Phyllis Logan (1956-yil 11-yanvarda tugʻilgan)— shotlandiyalik aktrisa, Lovejoy (1986—1993) filmidagi Ledi Jeyn Felsem va Downton Abbeydagi (2010—2015) Xyuz xonim rollari bilan tanilgan. U 1983-yilda Another Time, Another Place filmi uchun „ Eng istiqbolli yangi aktrisa“ nominatsiyasida BAFTA mukofotini qoʻlga kiritgan. Uning boshqa filmlariga Secrets & Lies (1996), Shooting Fish (1997) Downton Abbey (2019) va Misbehavior (2020) kiradi.

Yoshligi Uning otasi Devid Rolls-Royce muhandisi va kasaba uyushmasi rahbari boʻlgan. Phyllis oilasining eng kichigi boʻlib, akasi va opasi bor. Uning otasi u dramatik maktabda oʻqib yurganida 59 yoshida vafot etgan.

Taʼlim Logan Peyslida tugʻilgan va Jonstonda oʻsgan. Jonston oʻrta maktabida taʼlim olgan. U Glazgodagi Shotlandiya Qirollik musiqa va drama akademiyasida tahsil olgan. Akademiyani 1977-yilda Jeyms Bridi oltin medali bilan tamomlagan.

Faoliyati Oʻqishni tugatgach, u Dundee Repertory Theatrega ishga kirgan. U 1979-yilda Edinburgga teatrda ishlash uchun koʻchib kelgan. Phyllis Shotlandiya televideniyesida ham muntazam ishlagan. “The White Bird Passes " filmida u birinchi marta yozuvchi-rejissyor Maykl Radford bilan uchrashgan. Phyllis suratga tushgan birinchi badiiy filmi „ Another Time,Another Palace“ (1983) filmi boʻlgan. Film uchun u Taormina kinofestivalida eng yaxshi aktrisa uchun Oltin mukofotni va 1983-yilda eng yaxshi aktrisa uchun Evening Standard mukofotini qoʻlga kiritgan.

Downton Abbeyda filmidagi uy bekasi Xyuz xonim roli unga mashurlik keltirgan. Logan sakkiz yil davomida Ian McShane bilan birgalikda Lovejoyning 50 ga yaqin epizodlarida Lady Jane Felsham rolini oʻynagan.

RadioTimes.com (Radio Times rasmiy veb-sayti) tomonidan oʻtkazilgan soʻrovga koʻra uning Downton Downton Abbey filmidagi qahramoni Missis Xyuz eng yaxshi Downton Abbey qahramoni deb topilgan.

Shaxsiy hayoti Logan 1994-yilda „ Love and Reason“ mini-serialida tanishgan aktyor Kevin McNallyga turmushga chiqgan.  Ularning Devid ismli oʻgʻli bor (1996-yilda tugʻilgan). Phyllis oilasi bilan Chisvikda yashaydi.

U demans bilan ogʻrigan bemorlarni qoʻllab-quvvatlovchi bir nechta xayriya tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlaydi.

Filmografiyasi YearTitleRoleNotes1983Another Time, Another PlaceJanie1983Every Picture Tells a StoryAgnes Scott1984Alison1984Nineteen Eighty-FourTelescreen AnnouncerOvoz1984JuliaQisqa Film1985Elizabeth Rock1987Claudia Procula1987Janet Graham1989Mary Welsh1989Mary Penrys Jones1990Camilla Staffa1992Freddie as F.R.O.7.Nessie (voice)1992Soft Top Hard ShoulderKarla1993Silent Cries / Guests of the EmperorNancy Muir1993Franz Kafkaʼs Itʼs a Wonderful LifeFrau BrunofskyQisqa Film1996Secrets & LiesMonica Purley1997Shooting FishMrs. Ross2003CrustBill’s Girlfriend2004Cheap Rate GravityElsieQisqa Film2004Out of the ShadowsLizQisqa Fim2008Qisqa Film2009Nativity!Mrs. Lore2012Day of the FlowersBrenda2013BuoyQisqa Film2019Downton AbbeyElsie Hughes-Carson2020MisbehaviourEvelyn Alexander2020You Really Got MeOlder LindaQisqa Film2021The Last BusMary2021Last Train to ChristmasAuntie Vi2022Downton Abbey: A New EraElsie Hughes-Carson2022Rocketry: The Nambi EffectMrs. Cleaver2022Harold & MaryMaryQisqa FimTo be releasedBanking on Mr. ToadConstance SmedleyTo be releasedSurprised by OxfordProvost Regina KnightTo be releasedNo Way Up

Tanlangan teatr rollari Yil Sarlavha Rol Teatr 1980-yilThe Case of David Anderson Q. C. Traverse teatri, Edinburg 1980-yilThreads Bernadet Hampstead teatri 1983-yilThe Communication Cord Syuzan Hampstead teatri 1993-yilMarvinʼs Room Li Ueykfild Laker Hampstead teatri va komediya teatri, London 1994-yil Gaucho Stiven/Stefani Hampstead teatri 2002-yil Richard III Qirolicha Yelizaveta Crucible teatri, Sheffild 2008-yilFeet Away 2000 Nan Bush teatri 2016-yilPresent Laughter Monika Rid Richmond teatri 2018Switzerland Patrisiya Xaysmit Ambassadors teatri, London va Royal Theatre, Bath

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1956-yilda tugʻilganlar Turkum:Shotlandiyalik aktyorlar