Eshoni Pir koʻchasi – Buxoro shahrida joylashgan koʻcha. Koʻcha Muhammad Amin nomi bilan bogʻliq. Eshoni Pir koʻchasida matolarga rang beruvchilar, pilla savdosi bilan shugʻullanuvchilar istiqomat qilgan. „Eshoni Pir“ taxallusi XVI asr yashagan mashhur shayx Maxdumi Aʼzamning avlodidan boʻlib, Muhammad Aminga nisbatan qoʻllangan. Guzardagi masjidda uning qabri joylashgan. Masjid Buxoro amirligi hukmdori Amir Olimxon tomonidan taʼmirlangan. Mazkur nom vaqf hujjatlarida ham uchraydi.
Manbalar
Turkum:Buxoro koʻchalari