Dejan Kulusevski (2000-yil 25-aprelda tugʻilgan) – shvetsiyalik professional futbolchi, Serie A ligasining „Yuventus“ klubidan Premyer-liga klubi „Tottenham“ jamoasiga ijara asosida oʻtgan. Shvetsiya terma jamoasi va „Tottenham“ jamoasida qanot yoki yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati Kulusevski Stokgolmda tugʻilgan va olti yoshida IF Brommapojkarna yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan.
Atalanta U 2016-yil 7-iyulda Brommapojkarnadan Atalanta yoshlar jamoasiga qoʻshiladi. U 2019-yilning 20-yanvarida A Seriyadagi debyutini „Frozinone“ga qarshi safarda oʻtkazdi. U 2018-2019-yilgi mavsum davomida klub safida jami uchta oʻyinda maydonga tushdi.
Parma (ijara, 2019-2020-yil) 2019-yilning 18-iyulida Kulusevski A Seriyaning „Parma“ klubiga 2020-yilning 30-iyuniga qadar ijaraga berildi. U A Seriyadagi ilk golini 30-sentyabr kuni „Torino“ga qarshi oʻyinda (3:2) urgan edi.
Juventus A Seriyaning 2019-2020-yilgi mavsumining birinchi qismida „Parma“da ijarada boʻlganida, u ligada 17 ta oʻyinda 4 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Kulusevski A Seriyadagi boshqa bir klub „Yuventus“ bilan toʻrt yarim yillik shartnoma asosida 35 million yevro evaziga qoʻshildi, bu shartnomadagi boshqa oʻzgarishlarga qarab 44 million yevrogacha koʻtarilishi mumkin.
Kulusevski mavsumning qolgan qismida Parmaga ijaraga qaytarildi. U mavsumni 10 ta gol va 9 ta golli uzatma bilan yakunladi va mavsumda A Seriyaning „Eng yaxshi yosh oʻyinchisi“ deb topildi.
Kulusevski 2020-yil 20-sentyabrda „Yuventus“dagi debyutining „Sampdoriya“ga qarshi oʻyinida (3:0) gol urgan. 2021-yilning 19-mayida u 2021-yilgi Italiya kubogi finalida „Atalanta“ ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, Federico Chiesaning gʻalaba goliga assistentlik qildi. Keyingi mavsumda Kulusevski Chempionlar ligasi doirasida Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubiga qarshi oʻyinda 20-oktyabr kuni 86-daqiqada boshi bilan gol urdi. Massimiliano Allegri Kulusevskini maydonga tushirishni kamaytirdi, 20ta oʻyinda maydonga tushdi va ikkita gol urdi.
Tottenham (ijara) link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/bb/Dejan_Kulusevski_2022.jpg/180px-Dejan_Kulusevski_2022.jpg|thumb|381x381px| Kulusevski 2022-yilda „Tottenham“ safida 2022-yilning 31-yanvarida Kulusevski Premyer-liga vakili „Tottenham“ga 18 oyga ijaraga berildi. Shartnoma 10 million yevroga teng edi va sotib olish huquqini oʻz ichiga olgan boʻlib, u 35 million yevro miqdorida edi. U oʻzining „shporlar“ safidagi ilk uchrashuvini 5-fevral kuni Angliya kubogi doirasida „Brighton & Hove Albion“ga qarshi oʻyinda oʻtkazdi.
Terma jamoadagi faoliyat Kulusevski barcha yoshdagi Shvetsiya yoshlar terma jamoalarida hamda Makedoniyaning 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida oʻynagan. U Shvetsiya terma jamoasiga ilk bor 2019-yilning noyabr oyida Ruminiya va Farer orollariga qarshi UEFA Yevro-2020 saralash oʻyinlarida jalb etilgan edi.
Yutuqlari Yuventus
Italiya kubogi: 2020-21 Italiya Superkubogi: 2020
Shaxsiy sovrinlar
A Seriyaning „Eng yaxshi yosh futbolchisi“: 2019-20
Manbalar
Havolalar
Dejan Kulusevski Tottenham Hotspur F.C. saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shvetsiyalik erkak futbolchilar Turkum:Makedoniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:IF Brommapojkarna futbolchilari Turkum:Atalanta BC futbolchilari Turkum:Parma Calcio 1913 futbolchilari Turkum:Juventus FC futbolchilari Turkum:Tottenham Hotspur F.C. futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:Shvetsiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Makedoniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar