Neha Bhasin(1982-yil 18-noyabrda tugʻilgan)hindistonlik qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi. U Bollivud, Tollywood, Kollywood, hind popi va panjabi xalq musiqasi janridagi mustaqil qoʻshiqlarini ijro etishi bilan tanilgan. Bhasin turli tillarda aytilgan qoʻshiqlari uchun yettita Filmfare nominatsiyasiga sazovor boʻlgan.

Yoshlik Neha Bhasin Dehlida Ashok Bhasin va Rekha Bhasin oilasida tugʻilgan.Nehaning opasi Rashi Bhasin va ukasi Anubhav Bhasin bor. U maktabni Frank Entoni davlat maktabida tamomlagan. Neha 9 yoshida birinchi marta qoʻshiqlar tanlovida ishtitok etgan. Bolaligidan u har doim pop yulduzi boʻlishni orzu qilgan. U turli raqslarni oʻrganish uchun Shiamak Davarning raqs akademiyasida taʼlim olgan. Ustoz Gʻulom Mustafoxondan vokal mumtoz yoʻnalishida ham taʼlim olgan.

Neha 18 yoshida u „Viva“ pop-guruhini tuzish uchun aʼzosi „V Kanal“ tomonidan oʻtkazilgan milliy isteʼdodlarni izlash tanlovida gʻolib boʻlgan.

Shaxsiy hayot Neha Bhasin 2016-yil 23-oktabrda Italiyaning Toskana shahrida bastakor Samir Uddinga turmushga chiqdi.

Karyera Bhasin 2002-yilda "Viva " guruhini tuzish uchun tanlab olingan 5 qizdan biri boʻlgan.

2004-yilda guruh tarqalgach, Neha Bollivud va Tamil filmlari uchun qoʻshiq kuylashni davom ettirdi.

Uning Bollivuddagi birinchi yutugʻi 2007-yilda „Kuch Kass Hai“ qoʻshigʻi boʻldi. Bu qoʻshiq uchun 2008-yilda Nehaga birinchi Filmfare nominatsiyasini oldi. Nehaning Yuvan Shankar Raja tomonidan yaratilgan „Pesugiren Pesugiren“ tamilcha qoʻshigʻi 2008-yilda unga „ Eng yaxshi ayol ijrochi qoʻshiqchisi“ nominatsiyasida Vijay mukofotini qoʻlga kiritdi.

2021-yilda Bhasin oʻzining „Oot Patangi“ qoʻshigʻi uchun Times Square Billboardda Spotifyda oyning eng yaxshi ijrochisi sifatida tanlandi.

Kino qoʻshiqlar YilQoʻshiqAlbomTilKompositorHamkor qoʻshiqchi2005"Bullet — Ek Dhamaka"Bullet: Ek DhamakaHindSomesh Mathur2006"Ek Look Ek Look"AryanAnand Raj Anand2007"I Wanna Rock Like Mummy Ji"Mummy JiAadesh Shrivastava"Kudiye Pataka""Jashna Di Raat Ha""Pesugiren Pesugiren"Satham PodatheyTamilYuvan Shankar Raja"Sei Yethaavathu"Billa2008"Hari Puttar"Hari PuttarHindAadesh Shrivastava"Kuchh Khaas"FashionSalim-SulaimanMohit Chauhan"Kuch Khaas" (Remix)2009"Om Shanthi Om"MuthiraiTamilYuvan Shankar Raja"Atu Nuvve Itu Nuvve"CurrentTeluguDevi Sri Prasad"Yogi Yogi Thaan"YogiTamilYuvan Shankar Raja"Nasha"Daddy CoolhindGaurav DayalKill ChabbraRaghav Sachar"You and Me"Pyaar ImpossibleSalim-Sulaiman2011"Are Dhammare"MaharajaTamilD. Imman"Poraney Poraney"Vaagai Sooda VaaM. Ghibran"Dhunki"Mere Brother Ki DulhanHindSohail Sen"Hello Hello"DhadaTeluguDevi Sri Prasad"Niharika"Oosaravelli"Dil Ki Hai Tamanna"ForceHindHarris Jayaraj2012"Kaadhal Endhan Kaadhal"Moondru Per Moondru KaadhalTamilYuvan Shankar Raja"Tha Tha Thamara"Nuvva NenaTeluguBheems Ceciroleo2014"Aww Tuzo Mogh Korta"1: NenokkadineDevi Sri Prasad"Asalaam-e-Ishqum"GundayHindSohail SenBappi Lahiri2016"Aakhein Milayenge Darr Se"NeerjaVishal Khurana"Jag Ghoomeya (Female)"SultanVishal-Shekhar2016" Apple Beauty"Janatha GarageTeluguDevi Sri Prasad2017"Paani Ravi Da"LahoriyePunjabiJatinder Shah"Swing Zara"Jai Lava KusaTeluguDevi Sri Prasad"Swag Se Swagat"Tiger Zinda HaiHindVishal-ShekharVishal Dadlani"Dil Diyan Gallan" (Unplugged)2018"Kaala Doreya"KaalakaandiSameer Uddin"Shuru Kar"AiyaaryRochak KohliAmit Mishra"Heeriye"Race 3Meet BrosDeep Money"Swag Saha Nahi Jaaye"Happy Phirr Bhag JayegiSohail SenShahdab Faridi, Shivangi Bhanaya, Sohail Sen2019"Chashni"BharatVishal-Shekhar2022"Catch Me" KhiladiTeluguDevi Sri PrasadJaspreet Jasz

Televideniye Yil Koʻrsatish Rol Izohlar 2008-yil Sa Re Ga Ma Hungama Sahna orqasi boshlovchisi 2009-yil Sitaron Ko Choona Hai Sudya/Mezbon 2012-yil Jhalak Dikhhla Jaa 5 Musobaqa ishtirokchisi Tanlanmagan 2017-yil Ey Firangi Mehmon 2018Entertainment Ki Raat 2019The Kapil Sharma Show 2021-yil Hindiston Pro musiqa ligasi Big Boss OTT Musobaqa ishtirokchisi 6-oʻrin Katta xoʻjayin 15 14-oʻrin 2022The Khatra Khatra Show Mehmon

Manbalar

Turkum:1982-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar