Daniel Olmo Carvajal (1998-yil 7-mayda tugʻilgan) – ispaniyalik professional futbolchi, La Liganing „Barselona“ klubi va Ispaniya terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi yoki chap qanot yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi.
„La Masia“ akademiyasida yetti yil davomida taʼlim olganidan soʻng, 2015-yilda Xorvatiyaning „Dinamo Zagreb“ jamoasida professional debyut qilgan. U klub safida jami 124 ta oʻyinda maydonga tushib, 34 ta gol urgan. Zargrebdagi 5 yillik faoliyati davomida besh marta liga va uch marta kubokni qoʻlga kiritgan. 2020-yilgi mavsum avvalida RB Leipzig klubi tarkibiga qoʻshilgan va u yerda 2022 va 2023-yillarda ikkita Germaniya kubogini shuningdek, 2023-yilgi Germaniya Superkubogini qoʻlga kiritgan. 2024-yilgi mavsum avvalida „Barselona“ klubiga qaytgan.
Olmo Ispaniyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi bilan 2019-yilgi UEFA Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan va 2020-yilgi Olimpiya turnirida kumush medalni qoʻlga kiritgan. U 2019-yilda terma jamoadagi debyutini oʻtkazgan va UEFA Yevro-2020 yarim finaliga chiqqan. 2023-yilgi UEFA Millatlar ligasida gʻolib chiqqan. Olmo Yevro-2024 turnirida gʻolib chiqqan Ispaniya terma jamoasi aʼzosi boʻlib, turnirning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan.
Klublardagi faoliyati Kataloniyaning Barselonadagi Terrassa shahrida tugʻilgan Olmo "Barselona" yoshlar akademiyasiga toʻqqiz yoshida kelgan.
Dinamo Zagreb Olmo kutilmaganda 2014-yilning 31-iyulida 16 yoshida Zagrebning „Dinamo“siga kelib qoʻshildi. U 2015-yilning 7-fevralida Zagrebning „Lokomotiva“ klubiga qarshi oʻyinda jamoadagi debyutini oʻtkazdiMODRA BUDUĆNOST: SJAJNI MLADIĆI KOJI NEZAUSTAVLJIVO DOLAZE at gnkdinamo.hr (in Croatian), 12 February 2015. 2016-yilning 22-avgustida Olmo Zagrebning Dinamo klubi bilan yangi toʻrt yillik shartnoma imzoladiOLMO DAO POVJERENJE DINAMU NA IDUĆE ČETIRI GODINE at gnkdinamo.hr (in Croatian), 22 August 2016.
2019-yil 18-sentabrda u Chempionlar ligasidagi debyutini oʻz maydonida „Atalanta“ga qarshi oʻyinda (4:0) oʻtkazdi. U musobaqadagi ilk golini 22-oktabr kuni Donetskning „Shaxtyor“ klubiga mehmonda (2:2) urgan edi. U 11-dekabr kuni „Manchester Siti“dan 1:4 hisobida magʻlub boʻlgan „Dinamo“ning yagona goliga mualliflik qildi.
RB Leypsig 2020-yilning 25-yanvarida Olmo Bundesliganing „RB Leypsig“ klubiga oʻtidi va toʻrt yillik shartnoma imzoladi.
U debyutini 2020-yil 1-fevralda, Myonxengladbaxning „Borussiya“si ga qarshi oʻtkazdi. Uch kundan soʻng u Frankfurtning „Ayntraxt“iga oʻyinda maydonga tushib, oʻzining ilk golni kiritdi.
Terma jamoadagi faoliyat
Yoshlar jamoalarida Olmo 2015-yilda Bolgariyada boʻlib oʻtgan 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida Ispaniya terma jamoasi tarkibida ishtirok etganhttp://www.thefa.com/news/2015/may/19/england-v-spain-u17-world-cup-play-off-match-19052015. 2017-yil oxirlarida Zagrebning „Dinamo“ klubi direktori Tomislav Svetina klub oʻsmirning Xorvatiya fuqaroligini olish uchun qoʻlidan kelgan barcha ishni qilaganini aytdi. Olmoning oʻzi xalqaro miqyosda Xorvatiyaga oʻtish istagini koʻrsatdiSpanish Teenage Talent Wants to Play for Croatia. Biroq, 2018-yil oktyabr oyida u Ispaniya U21 terma jamoasida debyut qildi.
