Bridgette Kate Armstrong (1992-yil 9-noyabrda tugʻilgan) — Yangi Zelandiya ayollar milliy futbol jamoasining aʼzosi.
Faoliyati U 17 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi ilk jahon chempionatida, Yangi Zelandiya terma jamoasi aʼzosi boʻlgan, uchta guruh oʻyinida terma jamoa bilan birga oʻynagan. Oʻshanda u Kanadaga 0:1Match Report — New Zealand v Canada, Daniyaga 1:2Match Report — New Zealand v Denmark va Kolumbiyaga 3:1 hisobida terma jamoasi bilan magʻlub boʻlganMatch Report — Columbia v New Zealand.
Armstrong, shuningdek, 2008-yilda Chilida boʻlib oʻtgan 20 yoshgacha ayollar oʻrtasidagi, Jahon chempionatida Yangi Zelandiya vakili edi. U jamoasi bilan yana uchta guruh oʻyinlarini oʻynadi. Nigeriyaga 2:3 hisobida magʻlub boʻldiMatch Report — New Zealand v Nigeria, mezbon Chili ustidan 4:3 hisobida gʻalaba qozondiMatch Report — Chile v New Zealand. U Yangi Zelandiyadagi golini Angliyaga qarshi oʻyinda urdi, ammo, Yangi Zelandiyani Angliya terma jamoasi turnirdan chiqarib yubordiMatch Report — England v New Zealand. 2010-yilda u Germaniyada boʻlib oʻtgan, 2010-yilgi 20 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida, Yangi Zelandiyani himoya qildi va uchta guruh oʻyinlarida ham ishtirok etdi.
Armstrong terma jamoadagi debyutini 2009-yil 14-noyabrda Yaponiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazdi va 2010-yil 3-oktyabrda Taiti ustidan 7:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda oʻzining ilk xalqaro golini kiritdi.
Uning bobosi Keen Armstrong Angliya va Yangi Zelandiya milliy futbol terma jamoalarida oʻynagan. Otasi Ron Armstrong va amakisi Braien Armstrong ham Yangi Zelandiya vakili edi.
Armstrong Long Bay kollejida oʻqigan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Yangi Zelandiyalik ayollar