Ümit Özat (1976-yil 30-oktabrda tugʻilgan) — turkiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi.

Klubdagi faoliyati Anqarada tugʻilgan Özat dastlab „Gençlerbirligi“ va „Fenerbaxche“da markaziy himoyachi yoki yarim himoyachi sifatida oʻynagan. Keyinchalik u chap qanot himoyachisiga aylantirilgan. Uning asosiy oyogʻi oʻng oyoq boʻlishiga qaramay baribir chap qanot himoyachisi sifatida oʻynagan. Asosan qanot himoyasi va hujumchilarni qoʻllab-quvvatlagan Özat kutilmaganda uzoqdan zarbalari bilan tanilgan. U kerak boʻlganda raqib hujumchilarni tozalovchi vazifasini ham bajargan. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/52/Uemit-oezat.jpg/220px-Uemit-oezat.jpg|left|thumb| Özat FC Köln safida 2007-yil 2007-yil may oyida u FK Kyoln bilan uch yillik shartnoma imzolagan. 2008-yilning 29-avgustida Özat Bundesliga doirasidagi „Karlsruher SC“ ga qarshi oʻyinda yiqilib tushgan. Qisqa muddat hushini yoʻqotib, tekshiruv uchun kasalxonaga yuborilgan. Keyingi tekshiruvlar klubning sobiq sardorida miokardit deb ataladigan yurak xastaligi borligini aniqlab bergan. 2009-yilning 14-martida Özat faoliyatini yakunlagani rasman maʼlum boʻlgan. Uning nafaqaga chiqishiga yurakdagi muaommolari taʼsir koʻrsatgan.

Xalqaro faoliyati Özat 2000-yilning 16-avgustida Bosniya va Gertsegovinaga qarshi oʻyinda Turkiya terma jamoasi safida debyut qilgan. U milliy terma jamoa safida 41 marta oʻynagan, jumladan 2002-yilgi Jahon chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan. Bu jarayonda Özat oʻz mamlakati uchun bitta gol urgan.

Murabbiylik faoliyati Özatning karyerasi 2009-yil 21-dekabrda isteʼfoga chiqqanigacha Zvonimir Soldo qoʻl ostida „Kyoln“da murabbiy yordamchisi sifatida davom etgan. Keyinchalik u Ankaragücüda Rojer Lemerning yordamchisi boʻlgan va 2010-yil may oyida Lemer ishdan boʻshatilgandan soʻng bosh murabbiy boʻlgan. Uning birinchi boshqaruv lavozimi Ankaragücü boʻlib, u klubni olti oydan ortiq vaqt davomida boshqargan. Ankaragücüdan soʻng, Özat: Manisaspor, Elazigʻspor, Boluspor, Samsunspor, Mersin İdman Yurdu, Gençlerbirligi, Giresunspor va Adana Demirspor kabi turk klublarini boshqargan.

2019-yil 16-dekabrda u oʻsha paytdagi Bosniya Premer-ligasi klubi Chelik Zenitsaning yangi bosh murabbiyi boʻlgan va klub bilan 2021-yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan. 2020-yil 23-fevralda „Zrinjski Mostar“ga qarshi liga oʻyinida Oʻzatning jamoasi Chelik murabbiyi sifatida ilk rasmiy oʻyinida 2:0 hisobida magʻlub boʻlgan. U 2020-yil iyun oyida Chelikni tark etgan.

Statistika

Klub +KlubMavsumLigaKubokQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolKeçiörengücü1994-95TFF Uchunchi Liga25000——250Gençlerbirliği1995-96Süper Lig17010——1801996-9733241——3731997-9834530——3751998-9931130——3411999-200033311——3442000-012000——20Jami15011122——16213Bursaspor (loan)2000-01Süper Lig24120——261Fenerbahçe2001-02Süper Lig3012060—3812002-033011050—3612003-0432740——3672004-053124080—4322005-063408060—4802006-07251607000381Jami1821225032000239121. FC Köln2007-082. Bundesliga32000——3202008-09Bundesliga3000——30Jami35000——350Karyerada jami416243923200048726

Xalqaro

Milliy terma jamoa MavsumOʻyin Gol Turkiya 2000 1 0 2001 9 0 2002 8 0 2003 — 2004 13 1 2005 10 0 Jami 41 1

Yutuqlar Fenerbahche

Superliga : 2003-04, 2004-05, 2006-07

Turkiya

FIFA Jahon chempionati uchinchi oʻrin: 2002

Turkiya U-23

Oʻrta yer dengizi oʻyinlarining ikkinchi oʻrin sohibi: 1997

Manbalar

Havolalar

Umit Ozat at BBC.co.uk

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Turkiyalik erkak futbolchilar Turkum:Fenerbahçe S.K. futbolchilari Turkum:Gençlerbirliği S.K. futbolchilari Turkum:Bursaspor futbolchilari Turkum:1. FC Köln futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari