Sian Clifford (1982-yil 7-aprelda tugʻilgan) – britaniyalik aktrisa. U BBCning Fleabag (2016-2019) komediya-drama serialidagi bosh qahramonning katta singlisi Claire rolini oʻynashi bilan tanilgan, shuningdek, ITV / Amazon Studiosning Vanity Fair (2018) serialida Martha Crawley rolini ijro etgan. 2020-yilda aktrisa ITV seriyali Quizda Diana Ingram rolini oʻynadi.

Uning teatr shartnomalari orasida Harold Pinter teatridagi Consent National Theatredagi Pains of Youth va Arcola Theatredagi The Road to Mecca kabi pyessalar bor.

Yoshligi Aktrisa 1982-yil 7-aprelda Londonda mahalliy kengashda ishlaydigan otasi-onasi oilasida tugʻilgan. U Londonning Ealing tumanida oʻsgan. Uning New York shahrida sanʼatga aloqador buyumlar sotuvchisi boʻlgan Natalieismli singlisi bor. Clifford oʻsib ulgʻayganida, aktrisa boʻlishni xohlayotganini bildi va yoshlar teatrida qatnashdi. Royal Academy of Dramatic Artga (RADA) qabul qilinishidan oldin u uch yil yozuvchi maslahatchi sifatida ishlagan. RADAda qatnashayotganda u oʻzining boʻlajak hamkasbi Phoebe Waller-Bridge bilan erta tanishdi va ular doʻst boʻlishdi. U 2006-yilda RADAda aktyorlik yoʻnalishi boʻyicha bakalavr darajasini oldi.

Faoliyati Professional aktyorlik karyerasining dastlabki oʻn yilida Clifford Off West Endning samarali aktrisasiga aylandi. Drama maktabidan chiqqan birinchi yillarida u Theatre503 bilan hamkorlik qilga hamda undagi Without Laughing, Contraction va Listening Out spektakllarida ishtirok etgan.

2007-yil mart oyida u Bristol Old Vic teatrida Not the End of the World spektaklida rol oʻynadi. Uning birinchi diqqatga sazovor spektakli 2007-yil sentabrida premyerasi boʻlib oʻtgan "Thebes at Thebes nomli Nottingham Playhouse spektaklida Ismene rolini oʻynadi.

Shaxsiy hayoti Clifford vegetarian boʻlib, har kuni meditatsiya bilan shugʻullanadi. 2016-yilda u Still Space nomli raqamli salomatlik va meditatsiya platformasini ishga tushirdi.

Filmografiyasi YilSarlavhaRolIzohlar.2012Dark Matters: Twisted But TrueIda ThomasHujjatli teleserial (Epizo: „Agent Orange, Ben Franklin“)2013Midsomer MurdersPC Milton2014PaddyMegQisqa metrajli film2016-2019FleabagClaireTV serial (12ta epizod)2017Fry-UpRosieQisqa metrajli film2018Dodgy DaveStephanieQisqa metrajli film2018Vanity FairMartha Crawley2018White LiesOnaQisqa metrajli film2020A Serial Killer’s Guide to LifeCynthia2020HitmenBuxgalterTV Serial (Epizod: „Money“)2020LiarRuby AllenTV Serial (Epizod: „2.5“)2020QuizDiana IngramTV Miniserial (3ta epizod)2020The Dukedoktor Unsworth2020Two Weeks to LiveTina NoakesTV Serial (6ta epizod)2021Inside No. 9IrisTV Serial (Epizod: „Lip Service“)2021Star Wars: The Bad BatchGS-8 (ovozli)TV Serial (Epizod: „Common Ground“)2022Life After LifeSylvia ToddTV serial2022See How They RunEdana RomneyTBAThe Magicianʼs ElephantAnons (ovozli)Netflix film

Manbalar

Havolalar

Turkum:Angliyalik televideniye aktrisalari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:Angliyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar