Futbol bo‘yicha Afg‘oniston chempionati „Afg‘oniston Premer-ligasi“ (ing. Afghan Premier League; dariy. لیگ برتر فوتبال افغانستان; pushtu افغانستان غوره لیګ) — Afg‘oniston futbol federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadigan Afg‘oniston oliy futbol ligasi hisoblanadi. Ushbu turnir 2012-yilda tashkil etilgan. Turnirda Afg‘onistonning viloyat va shaharlaridan sakkiz klub sakkiz guruhga bo‘lingan holda ishtirok etadi. Liga tashkil etilganidan beri ishtirokchi klublarning tarkibi o‘zgarmagan. Qoidalar Chempionat o‘ziga xos sxema bo‘yicha o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda jamoalar ikki guruhga bo‘lingan holda bir davrada aylana tizimida o‘ynaydi. To‘rtta jamoa keyingi bosqichga yo‘l oladi. Ular yarim finalda, so‘ngra chempion aniqlanadigan final bosqichida o‘ynaydi. OFK milliy ligasi jadvali 2018-yil yakunlariga ko‘ra, OFKga aʼzo mamlakatlar milliy ligalari jadvalida (reytingida) (UEFA koeffitsiyentlari jadvaliga o‘xshash) Afg‘oniston oliy ligasi va umuman Afg‘oniston chempionati OFKga aʼzo 46 davlat orasida 37-o‘rinni egallagan. Afg‘oniston chempionatining umumiy reytingda 37-o‘ringa joylashishi Afg‘oniston Premer-ligasining bir ishtirokchisiga, yaʼni chempionat g‘olibiga OFK kubogining ikkinchi saralash bosqichida (Yevropaning UEFA ligasi Osiyo ekvivalenti) bitta o‘rin beradi. Reyting pastligi bois bu mamlakat futbol klublari hali OChLda ishtirok etish uchun kvotaga ega emas. OFK milliy chempionati jadvali 2018-yil yakunlari bo‘yicha to‘liq yakunlanmagan reyting. O‘rin Davlat Ochko 1 BAA 95.940 2 Janubiy Koreya 87.480 3 Xitoy 86.671 4 Saudiya Arabistoni 84.269 5 Yaponiya 83.464 6 Qatar 82.407 7 Eron 71.851 8 Avstraliya 64.752 9 O‘zbekiston 43.305 10 Tailand 42.568 11—32 … … 32 Laos 3.439 33 Bangladesh 3.365 34 Yaman 3.358 35 Kambodja 3.312 36 Tayvan 2.769 37 Afg‘oniston 2.454 38 Nepal 1.228 39 Butan 0.875 40 Makao 0.815 41 Bruney 0.564 42 Guam 0.539 43—45 … … 46 Pokiston 0.118 Afg‘oniston ligasi jamoalari va chempionlar ro‘yxati Guruh Manzil (mintaqa) De Abazin Seyp Janubi-sharqiy De Maivand Atalan Janubi-g‘arbiy De Spingar Bazan Sharq Mavixay Amu Shimoli-sharqiy Okvaban Hindukush Markaz Semurg‘ Alborz Shimoliy Tufan Xerirud G‘arbiy Shaxin Asmaye Qobul
Mavsum1-o‘rin2-o‘rin3-o‘rinTo‘purarlar2012Tufan XerirudSemurg‘ AlborzDe Maivand AtalanHamidulla Karimi (Tufan Xerirud) — 9 ta gol2013Shaxin AsmayeSemurg‘ AlborzTufan XerirudHamidulla Karimi (Tufan Xarirod), Hashmatulla Barakzay (Shaxin Asmaye) —7 tadan gol2014Shaxin AsmayeOkaban HindukushDe Spingar BazanMuhammad Rizo Rizoye (Okaban Hindukush) — 6 ta gol2015De Spingar BazanShaxin AsmayeDe Maivand AtalanMustafo Afshar (De Maivand Atalan) — 5 ta gol2016Shaxin AsmayeDe Maivand AtalanSemurg‘ AlborzAmredin Sharifi (Shaxin Asmaye) — 6 ta gol2017Shaxin AsmayeDe Maivand AtalanSemurg‘ AlborzAmredin Sharifi (Shaxin Asmaye) — 5 ta gol2018Tufan XerirudShaxin Asmaye2019Tufan XerirudShaxin Asmaye2020Shaxin AsmayeSemurg‘ Alborz
Statistikasi GuruhChempionIkkinchi o‘rinShaxin Asmaye 5 (2013, 2014, 2016, 2017, 2020) 3 (2015, 2018, 2019)Tufan Xarirod 3 (2012, 2018, 2019) 0De Spingar Bazan 1 (2015) 0Semurg‘ Alborz 0 3 (2012, 2013, 2020)De Maivand Atalan 0 2 (2016, 2017)Okvaban Hindukush 0 1 (2014)Mavixay Amu 0 0De Abazin Seyp 0 0 Jamoalarning geografik joylashuvi Liga bahslarini yoritish va qo‘llab-quvvatlash Afg‘oniston Premer-ligasi o‘zining rasmiy veb-saytigaOfitsialniy sayt Afganskoy Premer-ligi ega hamda Afg‘onistondagi Facebook (390 000 dan ortiq obunachisiga ega), Twitter (8 000 dan ortiq obunachisiga ega) va Instagram (60 000 dan ortiq obunachisiga ega) kabi mashhur ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalari mavjud. Bundan tashqari, Afg‘oniston Premer-ligasining rasmiy YouTube kanali ham (16 000 dan ortiq obunachi)Ofitsialniy kanal Afganskoy Premer-ligi v YouTube mavjud bo‘lib, unda barcha liga o‘yinlari va ligaga oid turli videolar joylashtirib boriladi. Liga Afg‘onistonning mashhur „Tolo TV“ va „Lemar TV“ telekanallari, shuningdek, Afg‘oniston Premer-ligasi o‘yinlarini jonli sharhlovchi, liga o‘yinlariga bag‘ishlangan tahliliy ko‘rsatuvlarni efirga uzatuvchi baʼzi Afg‘oniston radiostansiyalari bilan o‘z o‘yinlarini o‘yinlar tugashidan oldin va tugashidan keyin ham translyatsiya qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Afg‘oniston oliy ligasi keng yoritilgani bois, milliy chempionat o‘yinlarini afg‘onlar, shuningdek, Afg‘onistondan tashqarida Pokiston, Eron, AQSh va Yevropada yashovchi bir necha million afg‘onlar katta qiziqish bilan tomosha qilishadi. Deyarli har bir uchrashuvda stadionlar to‘lib-toshadi. Afg‘oniston Premer-ligasining rasmiy homiylari qator Afg‘oniston xalqaro kompaniyasi va tashkilotlaridir. Liganing bosh homiysi Afg‘onistonning yirik telekommunikatsiya kompaniyasi Roshan hisoblangani bois, liga rasman „Afg‘oniston Roshan Premer-ligasi“ deb ham ataladi.
Manbalar
Havolalar afghanpremierleague.com — ofitsialniy sayt Afganskoy Premer-ligi Ofitsialniy kanal Afganskoy Premer-ligi v YouTube
Turkum:Osiyodagi eng yuqori darajadagi futbol ligalari Premyer-liga