Volkan Demirel (1981-yil 27-oktyabrda tugʻilgan) — turkiyalik murabbiy, ekspert va sobiq professional futbolchi. U oxirgi marta Turkiyaning „Fotih Karagümruk“ klubini boshqargan. Koʻp yillar davomida u Fenerbahche va Turkiya terma jamoasining asosiy darvozaboni boʻlgan. Demirel 2010-yil 21-sentyabrda Belgiya goʻzali 2009 Zeynep Sever bilan oila qurgan.

Klub faoliyati Demirel Istanbulning Fotih shahrida tugʻilgan. U 1999-yilda 18 yoshida „Kartalspor“ safiga kelib qoʻshilgan va keyingi yili asosiy darvozabonga aylangan. Demirel keyingi ikki mavsumda 51 ta oʻyinda maydonga tushib, 2002-yilgi mavsum boshida „Fenerbaxche“ga oʻtgan.

Dastlab Rüştü Rechber va Rejep Bilerga zahira darvozaboni boʻlgan Demirel 2003-yil 26-aprelda klubdagi debyutini oʻtkazgan. Rechberning „Barselona“ga oʻtganidan soʻng, Demirel ligada 19 ta oʻyinda qatnashgan. Shuningdek, u Turkiya kubogining uchta oʻyinida maydonga tushgan va Fenerbahche bilan 2003\04-yilgi mavsumda Superliga chempionligini qoʻlga kiritgan.

Mavsumdan keyin Demirel yana Superliga chempionligini qoʻlga kiritgan, ammo mavsum boshida Rüştü Rechber klubga qaytganidan soʻng Demirel zaxira oʻrindigʻiga tushib qolgan. Demirel 2005\06-yilgi mavsum boshida asosiy darvozabon boʻlgan, ammo mavsumning yarmida zaxirada oʻtirgan. Demirel keyingi mavsumda 25 liga oʻyinida maydonga tushgan, qolganlarida esa Kulbilge oʻynaganSERDAR KULBİLGE tff.org , accessed 23 August 2010. Demirel 2007\08-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichidan keyingi bosqichiga chiqgan „Fenerbahche“ jamoasining asosiy darvozaboni boʻlgan. 1/8 finalda „Sevilya“ga qarshi oʻyinda Demirel bir nechta xatoga yoʻl qoʻygan va ikkita gol oʻtkazib yuborgan. Biroq u penaltilar seriyasida uchta penaltini qaytarib, klub tarixida birinchi marta chorak finalga chiqishga yordam bergan. Keyingi bosqichda „Fenerbaxche“ „Chelsi“ bilan toʻqnash kelgan va umumiy 2:3 hisobida magʻlub boʻlgan. Kulbilge „Kojaelispor“ga oʻtganidan soʻng, Demirel asosiy darvozabon sifatida ish boshlagan. Demirel 2008\09-yilgi mavsum oxirida toʻrt yillik shartnomani uzaytirgan.

Xalqaro faoliyat link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/2/2c/VolkanTurkiye.JPG/155px-VolkanTurkiye.JPG|right|thumb|205x205px| Demirel, 2011-yilda Turkiya terma jamoasida oʻynagan Demirel 2001-yilda Turkiya U-20 terma jamoasiga chaqirilgan va toʻrt marta maydonga tushgan. U 2001 va 2003-yillarda 21 marta Turkiya U21 terma jamoasi safida maydonga tushgan va Turkiya terma jamoasiga ilk bor 2004-yilda chaqiruv olgan. U 2004-yilning 28-aprelida Belgiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida milliy terma jamoa safida debyut qilgan. Ikkinchi boʻlimda Demirel zaxiradan maydonga tushgan.

Demirel UEFA Yevro-2008 chempionatida Turkiya terma jamoasining asosiy darvozaboni boʻlib, jamoa tarixida birinchi marta yarim finalga chiqgan. U guruh bosqichining uchta oʻyinini ham asosiy tarkibda boshlagan.

2014-yilda Qozogʻistonga qarshi UEFA Yevro-2016 saralash oʻyini arafasida Volkan Demirel muxlis bilan janjallashib, Turkiya milliy futbol jamoasini tark etgan.

Murabbiylik faoliyati 2019-yilning 2-sentabr kuni Fenerbahche Demirelning nafaqaga chiqqanini va faoliyatini jamoada yordamchi murabbiy sifatida davom ettirishini eʼlon qilgan. U navbati bilan Ersun Yanal, Tohir Karapinar, Erol Bulut va Emre Belozogʻlu qoʻl ostida ishlagan.

2021-yil 14-iyulda Fenerbahche prezidenti Ali Koch bilan oʻtkazgan matbuot anjumanida u Fenerbahchedagi yordamchi murabbiylik faoliyatini yakunlagani eʼlon qilgan.

Fatih Karagümrük 2021-yilning 17-dekabrida Demirel Fatih Karagümrük bilan ikki yarim yillik shartnoma imzolagan.

Uning murabbiy sifatidagi ilk uchrashuvi 19-dekabr kuni safarda „Göztepe“ ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonish bilan boshlangan.

Shaxsiy hayoti Volkan Demirel sobiq Belgiya goʻzali Zeynep Sever bilan oila qurgan. Ularning Yade (2014-yil fevral oyida tugʻilgan) va Yeda (2017-yil sentyabr oyida tugʻilgan) ismli ikki qizi bor.

Faoliyat statistikasi

thumb|250px Klub +KlubMavsumLigaKubokYevropaJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolKartalspor2000-01220——2202001-02290——290Jami510——510Fenerbahçe2002-0310——102003-0419030—2202004-05601010802005-0618070603102006-0716020502302007-08250401204102008-09290001003902009-10320701205102010-1132000203402011-1238010—3902012-13280301504602013-1429000403302014-1526030—2902015-1632010704002016-17280401004202017-1825030203002018-191202020160Jami39603908805230Karyerada jami44703908805740

thumb|250px Xalqaro +Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol Turkiya 2004 3 0 2005 6 0 2006 3 0 2007 6 0 2008 12 0 2009 10 0 2010 7 0 2011 7 0 2012 3 0 2013 5 0 2014 1 0 Jami 63 0

Yutuqlar Fenerbahche

Turkiya Superligasi : 2003-04, 2004-05, 2006-07, 2010-11, 2013-14 Super Kubok : 2007, 2009, 2014 Turkiya kubogi : 2011-12, 2012-13

Turkiya

UEFA Yevropa chempionati bronza medali sovrindori: 2008

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Turkiyalik erkak futbolchilar