Aytenov Murat Duysenbekovich (; 30-oktabr 1981) — Qozogʻistonlik davlat arbobi. Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan 2020-yil 21-yanvar oyidan boshlab Chimkent shahriga hokim etib tayinlandiO naznachenii Aytenova M.D. akimom goroda Shimkenta.
Biografiya 1981-yil 30-oktabrda Turkiston viloyati Jetisay shahrida tugʻilgan. Millati qozoq va qoʻngʻirot qabilasining baylar jandar urugʻidan.
Bilimi 2004-yili Krasnodardagi armiya generali S.M. Shtemenko nomidagi Krasnodar harbiy institutini axborot xavfsizligini tashkil etish va texnologiyasi mutaxassisligi boʻyicha imtiyozli diplom bilan bitirdi Айтенов Мурат Дуйсенбекович (персональная справка). 2011-yili Qaragʻandi iqtisodiyot universitetini bitirdi». 2015-yili Moskva davlat universitetidan biznes boshqaruvi magistri darajasini oldi.
Karyera 2004-2006 yillar — Qozogʻiston Respublikasi mudofaa vazirligida maxsus aloqa boʻlimi navbatchi smena katta muhandis-boshligʻi 2006-2008 yillar — Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti devonidagi „Astana-Onim“ OAJ dehqon xoʻjaligi rahbari. 2008-2010 yiilar — Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga qarashli tashkilotlarni boshqarish bo‘limi, ishlab chiqarish faoliyatini muvofiqlashtirish sektorining eksperti 2010-2012 yiilar — Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti devonining rasmiy tadbirlar va tashqi aloqalar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari 2012-2013 yiilar — Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining rasmiy tadbirlar va tashqi aloqalar bo‘limi mudiri 2013-2017 yillar — Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boshlig‘i 2017-2019 yiilar — Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Administratorining o‘rinbosari 27-dekabr, 2019-yil — Chimkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari 21-yanvar, 2020-yil — Chimkent shahar hokimi
Manbalar