Stefan Kuntz (1962-yil 30-oktabrda tugʻilgan) — nemis professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchisi, hujumchi sifatida oʻynagan. Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi.

Kuntz 1993—1997-yillar oraligʻida Germaniya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Germaniya terma jamoasi bilan1994-yilgi FIFA Jahon kubogi chorak finaliga chiqqan va UEFA Euro 1996 gʻolibi boʻlgan. U 25 ta oʻyinda 6 ta gol urgan. Shu jumladan, Euro-1996 yarim finalida Angliyani magʻlub etgan oʻyinda jamosiga katta foyda keltirgan.

Klubdagi karyerasi Kuntzning futbolchilik faoliyati 1983-yildan 1999-yilgacha davom etgan. U Bundesligada 449 ta oʻyinda maydonga tushib, 179 ta gol urgan. Kuntz VfL Bochum, Bayer 05 Uerdingen, 1 FC Kaiserslautern va Arminia Bielefeld hamda Turkiyaning Beshiktosh JK jamolari uchun oʻynagan. 1986 va 1994-yillarda Kuntz Bundesligadagi eng yaxshi toʻpurar boʻlgan.

1995-yilda Kuntz vatandoshining iltimosiga binoan Turkiyaning „Beşiktaş“ jamoasiga oʻtdi. Kuntz oʻzining Ligadagi debyutini 1995-yil 13-avgustda „Kayserispor“ga qarshi safar oʻyinida 1:1 hisobida yakunlangan oʻyinda oʻtkazgan. 1995-yil 24-sentyabrda u oʻzining birinchi golini debyut oʻyindan 5-hafta oʻtib Istanbulspor"ga qarshi oʻz uyida 5:2 hisobida yakunlagan uchrashuvda kiritdi.

Xalqaro darajadagi oʻyinlar Euro-1996da Kuntz yarim finalda Angliya bilan 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan oʻyinda jamoasi uchun muhim rol oʻynadi. Oʻyinda Angliya oldinga chiqib olganidan keyin koʻp oʻtmay hisobni tenglashtirdi, shuningdek, penaltilar oʻyinida beshinchi penaltini u amalga oshirdi. Kuntz xalqaro oʻyinlardagi faoliyati davomida 25 ta oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol urdi. Eng ahamiyatli jihati bu oʻyinlarning hech biri Germaniyaning magʻlubiyati bilan yakunlanmadi (20 gʻalaba, penaltilar seriyasidan keyin bitta gʻalaba va toʻrtta durang), bu magʻlubiyatsiz oʻyinlar boʻyicha Germaniya uchun rekorddir.

Futbolchilikdan keyingi faoliyati 2006-yildan 2008-yilgacha Kuntz VfL Bochum klubining sport direktori boʻlgan. 2008-yildan 2016-yilgacha u 1. Kayzerslautern FKning boshqaruv kengashi raisi boʻlgan.

Germany U21 terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida u ikki marta 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi. 2017-yilda uning jamoasi finalda Ispaniyani 1:0 hisobida magʻlub etdi. 2021-yilda esa Germaniya xuddi shu hisobda Portugaliyani ham magʻlub etgan.

2021-yil 19-sentabrda u Turkiya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy etib tayinlandi.

Muvaffaqiyatlar

Oʻyinchi sifatida Kaiserslautern

DFB-Pokal: 1989-90  Bundesliga: 1990-91  DFL-Supercup: 1991

Germaniya safida

UEFA European Championship: 1996 

Individual tarzdagi muvaffaqiyatlari

Germaniyada yilning eng yaxshi futbolchisi : 1991-yil 

Menejer sifatida Germany U21

UEFA European Under-21 Championship: 2017, 2021; runner-up: 2019 

Boshqaruv statistikasi

Jamoa-dan-gachaNatijaGWDLGʻalaba %Borussia Neunkirchen1999-yil, 18-noyabr2000-yil, 30-iyun22155068.1868.18Karlsruher SC2000-yil, 1-iyul2002-yil, 25-sentabr793029037.9737.97Waldhof Mannheim2003-yil, 3-aprel2003-yil, 30-iyul816012.5012.50LR Ahlen2003-yil, 1-iyul2003-yil, 13-noyabr1348030.7730.77Germany U212016-yil, 1-sentabr2021-yil, 19-sentabr53388071.7071.70Germany Olympic2021-yil, 1-iyun2021-yil, 7-avgust311033.3333.33Turkey2021-yil, 19-sentabrhozirgacha1072070.0070.00Jami188963359051.06

Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar

Havolalar

Stefan Kuntz at fussballdaten.de (in German) Stefan Kuntz at WorldFootball.net

Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1962-yilda tugʻilganlar