () (2010) Toothbrush (牙刷 : 紅色星球上人類最後的進化) (2011) Chairman Maoʻs Purgatory () (2011) God Ai () (2012) Mao Zedongʻs Regime of Human Flesh () (2013) Tiananmen Square Massacre () (2013) Vaginal Coma () (2014) Roar of Masanjia (2015) Changchun Hunger Siege 1947-yil, 4-noyabr-1948-yil, 19-oktyabr (2017)

Havolalar

Arvohlar boshi tepasida: Masanjia mehnat lageridagi ayollar Amnesty International maqolasi Xitoy va ingliz tillarida Tish choʻtkasi PDF yuklab olish

Manbalar:

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1972-yilda tugʻilganlar