Habib Abdullayev mahallasi — Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanidagi mahallalardan biri. Shahrisabz, Umid, Bahor, Olimlar mahallalari bilan chegaradosh. 1993-yil dekabrda tashkil etilgan. Akademik Habib Abdullayev sharafiga nomlangan. Aholisi 3 200 kishi, aksariyati ruslar (2240 kishi), shuningdek, oʻzbeklar (680) va 13 millat vakillari yashaydi. Mahalla hududida „Sitora savdo“ MCHJ aholiga xizmat qilib kelmoqda.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Mirzo Ulugʻbek tumanidagi mahallalar