Ferdi Erenay Kadiogʻlu ( 1999-yil 7-oktyabrda tugʻilgan) — Superligada Fenerbahche uchun yarim himoyachi yoki qanot hujumchisi sifatida oʻynaydigan professional futbolchi . Gollandiyada tugʻilgan Kadiogʻlu Turkiya terma jamoasida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati Dastlabki yillarini Gollandiya Eerste Divizionida NEC bilan oʻtkazgandan soʻng, 2018-yil iyul oyida Kadiogʻlu Super Lig klubi Fenerbahche bilan shartnoma imzolagan. U klub safidagi ilk uchrashuvini 20-dekabr kuni Turkiya kubogi doirasidagi „Giresunspor“ga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan holda oʻtkazgan. U Fenerbahche uchun birinchi golini 2019-yil 19-avgust kuni „Gaziantep“ga qarshi oʻyinda kiritgan va yakunda jamoa 5:0 hisobida gʻalaba qozongan.

Xalqaro faoliyat Kadiogʻlu Gollandiyada tugʻilgan. Uning otasi turk, onasi esa Kanadada tugʻilgan golland millatiga mansub boʻlishgan. Shuning uchun u Turkiya, Niderlandiya va Kanadani xalqaro miqyosda himoya qilish huquqiga ega boʻlgan. U Gollandiya terma jamoasining yoshlar toifasida bir necha bor maydonga tushgan.

2021-yil mart oyida Kadiogʻlu Gollandiya U-21 terma jamoasiga oʻsha yilgi UEFA U-21 Yevropa chempionatida ishtirok etish uchun chaqirilgan. 2021-yilning noyabr oyida Turkiya bosh murabbiyi Stefan Kunts Kadiogʻlu oʻzining xalqaro kelajagi boʻyicha qarorini yaʼni qaysi terma jamoa sharafini himoya qilishini 2022-yilning mart oyida ochiqlashini kutayotganini aytib oʻtgan.

2022-yil 3-yanvarda u Fenerbahche klubini va Turkiya milliy futbol jamoasi vakili boʻlishni tanlaganini eʼlon qilgan. U 2022-yil 4-iyun kuni UEFA Millatlar ligasida Farer orollari ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda Turkiya bilan debyut qilgan.

Faoliyat statistikasi

Klub + Klub Mavsum Liga KubokYevropa Boshqa Jami BoʻlimOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol NEC 2016-17 Erste divizioni 27 4 4 0 0 0 — 31 4 2017-18 Erste divizioni 34 7 5 1 0 0 — 39 8 Jami 61 11 9 1 0 0 — 70 12 Fenerbahche 2018-19 Superliga 0 0 1 0 0 0 — 1 0 2019-20 Superliga 23 4 8 2 0 0 — 31 6 2020-21 Superliga 26 1 4 0 0 0 — 30 1 2021-22 Superliga 28 2 1 0 9 1 — 38 3 Jami 77 7 14 2 9 1 — 100 10 Karyerada jami 138 18 23 3 9 1 — 170 22

Xalqaro +Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol Turkiya 2022 4 0 Jami 4 0

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1999-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Turkiyalik erkak futbolchilar Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:NEC Nijmegen futbolchilari Turkum:Fenerbahçe S.K. futbolchilari Turkum:Brighton & Hove Albion F.C. futbolchilari Turkum:Eredivisie futbolchilari Turkum:Eerste Divisie futbolchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:Turkiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Niderlandiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar