Vivian Erzerum Bede McGrath (1916-yil 17-fevral – 1978-yil 9-aprel) – avstraliyalik tennis bahslari chempioni edi. John Bromwich kabi oʻzlarining oʻynash uslublarini yaratgan dastlabki ajoyib oʻyinchilardan biri edi.
Biografiyasi U Yangi Janubiy Vels(Wales)ning Mudji(Mudgee) yaqinidagi Merrendi(Merrendee) shahrida tugʻilib, katta boʻlgan. Uning ota-onalari mahalliy avstraliyalik edi va u oilasining 4-farzandi boʻlib dunyoga kelgan. Uning otasi mehmonxona xodimi edi. U Sidney oʻgʻil bolalar oʻrta maktabiga borib, 1932-yilda maktabni tugatgan. U yerda tennis va kriket bilan shugʻullangan. Ilk tennis mashgʻulotlarini oʻzining uy devori bilan mashq qilib oʻynay boshlagan. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/82/Christian_Boussus_Vivian_McGrath.jpg/220px-Christian_Boussus_Vivian_McGrath.jpg|thumb| Christian Boussus (chapda) va Vivian McGrath (oʻrtada) 1934-yil noyabr oyida Avstraliyaning Sidney shahridagi White City stadionining markaziy kortiga kirishi. U 1932-yilda avstraliyalik oʻsmirlar va 1933-yilda fransuz oʻsmirlar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida gʻolib chiqdi. U 1933-yildan 1937-yilgacha Avstraliya Devis Kubogi jamoasi aʼzosi boʻlgan. 1935-yilda dugonasi Jack Crawford bilan Avstraliya ochiq chempionatida gʻolib chiqdi. 1937-yilda u John Bromwichga qarshi Avstraliya Ochiq chempionatida gʻalaba qozondi. McGrath 1935-yilda The Daily Telegraph nashri A. Wallis Myers tomonidan dunyoning eng yaxshi tennischilar qatorida 8-oʻrinini egallagan.
Ikkinchi jahon urushi paytida uning faoliyatini toʻxtatildi va u havo kuchlarida harbiy xizmat oʻtay boshladi. Unga faqatgina amerikalikga qarshi tennis musobaqalarida qatnashish uchun harbiy xizmatdan ozod etilgan edi(faqatgina qisqa muddatga).
Urushdan keyin u hech qachon oʻz faoliyatini avvalgiday qayta tiklay olmadi va jarohatlardan azob chekdi. Oxir-oqibat u „Southern highlands“da murabbiy boʻlib xizmat qila boshladi va endi koʻproq eʼtiborini ot poygasiga yoʻnaltirdi.
U Yangi Janubiy Uelsning Burradoo shahrida yurak xastaligidan vafot etdi.
Katta dubulgʻa finallari
Yakkaliklar: (1 ta nom) Natija Yil ChempionatQoplama Raqib Hisob Gʻalaba 1937-yil Avstraliya chempionati Oʻt John Bromwich 6-3, 1-6, 6-0, 2-6, 6-1
Juftliklar: (1 unvon, 5 ikkinchi oʻrin) Natija Yil ChempionatQoplama Hamkor Raqiblar Hisob Magʻlubiyat1933 Fransiya chempionati Loy Adrian Quist Pat Hughes Fred Perry 2-6, 4-6, 6-2, 5-7 Magʻlubiyat1934 Fransiya chempionati Loy Jack Crawford Jean Borotra Jacques Brugnon 9-11, 3-6, 6-2, 6-4, 7-9 Gʻalaba1935 Avstraliya chempionati Oʻt Jack Crawford Patrick Hughes Fred Perry 6-4, 8-6, 6-2 Magʻlubiyat1935 Fransiya chempionati Loy Donald Turnbull Jack Crawford Adrian Quist 1-6, 4-6, 2-6 Magʻlubiyat1936 Avstraliya chempionati Oʻt Jack Crawford Adrian Quist Donald Turnbull 8-6, 2-6, 1-6, 6-3, 2-6 Magʻlubiyat1940 Avstraliya chempionati Oʻt Jack Crawford John Bromwich Adrian Quist 3-5, 5-7, 1-6
Manbalar
Havolalar Avstraliya tarjimai holi lugʻati (ADB) – McGrath, Vivian Erzerum Bede (1916-1978)
Turkum:1978-yilda vafot etganlar Turkum:1916-yilda tugʻilganlar Turkum:Avstraliyalik tennischilar Turkum:Pages with unreviewed translations