Dolen Omurzakov stadioni Qirgʻizistonning Bishkek shahridagi koʻp maqsadli stadiondir. Hozir asosan futbol oʻyinlari uchun foydalaniladi. Stadion 23 000 tomoshabinga moʻljallangan boʻlib, hozir Qirgʻiziston futbol klublari Dordoy Bishkek va Alga Bishkekning uy maydoni hisoblanadi. Stadion ilgari „Spartak“ stadioni nomi bilan tanilgan.
Tarixi Dolon Omurzakov nomidagi asosiy sport arenasi („Spartak“ stadioni) Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida joylashgan koʻp funksiyali stadion boʻlib, mamlakatdagi eng yirik stadiondir. 23 000 tomoshabinga moʻljallangan. Arena Qirgʻiziston milliy futbol jamoasi va „Dordoy“ futbol klubining uy stadionidir. Shuningdek, stadionda baʼzan Bishkekdagi turli futbol klublari va Qirgʻizistonning turli yosh toifalaridagi uy oʻyinlari ham boʻlib oʻtadi.
Stadion Qirgʻiziston SSR sport qoʻmitasining birinchi rahbari, 1950-yillarning boshidan 1970-yillarigacha bu lavozimda 30 yildan ortiq ishlab kelgan, oʻsha davrning mashhur sport yetakchisi Dolen Omurzoqov nomi bilan atalgan.
Stadion dastlab oddiygina „Spartak“ deb nomlangan va 1939-yilda tashkil etilgan. Stadion 1941-yilda qurib bitkazilgan. Sovet davrida Bishkek futbol jamoalari uy uchrashuvlarini stadionda oʻtkazishgan. Shuningdek, ushbu stadionda Qirgʻizistonning eng mashhur futbol klubi „Alga“ oʻz uy uchrashuvlarini oʻtkazgan. Hozir bu klub oʻz uy uchrashuvlarini asosan 10 000 tomoshabinga moʻljallangan „Dinamo“ stadionida oʻtkazmoqda.
Stadion birinchi marta 1963-yilda, keyinroq 1980-yillarning oxiri va 2000-yillarning boshlarida kapital taʼmirlangan. Stadionda futbol oʻyinlaridan tashqari, boshqa sport turlari boʻyicha musobaqalar, turli davlat va shahar bayramlari va tadbirlari oʻtkaziladi.
Manbalar
Havolalar
Worldofstadiums.com saytida stadion haqida maʼlumot Stadion haqida maʼlumot ianbek.kg sayti Stadionning sunʼiy yoʻldosh koʻrinishi https://footballfacts.ru/stadium/1540
Turkum:Alifbo boʻyicha stadionlar Turkum:Qirgʻiziston stadionlari Turkum:1941-yilda qurilgan stadionlar Turkum:Bishkekda sport Turkum:Qirgʻizistonda yengil atletika Turkum:Bishkekdagi bino va inshootlar Turkum:Qirgʻizistondagi yengil atletika sport maydonlari Turkum:Osiyoda koʻp maqsadli stadionlar Turkum:Milliy stadionlar Turkum:1941-yilda qurilgan sport inshootlar