Halil Altintop () (1982-yil 8-dekabrda tugʻilgan) — turkiyalik sobiq professional futbolchi. U „Bavariya U17“ jamoasida Aleksandr Moj bilan birgalikda bosh murabbiy hisoblanadi. Oʻyin paytida u hujumkor yarim himoyachi, markaziy hujumchi yoki qanot hujumchisi sifatida joylashtirilgan. U Hamit Altintopning egizak ukasi.

Faoliyati Altintop professional faoliyatini akasi bilan birgalikda Germaniyaning mahalliy „Wattenscheid 09“ klubida boshlagan. Muvaffaqiyatli oʻyinlar katta klublarning eʼtiborini tortgach, Altintop 1-Bundesliga jamoasi FC Kayzerslautern oʻtkazilgan. Uning ukasi "Schalke 04"ga oʻtgan. Hujumchi sifatida oʻynagan Altintop 2005\2006-yilgi mavsumda Bundesligada 20 gol bilan uchinchi eng yaxshi toʻpurar boʻlgan. Oʻsha mavsum oxirida u „Schalke 04“dagi akasi yoniga qoʻshilgan. Biroq, bor-yoʻgʻi bir mavsumdan soʻng, uning akasi Hamit Altintop "Bavariya"ga transfer qilingan. 2010-yil 27-yanvarda u „Schalke 04“ bilan shartnomasini bekor qilgan va „Ayntraxt“ga oʻtgan.

2010\2011-yilgi mavsumda Frankfurtning „Ayntraxt“ klubi quyi ligaga tushib ketganidan soʻng, Altintop Turkiyaning „Trabzonspor“ jamoasiga oʻtib, uch yillik shartnoma imzolagan.

Altintop „Augsburg“ga 2013-yil yozida kelib qoʻshilgan. U 2016\2017-yilgi mavsumni 31 oʻyinda 6 gol va 2 golli uzatma bilan yakunlagan. Mavsum oxirida u klub bilan shartnomasini uzaytirmaslik qarorini eʼlon qilgan. Bu vaqt ichida „Augsburg“da u Bundesligada 116 ta oʻyinda maydonga tushib, 20 ta gol urgan va 12 ta golga assistentlik qilgan.

2017-yilning iyun oyida Altintop Chexiya Birinchi Ligasining SK Slavia Praga jamoasiga koʻchib oʻtgan.

2018-yil 31-yanvarda Altintop 1-Bundesliga vakili FC Kayzerslautern jamoasiga qaytgan. U jamoa bilan 2019-yilgacha bir yarim yillik shartnoma tuzgan.

Faoliyat statistikasi

Klub +KlubMavsumLigaKubokYevropaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolWattenscheid 092000—2001Regionalliga145——1452001—2002341434142002—200333163316Jami8135——81351. FC Kaiserslautern2003—2004Bundesliga27210102922004—200530610—3162005—20063420213621Jami912841109629Schalke 042006—2007Bundesliga34621203872007—200825620703462008—200931441824372009—20106031—91Jami961611317212421Eintracht Frankfurt2009—2010Bundesliga153——1532010—201134032372Jami49332—525Trabzonspor2011—2012Süper Lig34610303862012—2013277102914610Jami61131121218416FC Augsburg2013—2014Bundesliga341031—37112014—2015313103232015—201619120512622016—201731620—336Jami11520815112822Slavia Praha2017—2018Chexiya Birinchi Ligasi8121001021. FC Kaiserslautern2017—20182. Bundesliga14100—141Karyerada jami5151173910354589131

Xalqaro maydondagi gollar link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/45/Halil_Alt%C4%B1ntop_in_national_team_%2811.08.2010 %29.jpg/170px-Halil_Alt%C4%B1ntop_in_national_team_%2811.08.2010 %29.jpg|thumb| Altintop Turkiya terma jamoasi safida, 2010-yil # Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1.8.06.2005 Olmaota, Qozogʻiston 6-0 6-0 2006 FIFA Jahon chempionati saralashi 2.8.10.2005 Istanbul, Turkiya 1-0 2-1Oʻrtoqlik 3.2.06.2006 Sittard, Niderlandiya 3-2 3-2Oʻrtoqlik 4.8.09.2007 Valletta, Malta 1-1 2-2 UEFA Yevro-2008 saralashi 5.12.09.2007 Istanbul, Turkiya 3-0 3-0 UEFA Yevro-2008 saralashi 6.20.08.2008 Izmit, Turkiya 1-0 1-0Oʻrtoqlik 7.2.06.2009 Kayseri, Turkiya 1-0 2-0Oʻrtoqlik 8.14.10.2009 Bursa, Turkiya 1-0 2-0 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Turkiyalik erkak futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Sportchilar