Olmo 2019-yil noyabr oyida Malta va Ruminiyaga qarshi Evro-2020 saralash bosqichi uchun Ispaniya terma jamoasiga jalb etildi. U 15-noyabr kuni 66-daqiqada Alvaro Morata oʻrniga maydonga tushib oʻz debyutini oʻtqazdi.
Shaxsiy hayoti Olmoning otasi Mikel sobiq futbolchi. U quyi liga jamoalarida professional tarzda oʻynagan Danining akasi Karlos ham futbolchi boʻlib Karlovac 1919 safida oʻynaydi. Olmo xorvat tilida bemalol gapiradi.
Faoliyatidagi statistikasi
Terma jamoadagi statistikasi
+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtiroki va gollariTerma jamoaYilOʻyinlarGollarIspaniya20191120207020211022022112202332202494Jami4111
Scores and results list Spainʼs goal tally first. +Dani Olmo tomonidan kiritilgan terma jamoasi safidagi gollar roʻyxati№SanaStadionOʻyinRaqibHisobNatijaMusobaqa12019-yil 15-noyabrEstadio Ramón de Carranza, Kadis, Ispaniya15–07–0UEFA Yevro-2020 saralashi22021-yil 28-martBoris Paichadze Dinamo Arena, Tbilisi, Gruziya102–12–12022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi32021-yil 31-martEstadio de La Cartuja, Sevilla, Ispaniya111–03–12022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi42022-yil 26-martRCDE Stadium, Cornellà de Llobregat, Ispaniya192–12–1Oʻrtoqlik uchrashuvi52022-yil 23-noyabrAl-Tumama stadioni, Doha, Qatar261–07–0FIFA Jahon chempionati 202262023-yil 25-martLa Rosaleda, Málaga, Ispaniya301–03–0UEFA Yevro-2024 saralashi72023-yil 8-sentyabrBoris Paichadze Dinamo Arena, Tbilisi, Gruziya323–07–1UEFA Yevro-2024 saralashi82024-yil 26-martSantiago Bernabéu, Madrid, Ispaniya332–03–3Oʻrtoqlik uchrashuvi92024-yil 30-iyunRheinEnergieStadion, Cologne, Germaniya364–14–1UEFA Yevro 2024102024-yil 5-iyulMHPArena, Stuttgart, Germaniya371–02–1 UEFA Yevro 2024112024-yil 9-iyulAllianz Arena, München, Germaniya382–12–1UEFA Yevro 2024
Yutuqlar Dinamo Zagreb
Prva HNL: 2014-15, 2015-16, 2017-18, 2018-19, 2019-20 Xorvatiya kubogi: 2014-15, 2015-16, 2017-18 Xorvatiya Superkubogi: 2019-yil
RB Leypsig
DFB-Pokal: 2021-22
Ispaniya U21
21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2019
Ispaniya U23
Yozgi Olimpiada kumush medali: 2020-yil
Ispaniya
UEFA Millatlar ligasi gʻolibi: 2020-21
Shaxsiy sovrinlari 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi: 2019 UEFA Chempionlar Ligasi XI: 2019 Prva HNL yilning eng yaxshi futbolchisi: 2018 Trophy Footballer – Prva HNLning eng yaxshi futbolchisi: 2019 Trophy Footballer – Eng yaxshi Prva HNL U-21 futbolchisi: 2019 Trophy Footballer – Prva HNL yilning eng yaxshi jamoasi: 2019 GNK Dinamo Zagreb yilning eng yaxshi futbolchisi: 2019 SIMPOSAR xalqaro sport simpoziumi – Yil kashfiyoti: 2019
Manbalar
Havolalar
Profil FC Barcelona saytida Profil Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:GNK Dinamo Zagreb II futbolchilari Turkum:Dinamo Zagreb F.C futbolchilari Turkum:RB Leipzig futbolchilari Turkum:FC Barcelona futbolchilari Turkum:Xorvatiya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Xorvatiya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Ispaniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Xorvatiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:UEFA Millatlar ligasida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:Olimpiyada medalini olgan futbolchilar Turkum:UEFA Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:Futbol boʻyicha jahon chempionlari