Aziza Jalal (, Aziza Jalal; 1958-yil 15-dekabrda tugʻilgan)Aziza Galal sur alrai.com, consulté le 15 août 2014. — marokashlik arab pop qoʻshiqchisi va aktrisasi.

Faoliyati Aziza Jalal — Marokashlik taniqli arab qoʻshiqchisi, u hozir Saudiya Arabistonida yashaydi va Saudiya fuqarosi. Mashhur boʻlishi va turmush qurishdan oldin xonanda oʻz hayotini musiqa oʻrganishga bagʻishlagan. Yosh Aziza Jalal 1975-yilda taniqli marokashlik qoʻshiqchi Abdelnabi Al Jirari rahbarligidagi „Mavohib“ (Isteʼdodlar) deb nomlangan qoʻshiq tanlovida ishtirok etishdan oldin Meknesda musiqani oʻrgangan. Tanlov davomida xonanda Misr va xalqaro miqyosdagi Shodiya va Ismaxon kabi mashhur arab sevimlilari qoʻshiqlarini ijro etganMoroccan Icon Aziza Jalal Makes First Appearance 34 Years After Retiring.. 1975-yildan 1985-yilgacha davom etgan qoʻshiqchilik faoliyatida Aziza Jalol saudiyalik turmush oʻrtogʻi bilan taqvodor hayot uchun badiiy sahnani tark etishga qaror qilgunga qadar arab dunyosi boʻylab mashhur klassik qoʻshiqchiga aylangan. U Marokash qiroli Hasan II ning sevimlisi sifatida tanilgan va koʻpincha Marokash televideniyesida va davlat tadbirlarida vatanparvarlik, pan-arab va islomiy mavzudagi materiallarni kuylagan. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b3/%D8%B9%D8%B2%D9%8A%D8%B2%D8%A9_%D8%AC%D9%84%D8%A7%D9%84.jpg/170px-%D8%B9%D8%B2%D9%8A%D8%B2%D8%A9_%D8%AC%D9%84%D8%A7%D9%84.jpg|right|thumb| Arab estrada xonandasi Aziza Jalal toʻyda qatnashmoqda link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/d0/Aziza_Jalal_2019_%D8%B9%D8%B2%D9%8A%D8%B2%D8%A9_%D8%AC%D9%84%D8%A7%D9%84.jpg/170px-Aziza_Jalal_2019_%D8%B9%D8%B2%D9%8A%D8%B2%D8%A9_%D8%AC%D9%84%D8%A7%D9%84.jpg|thumb| Arab estrada xonandasi Aziza Jalal Saudiya Arabistonidagi eng kutilgan tadbirlardan biri Tantora qish festivalida chiqish qilmoqda. 34 yillik tanaffusdan soʻng Jalal 2019-yil 26-dekabr payshanba kuni Tantoʻra qishlogʻida sahnaga qaytdiArab singer Aziza Jalal returns to stage at Winter at Tantora . Jalolning orziqib kutilgan spektakli 22:00 da boshlanganLegendary singer Aziza Jalal dazzles crowds at Saudi Arabiaʼs Tantora festival . 30 yildan ortiq vaqtdan beri oʻzini ommaga namoyish qilmayotgan Aziza Jalalning ovozi va qoʻshiqlari avlodlarni maftun qilib, tuygʻularni qaytadan uygʻotganLe retour insoupçonné de Aziza Jalal . U oʻz muxlislariga „uzoq tanaffusdan keyin meni koʻrgani kelganingiz uchun minnatdorchilik bildirdaman. Men sizdan uzoqlashmaganman, siz doim yuragimdasiz. Menga boʻlgan muhabbatingiz tufayli bugun qaytib keldim. Yurtimizdagi ushbu quvonchli tadbirlarda ishtirok etish uchun qaytib kelishga qaror qildim“ deya tadbir oxirida minnatdorchilik bildirganLe grand retour d’Aziza Jalal .

Konsertda Aziza Jalal Muhammad Al-Mujiy tomonidan bastalangan va Mamun Al-Shinavay tomonidan yozilgan „Sevgi oʻyin emas“ va „Seni kutmoqdamiz (Mestaniyak)“ qoʻshiqlarini ijro etgan, tomoshabinlarga katta manzur boʻlgan. Shuningdek, u oʻzining koʻplab klassik asarlarini ijro etgsn. Uning yoshlarga murojaati shunday edi: „Bizni eshiting, chunki biz oʻtmishmiz va oʻtmish hozir va kelajakka muhtoj, bizni eshiting, shunda biz sizni eshitamiz“.

Diskografiyasi

Studiya albomlari QoʻshiqالأغانيHalakti Ayouni Hna W Hnakحلقت عيوني هنا وهناكAhila Al Maghrebعاهل المغربBatala Al Qodssبطل القدسYa Laylo Toulياليـل طولAl Aido Adaالعيد عادAnnouro Mawsoloالنور موصولYorani Liarchikaيغن لعرشكMin Koli Dakit Albمن كل دقة قلبSayidi Ya Sid Sadatiسيدي ياسيد ساداتيGazayil Follahغزيل فلهYa Shoueياشوق هزني هوى الشوقElla Aweel Matkabilnaإلا أول ماتقابلناHowa El Hobi Liabaهو الحب لعبهWaltakaynaوالتقيناZayi Mantaزي مانتMinak Wi Eleekمنك واليكMestaniyakمستنياكMin Haak Tiatibniمن حقك تعاتبنيHaramti El Hobحرمت الحب عليهRouhi Feekروحي فيكAzzamzamiyaقصيدة الزمزميةMawlayمولايGhali Ya Hassanغال ياحسنInta Omriإنت عمريArouh Liminأروح لمينAl AtlalالأطلالLayali El Onssليالي الأنسYoumi El Massiraِمِن يِنسى يوم المسيرة1985-yil Pan Arab oʻyinlarining rasmiy qoʻshigʻi1985 الأغنية الرسمية لإفتتاح الألعاب العربيةMan Anaمن أنا؟

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1958-yilda tugʻilganlar Turkum:Marokashlik aktrisalar